Detallar yasash
Chokli trubalarni ishlab chiqarish. Bunday trubalar ishlab chiqarishda
zagotovka sifatida po‘lat polosi (shtrips) olinadi, uning eni olinadigan
trubaning perimetriga, qalinligi esa uning devori qalinligiga teng bo‘ladi.
Kichik diametrli (100 mm gacha) trubalar olishda zagotovka max
sus pechlarda
1300–1350 °C gacha qizdirilib, so‘ngra zanjirli stanning payvandlash
varonkasi orqali tortib o‘tkaziladi. Bunda zagotovka truba shakliga kelib,
qisilayotgan qirralari varonkadagi bosim hisobiga payvandlanadi.
Gaz
magistrali quvurlari uchun mo‘ljallangan katta diametrli tru
balar (630–1420
mm gacha) uchun mo‘ljallangan zagotovkalar list qayirish stankarida truba
shakliga keltiriladi. Keyin truba shakliga kelgan zagotovkani zaruriy harorat
(1300 °C) gacha qizdirilib, uni po‘lat opravkaga kiygizdirilgan holda o‘yiqli
jo‘valardan ezib o‘tkazish bilan payvandlanadi.
Chokli trubalarning choklarini payvandlash flyus qatlami ostida
avtomatik
payvandlash, rolikli kontakt payvadlash va argon muhitida elektr yoy
yordamida payvandlash usullaridan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |