Aleksandr Pushkin (1799-1837; Rossiya)



Download 25,44 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi25,44 Kb.
#466500
Bog'liq
Aleksandr Pushkin


Aleksandr Pushkin (1799-1837; Rossiya)
P ushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva - 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis so‘zga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo‘shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta’siri, ayniqsa, kattadir. O‘sha davrning eng nufuzli o‘quv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida o‘qish (1811—17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Pushkin litseyni tugatgach, Peterburgga ko‘chib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817—20) Rossiyaning tarixiy taraqqiyoti uchun muhim bir davr edi.
Pushkinning dastlabki she’rlari 1913 yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda o‘qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she’r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bag‘ishlangan she’ri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinning yuksak bahosiga sazovor bo‘lib, u Pushkinning buyuk shoir bo‘lib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik Pushkin rus jamiyatida uyg‘onib borayotgan erksevarlik kayfiyati ta’sirida «Erkinlik» (1817), «Chaadayevga» (1818), «Qishloq» (1819) singari she’rlarni yaratadi.
Pushkinga qadar rus she’riyatida qasida, marsiya, xat singari har bir she’riy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qat’iy qonun-qoidalar asosida yozilgan. Pushkin litsey lirikasidan farqli o‘laroq, Peterburg davri ijodida she’riy janrlar o‘rtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus she’riyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan («Ruslan va Lyudmila», 1820).
Pushkin ijodining tadrijiy yo‘lini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813—16 yillarni o‘z ichiga olgan l-bosqichda Pushkin o‘z zamondoshlarining badiiy tajribasini o‘zlashtirgan bo‘lsa, 2-bosqich (1817—20)da Pushkin ijodining g‘oya va mavzular olami kengayib, u o‘z uslubiga erishish yo‘lida badiiy izlanishlar olib borib, kitobiy til bilan jonli xalq tilini o‘zaro yaqinlashtirdi. Shoirning 1820—24 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo ko‘p o‘tmay, Pushkin qahramonni poetiklashtirish va voqelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi. Pushkin ijodining 1925 yildan boshlangan 4-bosqichida obrazlar va mavzular ko‘lamini chegaralashning har qanday ko‘rinishini rad etuvchi, fikr bilan tuyg‘uni, haqiqatni tadqiq etish bilan «jonli tasavvur»ni o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan realistik tizimni ishlab chiqdi
Pushkinning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar ta’sirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi she’rlari chor hukumatida norozilik kayfiyatini uyg‘otdi. 1819 yilda Pushkinning «Yashil chiroq» to‘garagida ishtirok etishi esa Aleksandr I ni nihoyatda g‘azablantirdi. U 1820 yil mayida Pushkinni Yekaterinoslavga surgun qildi. Shoir Yekaterinoslavga yetib kelishi bilan xastalikka yo‘liqadi va ittifokr shu yerda qo‘noqda bo‘lgan general N.N.Rayevskiyning oilasi bilan birga dastlab Kavkazga, keyin Qrimga yo‘l oladi.
Rossiyaning janubida yashash Pushkin ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron ta’sirida romantik dostonlarini yozdi. Pushkin romantizmining ilk namunasi — «Kavkaz asiri» dostoni (1820—21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular o‘rtasida katta muvaffaqiyat qozondi. Pushkin voqelikni romantik bo‘yoqlar bilan tasvir etishda davom etib, «Aka-uka qaroqchilar» (1821—22) va «Boqchasaroy fontani» (1923) dostonlarini yaratdi. «Lo‘lilar» dostoni esa Pushkinning ijodiy tadrijida ro‘y bergan jiddiy burilishning samarasi bo‘ldi. Pushkinning romantik dostonlari va shu yillar lirikasi («Demon», «Dengizga» va b.) yagona g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishga ega bo‘lib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi.
1824 yil Pushkin xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoye qishlog‘i (Pskov)ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan so‘ng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qo‘shiklarini to‘playdi, «Boris Godunov» tragediyasi (1825), «Graf Nulin» dostoni, «Qur’onga tatabbu», «Andrey Shen’e», «19 oktabr» va boshqa mashhur she’rlarini yozadi, «Yevgeniy Onegin» she’riy romani ustidagi ishni davom ettiradi. «Boris Godunov» Pushkinning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi bo‘lsada, shoir unda Shekspir an’analariga tayangan holda dramatik san’atning yangi yo‘llarini kashf etadi, xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatni asar markaziga olib chiqadi. «Boris Godunov»ni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka intilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xarakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va b.) Pushkinning keyingi ijodida o‘z samaralarini berdi.
20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida Pushkin ijodida realizm tantana qilib, u «Graf Nulin»dan tashqari, «Poltava» (1828—9), «Kolomnadagi uy» (1830), «Mis chavandoz» (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning «kichik tragediyalar»ini tashkil etgan ba’zi bir pesalari hamda nasriy asarlari («Belkin qissalari», «Kapitan qizi» va b.)ni yaratadi. Pushkin shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi.
20-yillarning 2-yarmida Pushkin «Yevgeniy Onegin» ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. She’riy romanning 1833 yilda to‘la holda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea bo‘ldi. Garchand she’riyatning bu janri rus adabiyotida keyinchalik izchil davom ettirilmagan bo‘lsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir metodi va yangi estetika tamoyillari rus adabiyotining keyingi taraqqiyoti uchun g‘oyat katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Pushkin asarda polifonik tasvir usulining shunday yo‘llarini topdiki, ular voqelikni keng qamrab olish, muhim hayotiy muammolarni tasvir doirasiga olib kirish, epik va lirik ibtidolarni uzviylashtirish imkonini berdi. Natijada romanda Pushkin yashagan davrning muhim masalalari o‘z in’ikosini topdi, o‘sha davrda keng tarqalgan kishilar xarakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zo‘r mahorat bilan tasvir etildi.
Pushkin 1830 yil kuzini Boldino qishlog‘ida o‘tkazdi. Rus adabiyoti tarixiga «Boldino kuzi» sifatida kirgan bu davrda shoir «Kolomnadagi uy» dostoni, «Belkin qissalari», shuningdek, boshqa «kichik tragediyalar»ini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa, «Xasis ritsar», «O‘lat chog‘idagi bazm», «Tosh mehmon», «Motsart va Saleri» «kichik tragediyalar»i olamshumul ahamiyatga molik masalalarni ko‘targanligi bilan Pushkin ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi.
Pushkin 1831 yil yozida sharoit taqozosi bilan davlat idoralarida ishlashga majbur bo‘ladi. U tashki ishlar kollegiyasida xizmat qilar ekan, davlat arxivida ishlash imkoniyatidan foydalanib, Buyuk Pyotr tarixini yozmoqchi bo‘ladi. Arxivda ishlash Pushkinga Rossiyaning tarixi va hozirgi davridagi murakkab masalalarni to‘g‘ri tushuntirish imkonini beradi. U siyosiy tuzum, «yangi ma’rifat», Yevropa mamlakatlari mohiyati to‘trisida o‘ylab, tanqidiy xulosalarga keladi va feodal tuzumning chiriganiga ishonch hosil qiladi. Pushkinning «Mis chavandoz» dostoni uning dunyoqarashida ro‘y bergan ana shunday o‘zgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi. Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga o‘ta boshlagani Pushkinning «Pikovaya dama» (1833) qissasida o‘z tajassumini topgan.
Pushkin 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qo‘zg‘olonining paydo bo‘lish sabablarini qunt bilan o‘rgandi, qo‘zg‘olon sodir bo‘lgan joylarga borib, rus xalq qo‘shiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. Pushkin Pugachyov qo‘zg‘oloni haqida to‘plagan bu materiallardan «Pugachyov tarixi» asari (1833), «Dubrovskiy» (1832—33) va «Kapitan qizi» (1833—36) qissalarida samarali foydalandi. Rus xalq og‘zaki ijodi namunalariga qiziqish natijasida Pushkinning «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» (1830), «Shoh Sulton haqida ertak» (1831), «Baliqchi va baliq haqida ertak» (1833), «Oltin xo‘rozcha haqida ertak» (1834) singari folklor motivlari bilan sug‘orilgan asarlari maydonga keldi va bu asarlar Pushkin ijodi dagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi bo‘ldi.
Pushkin 1831—32 yillarda do‘stlari tomonidan nashr etilgan «Literaturnaya gazeta» («Adabiyot gazetasi»)da faol ishtirok etib, adabiyotda xalqchillik va realizmning tantana qozonishi uchun kurashdi. Uzoq davom etgan sa’y-harakatdan so‘ng 1836 yil aprelida «Sovremennik» («Zamondosh») jurnalining 1-sonini chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi qora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi o‘laroq uning J.Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulug‘ rus shoiri halok etildi.
Pushkinning rus madaniyati takdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas boglik,. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining ta’siri sezilarlidir.
Toshkentda Pushkin nomida ko‘cha, maydon bor. Pushkinning tug‘ilgan kuniga 170 yil tulishi munosabati bilan 1969 yil Toshkent shahrida shoirga haykal o‘rnatilgan.
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi.Buyuk tatar shoiri Abdulla To`qay XX asrning boshida yozgan asarlaridan birida A.S.Pushkinni she`riyat osmoning yorqin yulduzi deb atagan edi. Bu ta`rif chiroyli shoirona tashbeh bo`lsa-da, unda rus shoiri ijodining mohiyati, ular yaratgan she`riyatning qimmati to`g`ri va haqqoniy aks etgan. Mana, bir yarim asrdirki, bu nom jahon she`riyatining eng yuksak, eng porloq yulduzi kabi she`rtalab qalblarga, go`zallik va ezgulik ishtiyoqida yongan yuraklarga saxiylik bilan nur taratib kelmoqda. Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o`tib, dunyoning hamma go`shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropa va Osiyoda ham, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit`alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchisi bo`lib qolgan. Bu buyuk so`z san`atkorining taqdiri yana bir haqiqatni tasdiqlaydi – daho shoirlar, ulug` adiblar hamisha bir xalqning farzandi, bir muhitning mevasi o`laroq maydonga keladiyu, keyinchalik hamma xalqlarning farzandiga aylanib ketadi. Bugun dunyodagi yuzlab xalqlar qatori o`zbek xalqi ham Pushkinni o`zlarining sevimli ijodkorlari sifatida sevadilar va asarlarini qayta-qayta o`qishdan charchamaydilar. Undan o`z milliy adiblari kabi faxrlanadilar, asarlaridan bahramand bo`ladilar. Nega shunday? Buning sababi shundaki, Pushkin o`z davrining eng ilg`or g`oyalarini yuksak mahorat bilan ifodalagan edi.
U rus milliy shoiri bo`lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o`ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan poetik olamni yaratgan.Ma`lumki, Rossiya ( Rossiya haqida referat ) 1812-yilda Ulug` Vatan urushini boshidan kechirdi – rus qo`shinlari buyuk sarkarda M.I.Kutuzov boshchiligida butun Yevropani titratgan Napoleon armiyasini tor-mor keltirdi va uni Rossiyadan quvib chiqardi. Darhaqiqat, bu buyuk g`alaba Rossiyadagi ilg`or kuchlarning vatanparvarlik tuyg`ularini oshirib-toshirdi, ularning qalbini o`z vatani, o`z xalqi uchun iftixor hislariga to`ldirdi. Ulug` Vatan urushi butun dunyo qarshisida Rossiyaning buyuk mamlakat ekanini, rus xalqining esa iste`dodi ham, qudrati ham bitmas-tuganmas buyuk xalq ekanini yana bir marta namoyish etdi. Ayni choqda, shu buyuk g`alabaning shu`lasi Rossiya hayotining ilgari ko`zdan nari, panada yotgan tomonlarini ham yoritib yubordi, jamiyatning juda keskin ijtimoiy ziddiyatlarini ochib tashladi. Ma`lum bo`ldiki, Napoleonni yenggan, tarixning ijodkori bo`lgan xalq benihoya qiyin sharoitda zulmat qo`ynida, zulm iskanjasida, erksizlik va jaholat to`rlariga chulg`angan holda yashar ekan. Butun mamlakatda krepostnoy huquq hokim: bu huquqqa binoan dehqon pomeshchikning mulki hisoblanadi. Pomeshchik o`z dehqonini ishlatishi, qonini zulukdek so`rishi, ko`ngliga kelsa buyumdek sotib yuborishi, istagancha tahqirlashi mumkin. U dehqonni o`ldirib yuborgan taqdirda ham, hech kim qotil pomeshchikning mushugini pisht deyolmaydi. Mamlakatning ilg`or fikrli, sof vijdonli odamlari bunday ahvolga chidab turolmadilar. Mavjud ijtimoiy tartiblarni, krepostnoy huquqni, unga panoh bo`lib turgan monarxizm sistemasini tanqid qilish boshlandi, Rossiyani Yevropa mamlakatlariga qiyos qilish kuchaydi, adolatli, erkin, ma`rifatli jamiyat barpo etish uchun kuchli harakat boshlandi. Bu harakat tarixda dekabristlar harakati degan nom bilan shuhrat qozondi: 1825-yilning 14 dekabr kuni bir qancha ofitserlar Sankt-Peterburgda Senat maydoniga chiqib, podshoga qarshi isyon ko`tardilar. Isyon shafqatsiz suratda bostirildi. Uning ishtiokchilaridan besh kishi dorga osildi, yuzlab odamlar Sibirga surgun qilindi, turmalarga tashlandi. Isyon bostirildiyu, lekin podsho hukumati uning ruhini bostira olmadi. Senat maydonida ro`y-rost namoyon bo`lgan isyonkorlik ruhi, erkinlik istagi, ma`rifatga, ziyoga tashnalik, zulmatga, jaholatga nafrat, rus xalqini uning bo`yi bastiga, qudratiga, buyukligiga munosib tarzda ozod va baxtiyor ko`rish ishtiyoqi yashashda davom etdi. Xuddi shu ruh, shu g`oyaviy tamoyillar XIX asrdagi rus adabiyoti, musiqasi, rassomchiligi uchun qudratli qanot bo`ldi va ularning yuksak parvozini ta`minladi. Pushkin birinchilardan bo`lib, shu isyonkorlik ruhidan bahramand bo`ldi va birinchilardan bo`lib, erksevarlik g`oyalarini, zulmga qarshi otashin nafratlarini o`z asarlariga singdirib yubordi. Uning she`riyati tom ma`nodagi kurashchan she`riyat edi. U o`z asarlarida rus kishisiga muhabbatni kuyladi, oddiy insonning buyukligini tarannum etdi. Bu buyuk insonning ijodi odamlar qalbida ezgulikka ishtiyoqni barq urdirib, zulmat ichidagi nurdek porladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Saviya.uz

  2. www.savol-javob.com

  3. Arxiv.uz

Download 25,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish