kiradi. Asosiy temirchilik uskunalarini quyidagi ko‘gsatkichlarga ajratiladi:
b) energiya xiliga ko‘ra: bug‘ va elektr yuritmali (pnevmatik,ressorli va
richagli) bolg‘alarga ajratiladi. Bug‘ bolg‘alari osongina siqilgan havoda
ishlay oladi, shuning uchun ko‘pincha bug‘-havoda ishlovchi bolg‘alar deb
yuritiladi;
d) bug‘ yoki siqilgan havoning bolg‘a porshiniga ta’siriga ko‘ra bir
yoqlama yoki ikki yoqlama ishlaydigan bolg‘alarga bo‘linadi. Bir yoqlama
ishlaydigan bolg‘alarda bug‘ yoki siqilgan havo tushivchi qismlarini faqat
yuqoriga ko‘tarib beradi, ikki yoqlama ishlaydiganlari esa tushuvchi
qismlarini ham ko‘taradi ham tushuvchi qismlar og‘irligiga qo‘shimcha
ravshda bosim beradi.
e) staninasining konstruksiyasiga ko‘ra bug‘-havo bolg‘alari bir stoykali va
ikki stoykali bo‘ladi. Bir stoykali bolg‘alarning tushuvchi qsmlari assalari
0,25 dan 1 t gacha bo‘lib kichkina pokovkalar, ikki stoykali bolg‘larning
tushuvchi qismlari massalari 1 t dan 8 t gacha bo‘lib, yirik pokovkalarni
olishga mo‘ljallangan. chizmada ikki stoykali bug‘-havo bolg‘asining
tuzilishi sxematik tarzda keltirilgan.
7.4-chizma. Ikki stoykali bug‘-havo bolg‘asi sxemasi:
1 – silindr; 2 – stoyka; 3 – shtok; 4 – baba; 5 – pona; 6 va 7 – bayok;
8 – shabot; 9 – pona; 10 – zolotnik qutisi; 11 – shpindel; 12 – tortqi;
13 – maxsus qurilma; 14 va 15 – dastalar; 16 – plita; 17 – brus;
18 va 19 – poydevor.
Sxemada ko‘rinib turibdiki, bolg‘aning asosiy qismi staninaning stoykalari (2) ga
o‘rnatilgan silindr (1) hisoblanadi.
Silindr porshiniga shtok (3) ulangan, shtokning pastki
uchiga esa
baba (4) mahkamlangan. Shtokning ishlash sharoiti juda og‘ir, shuning
uchun ba’zan uning ishlash muddati 500 soatdan ortmaydi. Bunga ko‘pincha,
noto‘g‘ri ekssentrik zarblar sabab bo‘ladi. Baba staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab
harakatlanadi. Ustki bayok (6) babaga pona (5) yordamida mahkamlaydi. Plita (16)
bilan poydevor (19) orasiga, shuningdek, shabot (8) bilan uning poydevori (18)
orasiga zarbni yumshatish uchun qalinligi – 200 mm li yog‘och (yaxshisi dub) bruslar
qo‘yiladi. Stoyankalar poydevoriga anker boltlar yordamida mahkamlanadi. Bolg‘ani
pastki muhrasining yuzasi poldan 740–750 mm balandlikda bo‘ladigan qilib
o‘rnatiladi.
Bolg‘aning o‘ng tomonida qo‘l bilan boshqarish mexanizmi joylashgan.
Pnevmatik bo‘lg‘a shu mexanizim orqali boshqariladi
(chizma).
7.5-chizma. Pnevmatik bolg‘a:
a – umumiy ko‘rinishi; b – ishlash sxemasi.
1– pedal; 2 – shabot; 3 – yostiqcha; 4 – pastki bayok; 5 – ustki bayok;
6 va 7 – havo taqsimlovchi mexanizm; 8 – ish silindri; 9 – kompressor
silindri; 10 – reduktor; 11 – elektrodvigatel; 12 – ish silindri;
13 – kompressor porsheni; 14 – krivoship-shatunli mexanizm;
15 – baba.
Do'stlaringiz bilan baham: