www.ziyouz.com
кутубхонаси
212
ARTUR SHOPENGAUER
(1788-1860)
Olmon faylasufi Artur Shopengauer o‘ziga to‘q savdogar oilasida dunyoga keldi. U
avval tijorat, tibbiyotdan saboq olib, keyin falsafani o‘rgana boshladi. 1809 yildan
boshlab Germaniyadagi eng mashhur Gettingen dorilfununida o‘qidi. Tibbiyot, fizika,
zoologiya, falakiyotshunoslik, tabiiy tarix, psixologiya, mantiq, inson miyasi anatomiyasi
fanlarini o‘rgandi. 1811 yildan esa Berlin dorilfununida Fixte hamda Shleyermaxer
ma’ruzalarini tinglab, falsafadan saboq oldi.
Shopengauerda yoshligidanoq tushkunlik kayfiyati shakllana boshlagan. «Hayot – juda
shubhali narsa va men umrimni u haqda fikrlash uchun bag‘ishlashga qaror qildim», —
deb yozgandi faylasuf o‘zining hayotiy maslagi to‘g‘risida. Shopengauerning o‘ziga
ishonchi juda yuksak bo‘lgan.
U keksaygan chog‘ida ham xasisligi, so‘zlarining keskinligi va sabrsizligi bilan shuhrat
qozongan.
Do'stlaringiz bilan baham: |