tillarini mukammal bilgan.
Shopengauer 30 yoshida «Olam iroda va tasavvur sifatida» deb nomlangan eng
mashhur asarini yozgan.
U birinchi bo‘lib «ruhiy halovat» atamasini qo‘llagan. «Eng oliy darajadagi turfa va
davomiy huzur-halovat ruhiy halovatdir…» deb yozgandi faylasuf.
Shopengauer kunning asosiy qismini ikki xonali uyidagi ish bo‘lmasida o‘tkazgan.
Mutolaa – uning eng sevimli mashg‘uloti edi.
Faylasuf bir umr bo‘ydoq o‘tgan. U yuqumli kasallik tufayli vafot etishdan o‘lgudek
qo‘rqqan. Shunday xavfni sezishi bilan darhol turar joyini almashtirgan.
Shopengauerning quyidagi asarlari ma’lum:
«Ko‘z va gullar to‘g‘risida» (1816), «Olam iroda va tasavvur sifatida» (1819),
«Axloqning asosi» (1841), «Etikaning ikki asosiy muammosi» (1841), «Din haqida»
(1851), «Parerga va Paramipomenon» (1851), «Sevgi metafizikasi».
Bu asar ikki jilddan
iborat bo‘lib, «Parerga» – lotincha «Qo‘shimcha asarlar» degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |