Gegelning quyidagi asarlari ma’lum:
«Xalq dini va nasroniylik» (1793), «Fixte va
Shelling tizimlari o‘rtasidagi tafovut» (1801), «Mantiq ilmi» (1812-1816), «Falsafiy
ilmlar qomusi» (1817), «Huquq falsafasi asoslari» (1821), «Huquq falsafasi» (1826).
Gegelning shogirdlari tomonidan uning ma’ruzalari, rejalari, qoralamalari hamda
chizgilari orasidan tanlab olingan asarlari quyidagicha nomlanadi:
«Falsafa tarixiga oid
ma’ruzalar», «Tarix falsafasiga doir ma’ruzalar», «Estetikaga oid ma’ruzalar», «Diniy
falsafaga doir ma’ruzalar».
* * *
Falsafa va din umumiy mazmun, ehtiyoj va manfaatlarga egadir.
* * *
Din umuman inson ongining eng yuksak va so‘nggi sohasidir. U shunday sohaki, inson unga
mutlaq haqiqat olamiga kirgan kabi qadam qo‘yadi.
* * *
Teran aql va ajoyib fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar ko‘pincha yomon o‘yinchi bo‘lib
chiqadilar. Bu ularni o‘yinlar qiziqtirmasligi bilan emas, balki ularning fikrlash qobiliyati hayotning
qoidalarini qo‘llash hadisini yaxshi egallamagani bilan izohlanadi.
* * *
O’qib bilmoq boshqalarning fikri to‘g‘ri ekanligini tushunmoqdir.
* * *
Harakat inson qiyofasini ochib beruvchi eng aniq vositadir. Inson qanday harakat qilsa,
o‘shandaydir.
* * *
Dunyoga aql ko‘zi bilan boqqan odamga dunyo ham oqilona qaraydi.
* * *
Nutq hayratlanarli darajada qudratli vositadir. Ammo undan foydalanish uchun aql sohibi bo‘lish
lozim.
* * *
Erkin odam hasadgo‘ylik qilmaydi, u buyuklik va yuksaklikni sidqidildan tan oladi hamda ularning
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
209
mavjudligidan quvonadi.
* * *
Chin xushmuomalalikka aynan burch sifatida qaramoq joiz. Umuman, biz o‘zgalarga iltifotli
bo‘lmog‘imiz kerak.
* * *
Insonning burchlari to‘rt turga bo‘linadi.
1) O’z oldidagi burchi. 2) Oilasi oldidagi burchi. 3) Davlat oldidagi burchi. 4) O’zga odamlar oldidagi
burchi.
* * *
Or-nomus tamoyillarining asosiy qoidalaridan biri shundan iboratki, har bir odam kim bo‘lishidan
qat’i nazar, o‘z xatti-harakati bilan o‘zgalar undan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi joiz.
* * *
Inson o‘ziga xo‘jayin bo‘lmas ekan, tabiatga ham egalik qilolmaydi.
* * *
Inson bilim tufayligina barhayotdir. Bilim, tafakkur inson hayoti, barhayotligi negizidir.
* * *
Shiddat bilan tanazzulga yaqinlashib borayotgan xalqning taqdirini faqat dahogina saqlab qolishi
mumkin.
* * *
Haqiqatga qalb ko‘zi bilan boqmoq joiz. Tandagi ko‘z bilan uni ko‘rib bo‘lmaydi.
* * *
O’rni kelganda haqiqatni aytmaslik yaxshi emas. Bu narsa o‘zingni ham, o‘zgalarni ham tahqirlash
demakdir. Biroq layoqat yoki huquq bo‘lmaganda haqiqatni aytmagan ma’qul.
* * *
Oqilona maqsadga erishish uchun intiluvchi tirishqoq odamga irodaviy qudrat qanchalar zarur
bo‘lsa, qaysarlik shunchalar nomaqbuldir.
* * *
Men ko‘plab ajoyib fanlarni bilaman, ammo falsafadan ajoyibrog‘ini topolmadim.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
210
Do'stlaringiz bilan baham: |