qilmoq va kurashmoq bilan teng edi.
1893 yilda Rozanov Davlat nazorati (aktsiz) idorasiga ishga o‘tadi va Peterburgga
ko‘chib keladi.
1899 yili esa iste’foga chiqadi hamda «Novoe vremya» gazetasida ijodiy xodim bo‘lib
ishlay boshlaydi va o‘zini butkul adabiy faoliyatga bag‘ishlaydi.
Oktyabr inqilobidan so‘ng u faylasuf va ilohiyotchi Pavel Florenskiy bilan Avliyo Sergey
ibodatxonasida yashaydi.
1918 yili Rozanovning miyasiga qon quyiladi, uch oydan keyin esa vafot etadi.
Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Anglash to‘g‘risidagi fanning tabiati, chegaralari va
ichki tuzilmasini yaxlit ilm sifatida tadqiq qilish tajribasi» (1886), «Ma’rifatning mubham
onlari», «Zulmat va mavhumlik saltanatida» (1904), «Cherkov devorlari tegrasida»
(1906), «Yolg‘izlik» (1912), «Mavhum qiyofa: nasroniylik metafizikasi» (1911).
* * *
Yo‘llar – nekbinlar qismati.
* * *
Tabiat do‘stdir, ammo uni yeb bo‘lmaydi.
* * *
Har qanday metafizika tabiatni chuqur anglash demakdir.
* * *
Men ta’limotim keng yoyilishini istaymanmi? Yo‘q. Chunki bu juda katta hayajonlarga sabab bo‘ladi,
men esa xotirjamlikni sevaman…
* * *
Faqat musibatgina bizga buyuklik va ilohiylik eshiklarini ochadi.
* * *
Dag‘allik va zo‘ravonlik 2 foiz muvaffaqiyat keltirsa, muloyimlik va hojatbarorlik 20 foiz
Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
221
muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Yahudiylar bu haqiqatni hammadan avval anglab yetdilar.
* * *
Tahqir bir necha kun o‘tgandan so‘ng shunday ruhiy yog‘duga aylanadiki,
unga hech narsa teng
kelolmaydi. Ongning oliy darajadagi tiniqlashuviga tahqirsiz erishib bo‘lmaydi, degan fikrni aytib
o‘tmaslik mumkin emas. Zero,
komillik tahqir, mag‘lublik nimaligini bilmay doimo g‘alaba nashidasini
surib, yuksakda yurganlarga bir umr nasib etmagan.
* * *
Shon-shuhrat nafaqat buyuklik, balki buyuklik inqirozining ibtidosidir.
* * *
Inqilob ikki o‘lchamga ega: uzunlik va kenglik. Ammo u uchinchi o‘lcham – teranlikdan mahrumdir.
Ana shu sifat tufayli u hech qachon bo‘liq va mazali
meva bermaydi, hech qachon «tugamaydi».
Inqilob o‘sib borib asabiylikka aylanadi. Va inson hech qachon: «Bas! Yetarli! Men baxtiyorman.
Bugungi kunim shunday yaxshiki, menga erta kerakmas…» deyolmaydi. Inqilob
doimo azobni
yetaklab yuradi va faqat «ertangi» kundan umid qiladi…
Har bir ertangi kun uni dog‘da qoldirib, indinga aylanadi. Bu uzluksizlikdan
hech qaerga qochib
qutulib bo‘lmaydi.
Inqilobda quvonch yo‘q. Bo‘lmaydi ham.
* * *
Sotsializm xuddi nomutanosiblik kabi o‘tib ketadi. Har qanday nomutanosiblik o‘tkinchidir.
Sotsializm — bo‘ron, yomg‘ir, shamol…
Bir kuni quyosh porlaydi va hamma narsani quritadi. Odamlar sotsializm to‘g‘risida qovjiragan
maysa haqida gapirayotgandek: «Nahotki u (sotsializm) bo‘lgan edi?» «Va deraza oynalariga
«birodarlik», «tenglik», «ozodlik» do‘llari kelib urilgandi?» – deb so‘raydilar.
— Eh, ha! Bu do‘l qancha odamlarga shikast yetkazgan!!!
— Voajab. G’alati hodisa. Ishonging kelmaydi. U to‘g‘rida qaerda o‘qish mumkin?»