Tabiiy tanlanish
Biologiya
Evolutsiya
Mexanizm va jarayonlari
Moslashish
Genetik dreyf
Gen koʻchishi
Mutatsiya
Tabiiy tanlanish
Turlanish
Tadqiqotlar va tarix
Dalillar
Tarixi
Zamonaviy sintez
Ijtimoiy taʼsiri
Evolutsion biologiya sohalari
Kladistika
Ekologik genetika
Evolutsion rivojlanish
Odam evolutsiyasi
Molekular evolutsiya
Filogenetika
Populatsion genetika
Tabiiy tanlanish - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish
haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish
— yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan
organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa
qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning
nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik Tabiiy tanlanish ning taʼsiri uchun
zarur zamin hisoblanadi. Tabiiy tanlanish ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki
muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli
organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham
mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud
boʻladi.
Tabiiy tanlanish haqidagi Ch. Darvin konsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I.
Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va boshqa olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi.
Tabiiy tanlanish ning genetik mohiyati populyatsiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning
saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. Tabiiy
tanlanish alohida olingan fenotipga yoki genga taʼsir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit
bilan oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadigan (qarang
Genotip
) muayyan fenotip (tirik
organizmning barcha belgilari yigʻindisi)ga taʼsir qiladi. Tabiiy tanlanish organizmlar
oʻzgaruvchanligining bevosita sababchisi boʻlolmaydi, lekin mutatsiyalarning tezligi va
yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jarayon Tabiiy tanlanish ning ijodiy roli deyiladi. Tabiiy tanlanish
taʼsiri yirik populyatsiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi
bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlarga taʼsir qilish
(individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham taʼsir koʻrsatadi (guruhli tanlanish). Bu
jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali boʻlgan belgilarning
sak,lanib qolishiga imkon berishi mumkin. Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar
shakllanadi, mas., qushlarning qichqirigʻi ularning oʻzini dushmanga oshkora qilib qoʻyganidan
ayrim individga zararli boʻlsada, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signal boʻlgani tufayli turning
boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda Tabiiy tanlanish bir necha yoʻnalishda taʼsir
qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun Tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish,
dizruptiv tanlanish, turgʻunlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi.
Antidarvinizmga mansub turli konsepsiyalar Tabiiy tanlanish ni evolyutsiyaning asosiy omili
sifatida tan olishmaydi (yana q.
Sunʼiy tanlash
).
Tabiiy tanlanish
nasldan naslga
oʻta oluvchi foydali
belgilarning
organizmlar
populatsiyasi
avlodlarida
yoyilishi va zararli belgilarning kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Tabiiy
tanlanish
fenotip
orqali ishlaydi, yaʼni yashab qolib, nasl qoldira oluvchi organizmlar fenotipi
(foydali fenotip) kengroq tarqalib, shu populatsiyadagi boshqa organizmlar fenotipini siqib
chiqaradi. Agar bu fenotiplar
genetik
asosga ega boʻlsa, tegishli
genotipning
keyingi
avlodlardagi chastotasi oshadi. Vaqt oʻtishi bilan bu jarayon organizmlarning muayyan
ekologik
panalar
uchun
moslashishi
va alal-oqibat
yangi turlar kelib chiqishiga
olib kelishi mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tabiiy_
tanlanish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tabiiy_tanlanish&oldid=2281
615
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |