F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Etiologiyasi 

bo’yicha


 -

 aerodinamik, gidrodinamik, metallik va boshqalar. 



Chastotasining  tavsifi 

bo’yicha – quyi chastotali (1-350 Gts), o’rta chastotali 

(350-800 Gts), yuqori chastotali (800 Gts dan ko’p). 

Spektri 

bo’yicha – keng polosali (kengligi 1 oktavadan ortiq bo’lgan uzluksiz 

spektrli  shovqin),  tonal  (spektrida  ifodalangan  tonlar  bo’lgan  shovqin).  Barcha 

chastotalar  bo’yicha  tovushlarning  bir  xildagi  intensivligi  bo’lgan  keng  polosali 

shovqin, shartli ravishda «oq» deb ataladi. 

Energiyaning  vaqtda  taqsimlanishi

  bo’yicha  –  doimiy  yoki  stabil, 

o’zgaruvchan.  O’zgaruvchan  shovqin  tebranuvchi,  uzlukli  va  impulsli  bo’lishi 

mumkin.  Shovqinning  oxirgi  2  turi  uchun  tovush  energiyasining  vaqtda  keskin 

o’zgarishi  harakterli  (hushtak,  gudok,  temirchi  bolg’asining  zarbasi,  otilgan  o’q 

ovozi va boshqalar). 

So’nggi yillarda shovqinsiz ishlaydigan sanoat sohasini topish qiyin.  Intensiv 

shovqin shtampovka qilishda, motorlarni sinashda, otboyka bolg’asi, kompressli 

qurilmalar,  sentrifugalar,  vibromaydonlarning  ishlashida  va  boshqalarda  yuzaga 

keladi. 


Shovqinning organizmga ta’siri ko’pincha boshqa ishlab chiqarish zararliligi – 

noxush mikroiqlim sharoitlar, toksik moddalar, ultra tovush, tebranish bilan birga 

kechadi. 

Ishlab  chiqarish  shovqini  kasbiy  quloq  og’irligi,  ba’zida  karlikni  chaqiradi. 

Ko’pincha eshitish yuqori chastotali shovqin ta’siri ostida o’zgaradi. Biroq katta 

intensivlikdagi ham past va o’rta chastotali shovqin ham eshitishning buzilishiga 

olib  keladi.  Eshitishning  buzilish  mexanizmi  kortiev  a’zosining  asab  tolalari 

oxirlarida  atrofik  jarayonlarning  rivojlanishidan  iborat.  Eshitishning  kasbiy 

yo’qotilishi  sekin  rivojlanadi  va  yoshi  va  staji  kattalashgan  sari  sekin-asta 

zo’rayadi. 




 

376 


 

Shovqinli  kasb  ishchilarida  dastlabki  paytlarda  eshitish  qobiliyatining 

pasayishi  adaptatsion,  vaqtinchalik  bo’lib  hisoblanadi.  Biroq  sekin-asta  kortiev 

a’zosida  atrofik  jarayonlar  sabab  eshitish  qobiliyati  avval  yuqori,  so’ngra  esa 

o’rta,  va  past  (koxlear  nevrit)  chastotaga  eshitish  pasayadi.

 

Shovqinli  kasb 



ishchilari  dastlabki  yillarda  eshitish  qobiliyatining  buzilishini  sub’ektiv  his 

qilmaydilar  va  faqatgina  jarayon  tarqoq  bo’lganida  eshitishning  pasayganligiga 

shikoyat qilishlari mumkin.

 

Shu boisdan



 

audiometriya

 

shovqinli kasb ishchilarida 



eshitish qobiliyati buzilishini erta tashhislashda bosh usul bo’lib hisoblanadi.

 

Eshitish  a’zosining  yana  bir  kasbiy  patologiyasi  tovushdan  jarohatlanish 



bo’lishi mumkin. U ko’pincha intensiv impulsli shovqin ta’siri bilan chaqiriladi 

va quloq pardasi va o’rta quloqning shikastlanishidan iborat. 

Eshitish  a’zosiga  ta’sir  ko’rsatish  bilan  bir  qatorda  shovqinning  organizmga, 

birinchi  navbatda  astenovegetativ  buzilishlarning  ustunlik  qilishi  bilan  asab  va 

yurak-qon  tomir  tizimiga  umumiy  ta’siri  ham  ro’y  beradi.

 

Bosh  og’rishi,  tez 



charchash,  uyquning  buzilishi,  xotiraning  pasayishi,  qo’zg’aluvchanlik, 

yurakning  tez  urishi  kabi  shikoyatlar  kuzatiladi.

 

Ob’ektiv  ko’ruvda  reflekslar 



latent davrining uzayishi, dermografizmning o’zgarishi, pulsning labilligi, arterial 

qon  bosimining  ko’tarilishi  va  boshqalar  kuzatiladi.

 

Nafas  a’zolari  (nafas 



siqilishi),  ko’ruv  analizatori  (shox  parda  sezgirligining  pasayishi,  aniq  ko’rish 

vaqtining kamayishi, rang ajratishning yomonlashishi), vestibulyar apparat (bosh 

aylanishi  va  boshqalar),  oshqozon-ichak  trakti  (motor  va  sekretor  funktsiyaning 

buzilishi), qon tizimi, mushak va endokrin tizimlar va boshqalar funktsiyasining 

buzilishi  kuzatiladi.

 

Ishlab  chiqarish  shovqini  ta’siri  ostida  organizmda 



rivojlanadigan  o’xshash  simptomokompleksni  «shovqin  kasalligi»  deb  ataydilar 

(Andreeva-Galanina Ye.S.). 

Shovqin  ta’sirining  profilaktikasi  bir  necha  yo’nalishlarda  amalga  oshiriladi. 

Ishlab  chiqarishda  shovqin  ruxsat  etilgan  bosqichsiga  rioya  qilish  va  shovqinli 

sharoitda  ishlash  vaqtini  cheklash,  shovqinli  texnologik  operatsiyalarni 

shovqinsiziga  almashtirish  zarur.

 

Uskunalar  va  konstruktsiyalarga  shovqinni 




 

377 


 

yutadigan  ekranlar  va  qoplamalarni  o’rnatish  shovqin  bosqichsini  5-12  dB  ga 

kamaytirishga  imkon  beradi.

 

Shovqinli  operatsiyalar  va  ishlab  chiqarishlarni 



alohida  bino  yoki  sexga  olib  chiqish  taklif  etiladi.

 

Quloqchinlar,  «berushi»-



tiqinlari,  antifonlar,  shlemofonlar  quloqqa  shovqin  kirishini  10-50  dB  ga 

pasaytiradi. 

Mehnat  va  dam  olishni  ratsional  olib  borish  ahamiyatga  ega.  Terapevt  va 

otolaringolog,  ko’rsatmaga  ko’ra  nevropatologni  jalb  qilgan  holda  dastlabki  va 

davriy tibbiy ko’riklarni o’tkazish zarur. 

Audiometrik  tekshiruvlar  o’tkazish  va  arterial  qon  bosimini  nazorat  qilib  turish 

shart hisoblanadi. Eshitish a’zolari va asab tizimi kasalliklari bo’lgan  shaxslarga 

shovqinli  sharoitda  ishlash  uchun  ruxsat  berilmaydi.  Davriy  ko’riklarning 

natijalariga  ko’ra  ishlovchilar  profilaktoriy  va  sanatoriya-kurort  davolanishga 

yuboriladi. 

Ultratovush  –  kattiq  muhitning  mexanik  tebranishi  bo’lib,  tovush  bilan  bir 

xilda  fizikaviy  tabiatga  ega,  biroq  eshituvchanlikning  yuqori  chegarasidan 

oshmaydi  (20  000  Gts,  yoki  20  kGts  dan).

 

Tovushlar  kabi  ultra  tovushlar 



intensivligi ham  santimetr kvadratga vattlarda, logarifmik shkala bo’yicha  esa  - 

bellar (detsibellar) da o’lchanadi. 

Ultrtovush  sanoatda,  qishloq  xo’jaligida,  tibbiyotda  keng  foydalaniladi.

 

Shunday  qilib,  quyi  chastotali  ultratovush  (11-100  kGts)  detallar,  qozonlarni 



tozalash,  tolalarni  yuvish,  havodagi  muallaq  moddalarning  koagulyatsiyasi,  o’ta 

qattiq  materiallarga  (masalan,  olmos)  ishlov  berish,  qishloq  xo’jaligida 

hasharotlar,  qurtlar,  kemiruvchilarga  qarshi  kurashish,  oziq-ovqat  sanoatida 

quruq  sutni  muzlatish  va  yog’larni  emulgiyasiga,  tibbiyotda  instrumentlarni 

sterilizatsiya  qilish  uchun  qo’llaniladi.  Yuqori  chastotali  ultratovush  (100  kGts-

1000  MGts)  defektoskopiyada,  aloqada,  tibbiyotda  tashhislash  uchun  (UTT), 

suyaqlarni  o’stirish,  ko’zda  jarrohlik  amaliyotini  o’tkazish,  o’smalarni 

parchalash,  fizioterapiyada  esa  –  og’riq  qoldiruvchi,  umumstimullovchi  va 

arterial qon bosimini tushiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.

 



 

378 


 

Suyuqlik-gaz  muhiti  chegarasida  ultratovushning  shikastlovchi  ta’sirining 

mexanizmi kavitatsiya effektiga asoslangan - muhit chegarasida gaz pufakchalari 

va  bug’ning  hosil  bo’lishi,  energiyaning  ajralishi  va  to’qimalarning  yemirilishi.

 

Qattiq  muhitlarda  ultratovushning  yemiruvchi  ta’siri  yuqori  chastotali 



tebranishning yuzaga kelishi bilan bog’liq. 

Ishlab chiqarish sharoitlarida ultratovushning ham muloqotli ta’siri, va hamda 

havo  orqali  ta’sir  ko’rsatishi  yuzaga  kelishi  mumkin.

 

Asboblar  bilan  ishlashda 



ultratovushning  qo’llarga  lokal  muloqot  ta’siri  ustunlik  qiladi.

 

Patologik 



ko’rinishi asosan qo’llarning vegetativ polinevriti, barmoqlar va bilakning parezi, 

qo’llar  fastsikulitining  rivojlanishidan  iborat.  Biroq  umumiy  ko’rinishi  sifatida 

umumtserebral  buzilishlar  va  vegetativ  tomirlar  disfunktsiyasi  bilan  namoyon 

bo’ladi.


 

Havo  orqali  tarqaladigan  ultratovush  uzoq  vaqt  ta’sir  ko’rsatganida 

ishlovchilarda  asab,  yurak-qon  tomir,  endokrin  tizimlari  faoliyatining 

buzilishlari,  eshitish  va  vestibulyar  analizatorlarning  shikastlanish,  gumoral 

siljishlar  va  birinchi  navbatda vegetativ  distoniya  va  astenik  sindrom  kuzatiladi.

 

Ishlovchilar  bosh  og’rig’i,  uyquning  buzilishi,  qo’zg’aluvchanlik,  toliqish, 



eshitishning pasayishiga shikoyat qiladilar.

 

Ultratovushning  past  bosqichlari  (80-90  dB)  organizmga  stimullovchi  ta’sir 



ko’rsatadi,  shu  sababdan  davolash  va  profilaktik  vosita  sifatida  foydalaniladi. 

Ultratovushli 

uqalash 

moddalar 

almashinuvi 

jarayonini 

tezlashtiradi, 

retseptorlarni  stimullaydi,  tomirlar  reaktsiyasini  me’yorlashtiradi  va  tomirlarni 

kengaytiradi, arterial qon bosimini tushiradi. 

Ultratovushning  120  Db  dan  yuqori  bosqichsi  kuchli  shikastlovchi  ta’sir 

ko’rsatadi. 

Ultratovushli  qurilmalar  bilan  ishlashda  profilaktik  choralar  qattiq  va  suyuq 

muhitlar  orqali  muloqotli  tovushlashtirishni  oldini  olish,  ishchi  zona  havosida 

ultratovushning  tarqalishiga  qarshi  kurashish  va  gigiyenik  me’yorlarga  amal 

qilishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 



 

379 


 

Ishda  shaxsiy  himoya  vositalaridan  foydalanish,  har  1,5-2  soat  orasida  15 

daqiqalik tanaffuslar qilish lozim. Ultratovush bilan ishlaydiganlarga massaj, suv 

muolajalari,  utrabinafsha  nurlanishi,  vitaminlar  bilan  profilaktika  (C  va  B 

guruhidagi vitaminlar) tavsiya etiladi. 

Davriy tibbiy ko’riklar o’tkazish yo’li bilan ishlovchilar sog’lig’ini  muntazam 

ravishda  nazorat  qilib  turish  lozim.  Ishga  qabul  qilishda  tibbiy  ko’rikdan 

o’tkaziladi. 

Tovush  tebranishlari  va  eshitiladigan  (akustik)  chastotadan  past  bo’lgan 

chastotali to’lqinlar - 20 Gts, infratovush deb ataladi. 

Infratovushning  chastotali  diapazoni  eshitish  chegarasidan  past,  biroq  ishlab 

chiqarish sharoitlarida, qoidaga ko’ra, past chastotali shovqin bilan kechadi. 

Qudratli  yirik  gabaritli  mashinalar  va  mexanizmlar,  gazlar  va  suvlarning 

turbulent  oqimlari,  ventilyatsion  tizimlar  va  boshqalar  ishlab  chiqarishda 

infratovushning  manbalari  bo’lib  hisoblanadi.

 

Infratovush  konvertor  sexlarda, 



port  kranlarida,  kompressorli  stantsiyalarda  ishlashda,  reaktiv  dvigatellarni 

sinashda  va  aerodromlarda  samoletlarning  parvoz  qilishida  yuzaga  keladi.

 

Infratovush  temir  yo’l  lokomotivlari  va  tarkiblari,  og’ir  yuk  transportini 



generatsiya  qiladi.

 

Ishlab  chiqarish  sharoitida  ko’pincha  110  dB  ga  yetadigan 



infratovush bosqichsi uchraydi, ruxsat etilgan bosqichdan 10 dB ga oshadi. 

Tovush diapazoni shovqinlaridan farqli ravishda infratovush katta uzunlikdagi 

to’lqinga ega bo’lib,  difraktsiya  natijasida  oson to’siqlarni aylanib  o’tadi,  ekran 

bilan to’silmaydi, binolarga kirib boradi va masofadan o’tib deyarli pasaymaydi.

 

Atmosfera  tomonidan  kuchsiz  yutilishi  infratovushning  ko’p  kilometrlarga 



tarqalishiga  imkon  beradi.

 

Bundan  tashqari,  rezonansli  chastotalar  sabab 



infratovush yirik ob’ektlarning tebranishsini chaqirishi mumkin.

 

100 dB dan oshuvchi infratovushning biologik ta’siri markaziy asab va yurak-



qon tomir tizimi, nafas a’zolari, vestibulyar  apparat faoliyatining buzulishi bilan 

namoyon  bo’ladi.

 

Shu  bilan  birga  ishlovchilarda  eshitish  qobiliyatining,  asosan 



past  va  o’rta  chastotatalarda,  pasayishi  aniqlanadi.

 

Infratovushning  ruhiy-




 

380 


 

emotsional  holatga  susaytiruvchi  ta’siri  oxir-oqibatda  ishlash  qobiliyatining 

pasayishi va ishchilarning tez toliqishiga olib keladi. 

Infratovush  noxush  ta’sirining  profilaktikasi  avvalombor  ish  o’rinlarida 

gigiyenik me’yorlarga amal qilishga yo’naltirilgan.

 

Yuzaga kelgan manbasida uni 



so’ndirish  infratovush  bilan  kurashishning  yagona  radikal  chorasi  bo’lib 

hisoblanadi, chunki ekranlar bilan himoyalash va tarqalish yo’lida yutilishi kam 

samaralidir.

 

Uyg’un  infratovush  tebranishlarda  interferent  turdagi  shovqinni 



pasaytiruvchi  moslamalar  taklif  qilinadi.  Shaxsiy  profilaktika  va  davolash  –

profilaktik choralari shovqin sharoitida ishlash bilan aynan o’xshash. 

Ishlab chiqarishda tebranish – bu ishlab chiqarish sharoitida qattiq tanalarning 

mexanik  tebranuvchi  harakatlari  bo’lib,  bevosita  inson  tanasiga  yoki  uning 

alohida qismlariga uzatiladi va organizmga noxush ta’sir ko’rsatadi. 

Tebranish insonga o’tish usullari bo’yicha umumiy (ishchi o’rni tebranish) va 

lokal  tebranishga  ajratiladi.  Umumiy  tebranish  tananing  tayanch  yuzalari  orqali 

o’tadi  va  organizm  bo’ylab  tarqaladi.  Lokal  tebranish  ko’pincha  qo’llar  orqali, 

kam  hollarda  tananing  boshqa  cheklangan  sohalari  orqali  o’tadi.  Tebranish  1  s 

dagi  tebranishlar  soni,  ya’ni  chastota  bilan  harakterlanadi,  vibrotezlik  va 

vibrotezlashish  yoki  ularning  logarifmik  bosqichlari  (detsibel)  uning  energetik 

harakteristikasini aks ettiradi. 

Umumiy  tebranishni  gigiyenik  baholash  1  dan  63  Gts  gacha,  lokal  -  8  dan 

1000  Gts  gacha  bo’lgan  chastotalar  diapozonida  olib  boriladi  (oktava 

poloskalarida mos ravishda o’rtageometrik chastotalar bilan 1;  2; 4; 8; 16; 31,5; 

63  Gts va 8; 16;  31,5;  63; 125; 250; 500; 1000  Gts).  Chastota  spektri bo’yicha 

tebranishlar past chastotali - 8 va 16 Gts, o’rta chastotali - 31,5 va 63 Gts, yuqori 

chastotali - 125, 250, 500, 1000 Gts ga ajratiladi; lokal tebranishlar uchun; ishchi 

o’rinlarining tebranishsi uchun  mos ravishda - 1, 2 i 4 Gts, 8 va 16 Gts, 31,5 va 

63 Gts. 


Tebranishga  rezonans  effekti  xos  bo’lib,  tashqaridan  ta’sir  etuvchi  tebranish 

chastotasi  bilan  mos  kelganda  tananing  o’z  tebranish  harakatlarining  keskin 




 

381 


 

kuchayishi bilan namoyon bo’ladi. Jigarga tegishli bo’lgan rezonansli tebranishli 

chastotalar  5  Gts  ni,  buyraqlar  -  7  Gts,  yurak  -  6  Gts,  bosh  -  20  Gts  va  shunga 

o’xshashlarni tashkil qiladi.

 

O’tirgan holatda barcha tana uchun rezonans 4-6 Gts 



chastotada  namoyon  bo’ladi.  Manba  tebranishsining  chastotasi  va  a’zolarga 

tegishli rezonans chastotalari mos kelganida organizmga noxush ta’sir etish xavfi 

ancha oshadi. 

Inson  biologik  to’qimalari  va  a’zolari  rezonansini  hisobga  olgan  holda 

chastotali spektri bo’yicha umumiy tebranishning tasnifi mavjud: past chastotali 

norezonans  -  0,1-5  Gts;  past  chastotali  rezonans  -  6-10  Gts;  o’rta  chastotali 

rezonansn- 11-30 Gts; o’rta chastotali norezonans - 31-50 Gts; yuqori chastotali - 

50 Gts dan yuqori. 

Tebranish 

inson 


organizmiga 

kuchli 


biologik 

ta’sir 


ko’rsatadi. 

Mamlakatimizda  kasbiy  kasallanishning  og’ishmasdan  pasayishiga  qaramay, 

vibratsion  kasallik  profpatologiyalar  tuzilmasida  o’rinlardan  birini  egallab 

kelmoqda. 

Lokal  tebranish  bilan  chaqirilgan  tebranish  kasalligining  quyidagi  bosqichlari 

ajratiladi: 

I  bosqich  - boshlang’ich.  Kuchli ifodalangan simptomlar  yo’q.  Vaqti-vaqti bilan 

qo’llarda  og’riq  yoki  paresteziyalar  kuzatilishi  mumkin,  barmoq  uchlarining 

sezgirligi pasayadi. 

II  bosqich  –  o’rtacha  ifodalangan.  Og’riq  va  uvishish  hissi  kuchli  ifodalangan, 

sezgirlikning  pasayishi  barcha  barmoqlarga  va  hatto  bilaqlarga  tarqaladi, 

barmoqlar  terisining  harorati  pasayadi,  gipergidroz  va  qo’l  barmoqlari  sianozi 

kuchli ifodalangan. 

III  bosqich  -  kuchli  ifodalangan.  Qo’l  barmoqlarida  og’riq  kuchli,  qo’l  panjasi 

sovuq va namlangan. 

IV  bosqich  –  tarqoq  (generallashgan)  buzilishlar  bosqichi.  Kam  holatlarda  va 

asosan  katta  ish  stajiga  ega  bo’lgan  ishchilarda  uchraydi.  Oyoq  va  qo’llarda 

tomirlarda buzilishlar, yurak va miya tomirlari spazmi kuzatiladi. 




 

382 


 

Tebranish kasalligi uzoq vaqt kompensatsiyalangan holda bo’lishi va bemorlar 

mehnatga layoqatlilikni saqlab qolishlari mumkin. 

Neyrotomirli  buzilishlar  tebranish  kasalligining  asosiy  ko’rinishlariga  kiradi. 

Ular  hammadan  avval  qo’llarda  namoyon  bo’ladi  va  ishdan  so’ng  va  tunda 

jadallashgan og’riqlar bilan kechadi. Ko’pincha  «o’lik barmoqlar»  deb  ataluvchi 

fenomen  kuzatiladi  (rasm).  Parallel  ravishda  mushak  va  suyaqlarda  o’zgarishlar 

(«qush  panjasi»  ko’rinishidagi  atrofik  o’zgarishlar),  hamda  nevrozlar 

ko’rinishidagi asab tizimining buzilishi kuzatiladi (7.2.3-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

7.2.3-rasm.  Tebranish  kasalligida  qo’l  panjalari  (a)  va  barmoqlarida  (b)  trofik 



buzilishlar 

 

 



 


 

383 


 

 

7.2.4-rasm. Tebranish kasalligida tirnoqlarning o’zgarishi 



 

Umumiy  tebranish  ta’sir  etganida  markaziy  asab  tizimi  (bosh  og’rig’i, 

xotiraning  yo’qotilishi,  bosh  aylanishi,  quloqda  shovqinga  shikoyat  qiladi), 

yurak-qon  tomir  tizimi,  shu  bilan  birga  yurak  va  periferik  qon  tomirlari,  suyak-

bo’g’im  apparati,  kichik  tos  a’zolari  va  boshqalar    funktsiyasining  buzilishi 

kuzatiladi. 

Tebranishning  zararli  ta’sirini  oldini  olishda  texnik  tadbirlar  yetakchi  rol 

o’ynaydi.  Bu  tebranish  xavfli  jarayonlarni  distantsion  boshqarishni  joriy  etish,  

hosil  bo’lish  manbasi  va  tarqalish  yo’llari  bo’yicha  tebranishni  kamaytirish, 

stanoklar  ostiga  tebranishni  so’ndiruvchi  amortizatorlarni  o’rnatish  yo’li  bilan 

qo’l asboblarini takomillashtirish. 

Mehnat  va  dam  olishning  ratsional  tartibini  ta’minlash,  kompleks  brigadalarni 

tashkil  qilish  va  bir-biriga  yaqin  kasblarga  ega  bo’lish  samaralidir,  bu 

ishchilarning  tebranish  bilan  muloqotda  bo’lish  vaqtini  kamaytirishga  imkon 

beradi. 

 



 

384 


 

 

7.2.5-rasm. Tebranish kasalligida «o’lik barmoqlar» simptomi 



 

Shaxsiy  himoya  vositalaridan  lokal  tebranishda  kaftlarda  probkali  prokladka 

bilan  qo’lqoplar  va  umumiy  tebranishda  tag  qismi  yo’g’on  elastik  bo’lgan 

maxsus poyafzal tavsiya etiladi. 

Fizioterapevtik  muolajalar  muhim  ahamiyatga  ega:  qo’llar  uchun  quruq 

vannalar,  massaj  va  o’z-o’zini  uqalash,  ishlab  chiqarish  gimnastikasi, 

ultrabinafsha  nurlanish.

 

Qo’l  instrumenti  bilan  ishlashda  qo’llarni  sovuq 



qotishidan  ehtiyot  qilish  lozim.

 

Ish  vaqtidagi  tanaffuslar  iliq  xonada  dam  olish 



bilan birga o’tkaziladi. 

Ish  joyida  tebranishning  gigiyenik  me’yorlariga  rioya  qilish  profilaktikaning 

muhim sharti bo’lib hisoblanadi. 

Tebranish  sharoitida  ishlovchilar  davriy  tibbiy  ko’rikdan  o’tishlari  kerak. 

Ishga kirishdan avval dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tiladi. 



 

385 


 

Kantserogen moddalar 

Kasbiy kantserogen moddalar yoki kantserogenlarga quyidagilar kiradi: 

• 

toshko’mirni  haydash  va  qismlarga  ajratish  mahsulotlari,  shu  jumladan 



qatron (degot), kreozot, antratsen moyi va boshqalar; 

• 

slanets,  pista  ko’mir,  neft,  tozalanmagan  mumni  haydash  va  qismlarga 



ajratish mahsulotlari; 

• 

arotik aminlar, nitro- va azot birikmalari; 



• 

xrom va nikel rudalariga ishlov berishning alohida mahsulotlari; 

• 

margumishningning anorganik birikmalari; 



• 

asbest; 


• 

izopropil moyi 

• 

berilliyning alohida birikmalari 



• 

Moddalarning  blastomogen  ta’siri  ular  bilan  ham  doimiy  va  hamda 

muntazam  ravishda  bo’lmagan  muloqotda  bo’lganda,  shuningdek  muloqot 

to’xtatilgandan so’ng uzoq vaqtdan keyin ham namoyon bo’ladi. 

Oxirgi  yillarda  kasbga  oid  rak  holatlari  sonining  o’sishi  sanoatda  va  qishloq 

xo’jaligida yangi kantserogen moddalarni qo’llash bilan bog’liqlik bor. 

Terining  kasbga  oid  rak  kasalligi  ko’pincha  tananing  ochiq  qismlarida 

joylashadi va kimyoviy moddalar ta’siri va ionizatsiyalovchi nurlanish natijasida 

yuzaga  keladi.

 

Mo’ri  tozalovchilarda,  kuchli  kantserogen  3,4-benz(a)pirenni 



saqlagan qora kuya ta’siri bilan chaqirilgan, teri raki holatlari ma’lum. 

Pista  ko’mir  qatroni,  parafin,  mineral  yog’larning  ta’siridan  kasbga  oid  rak 

holatlari  qayd  qilingan.  Teri  raki  vrach-rentgenologlar,  rentgen  kabinetlarining 

texniklarida  uchraydi.  Ko’pincha  qo’l  terisi  shikastlanadi.  Bundan  avval 

surunkali dermatitlar, papillomalar bo’lishi aniqlanadi. 

O’pkaning  kasbga  oid  raki  slanets,  ko’mir,  neft,  xrom  birikmalari,  nikel, 

margimush  va  boshqa  shunga  o’xshash  mahsulotlari  bilan  muloqotda  bo’lganda 

rivojlanadi. 

Siydik qopining kasbga oid raki anilin parlari bilan nafas olganda chaqiriladi. 



 

386 


 

Professional  rakning  oldini  olish  maqsadida  birinchi  navbatda  texnologik 

jarayondan  kantserogen  xossaga  ega  kimyoviy  birikmalarni  chiqarib  tashlash 

lozim. 


Hozirgi  vaqtda  qonunlar  bilan  2-naftilamin,  benzidin,  2,3-dixlorbenzidin,  4-

aminodifenilni  ishlab  chiqarish,  hamda  yo’lni  qoplash  sifatida  pekadan 

foydalanish taqiqlangan. 

Atrof-muhitni  kantserogenlar  bilan  ifloslanishini  inkor  qiluvchi  texnologik 

jarayonlarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etish  muhim  vazifa  bo’lib  hisoblanadi. 

Kantserogen  ta’sirli  kimyoviy  birikmalar  uchun  foydalaniladigan  asbob-

uskunalar to’liq germetik yopiq bo’lishi lozim. 

Kantserogen moddalarning ta’siriga chalinadigan shaxslar dispanserizatsiya va 

tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak. Keyinchalik rak kasalligiga o’tish mumkin 

bo’lgan  patologiyaning  surunkali  shaklari  bilan  og’rigan  shaxslarni  maxsus 

hisobga olib qo’yiladi. 

Sanitariya-texnik tadbirlar 

Sanitariya-texnik  profilaktik  tadbirlar  tizimi  zararli  ishlab  chiqarish  omillari 

noxush ta’sir ko’rsatishining oldini olishga imkon beradi. 

Sanoat ventilyatsiyasi qator ishlab chiqarishlar va ba’zi texnologik jarayonlar 

uchun  ahamiyatli  bosqichdagi  choralar  bo’lib  qoladi  va  ko’pincha  ishlab 

chiqarish muhiti noxush omillari bilan kurashishda bosh o’rinni o’ynaydi. 

Ventilyatsiya  tabiiy  va  sun’iy,  ta’sir  ko’rsatishi  bo’yicha  –  mahalliy  va 

umumiy bo’lishi mumkin. 

Tabiiy ventilyatsiya. Tabiiy ventilyatsiya asosida sex ichi va undan tashqarida 

havo  harorati  va  bosimining  turlicha  bo’lishi  yotadi.

 

Issiq  sexlar  havosi  yuqori 



haroratga  va  kam  nisbiy  zichlikka  ega.  Iliq  havo  yuqoriga  intiladi.

 

Sexda 



havoning  tabiiy  harakatlanishiga  tashqi  havoning  harakati  ta’sir  etadi  (shamol 

bosimi).


 

Qurilmadagi  nozichliklar,  deraza  va  eshik  o’rinlari  orqali  kirish  bilan 

havo binoda soatiga 1 dan 1,5 martagacha almashinadi. Tabiiyki, ishlab chiqarish 

sanoatida havoning bunday almashinishi yetarli emas. 




 

387 


 

Issiq  sexlarda  qizigan  havoni  tortib  olishni  kuchaytirish  maqsadida  tabiiy 

boshqariladigan  ventilyatsiya  –  aeratsiyadan  foydalaniladi.

 

U  katta  ishlab 



chiqarish binolarida havoning ko’p marta almashinishini ta’minlaydi.

 

Issiq sexlar 



ko’pincha balandligi 5-10m dan kam bo’lmagan alohida binolarga joylashtiriladi

 

Devorlarga  derazalar  turli  bosqichda  ikki  qator  qilib  o’rnatiladi.  Derazalar 



avtomatik tarzda ochiladi va yopiladi.

 

Yoz mavsumida pastki qatordagi, qishda – 



faqat  yuqori  qatordagi  derazalar  ochiladi.  Bu  ish  o’rinlari  yaqinida  havoning 

sovib ketishini oldini oladi. 

Yilning iliq kunlarida havo oqimi pastki qator orqali amalga oshiriladi.

 

Qishda 



shamolga  teskari  derazalarning  yuqori  qatori,  yozda  -  shamol  tomonga  qaragan 

derazalar, shamol yo’qligida – ikkala tomondagi derazalar ochiladi. Tashqi havo 

bevosita  ishchi  zonaga tushadi, qizigan havo  esa  binoning  eng  yuqori qismidagi 

teshik  orqali  chiqib  ketadi.

 

Aeratsiyalangan  binolarda  qizigan  va  ifloslangan 



havoni  chiqarib  tashlash  uchun  devorlarning  yuqori  qismida  fonarlar  qurilmasi, 

hamda  tortib  oluvchi  kanallarda  tortib  oluvchi  shahtalar  qurilmasi  inobatga 

olinadi. 

Aeratsiya  haroratni  pasaytirishning  kuchli  vositasi  bo’lib  hisoblanadi. 

Aeratsiya  yordamida,  mexanik  ventilyatsiyada  imkoni  bo’lmagan,  juda  katta 

hajmdagi havo almashinishini amalga oshirish mumkin   



 

Mexanik ventilyatsiya. Sun’iy ventilyatsiyani o’rnatish va ekspluatatsiya qilish 

ancha  sarf-harajatlarni  talab  qiladi.

   


Mexanik  ventilyatsiya  havo  oqimiga  ishlov 

berish  imkonini  beradi  (namlash,  ilitish,  mexanik  aralashmalardan  tozalash  va 

boshqalar).

 

Mexanik ventilyatsiya



tortib oluvchi va

 

tortib oluvchi-so’rib oluvchi



 

bo’lishi mumkin. 

Tortib oluvchi

 

mexanik ventilyatsiyaning vazifasi



 

– ishlab chiqarish binolariga 

havo  uzatish.

 

Bunda  havo  sexning  butun  binosi  bo’yicha  tarqalishi  mumkin



 

(umumiy  tortib  oluvchi

 

ventilyatsiya).



 

Tortib  oluvchi

 

mexanik  ventilyatsiya 



ishlovchilarning  mehnat  sharoitini  ahamiyatli  bosqichda  yaxshilashga  imkon 

beradi


 

(erituvchilar,  gazlarning  bug’larini  ruxsat  etilgan  kontsentratsiyagacha 



 


 

388 


 

suyultirish,  ortiqcha  issiqlikni  yutish,  namlikni  pasaytirish  va  boshqalar).

 

Havo, 


qoidaga  ko’ra,  ish  zonasiga  yuboriladi.  Alohida  holatlarda

 

tortib  oluvchi



 

ventilyatsiya havo bilan isitish tizimi kabi bir vaqtda foydalaniladi. 

Mexanik  ventilyatsiya  havoning  mahalliy  quyilishi  ko’rinishida  ishlab 

chiqarish  mikroiqlimni  binoning  lokal  uchastkasi  yoki  ish  joyida  ahamiyatli 

bosqichda yaxshilashga imkon beradi.

 

Bu ayniqsa issiq sexlarda juda muhim.



 

Ish joyiga yo’naltirilgan havo oqimi havo harorati va tana yuzasidagi tafovut 

va  havo  harakati  tezligining  yuqoriligi  sabab  issiqlik  berish  uchun  yaxshi 

sharoitlar  yaratadi.

 

Maxsus  moslama  orqali  yuboriladigan  havo  chiqish  joyidan 



uzoqlashgan sari kengayib boruvchi havo fakelini («havo dushi») hosil qiladi. 

Havoni,  ishlab  chiqarish  binosining  ham  markazida  va  hamda  perimetrii 

bo’ylab, yuqori, o’rta yoki past zonasiga joylashtirilgan bir yoki bir necha havo 

o’tuvchilar  orqali  yuborish  mumkin.  Masalan,  agar  sexda  chang  bo’lsa,  havoni 

yuqoriga  zonaga  yuborish  maqsadga  muvofiq,  bu  ikkilamchi  changlanishni 

bartaraf qiladi. 

Tortib  oluvchi  mexanik  ventilyatsiya  mahalliy  va  umumiy  bo’lishi  mumkin. 

Mahalliy  tortib  oluvchi  ventilyatsiya  issiqlik  va  namlik,  chang,  gazlar  va 

boshqalar  bilan  kurashish  maqsadida  qo’llaniladi.  Vazifasiga  ko’ra  mahalliy 

tortib  oluvchi  ventilyatsiya  u  yoki  bu  konstruktiv  xususiyatlarga  ega  bo’lishi 

mumkin. 

Chang bilan kurashish uchun mahalliy tortib oluvchi ventilyatsiya priemniklari, 

uning  hosil  bo’lish  joyiga  maksimal  bosqichda  yaqinlashtirilgan  bo’lishi  lozim, 

buning  uchun  kesuvchi  va 

shlifovka  qiluvchi  xalqalar 

atrofiga  kojuxlar  o’rnatiladi. 

Tortib 

oluvchi 


shkaflar 

samarali  bo’lib,  ularda  havo 

aspiratsiyasi 

amalga 


oshiriladi. 

Binoning 




 

389 


 

bo’linishi strelkalar bilan shartli ravishda ko’rsatilgan (7.2.7-rasm) 

7.2.7-rasm. Quyish sexida havo dushi.  

Retsirkulyatsiya  va  konditsionerlash  (binolarda  sun’iy  iqlim  hosil  qilish) 

mexanik  ventilyatsiyaga  kiradi.  Retsirkulyatsiya  -  mexanik  ventilyatsiyaning  bir 

turi  bo’lib,  issiqlikni  iqtisod  qilish  maqsadida  qisman  chiqarib  tashlanayotgan 

havo  qo’shiladi.  Konditsionerlash  –  ishlab  chiqarish  binolarida  berilgan 

parametrlar  bilan  havo  muhitini  yaratish;  havoning  tozaligi  va  boshqa 

harakteristikalariga talab yuqori bo’lganida foydalaniladi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish