1
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
F.I.Salomova
Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash”
Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”
“GIGIYENA. TIBBIY EKOLOGIYA” darsligi
Toshkent-2018
2
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti
Mualliflar:
Salomova F.I. –TTA atrof muhit gigiyenasi kafedrasi
mudiri, t.f.d., dotsent
Iskandarova Sh.T.–
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti
Jamoat salomatligi, sog’liqni saqlashni tashkil qilish va
boshqarish kafedrasi mudiri, professor
TTA
Atrof
muhit
gigiyenasi
kafedrasi
dotsentlari:
Abdukadirova L.K., Sadullayeva X.A., Axmadaliyeva N.O.,
Sharipova S.A., ToshPTI JSSSTvaB kafedrasi dotsenti
Xasanova M.
Taqrizchilar:
Zaredinov D.A.– Toshkent vrachlar malakasini oshirish
instituti Gigiyena kafedrasi mudiri, t.f.d., professor
Ermatov N.J. – TTA Bolalar, o’smirlar va ovqatlanish
gigiyenasi
kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent
3
O’quv adabiyotida atrof muhit omillarining inson organizmiga ta’sir
xususiyatlarini o’rganish, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq
yashash, mehnat qilish, dam olish va davolanish masalalari bo’yicha muhim
ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bo’lajak shifokorda gigiyenaga doir bilimlarga
asoslangan holda aholi o’rtasida sanitar bilimdonlikni oshirishga, sog’lom turmush
tarzini targ’ib qilishga hamda kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni
bajarishga doir tushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. O’quv adabiyoti oliy
tibbiy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, adabiyot 5510300
– Tibbiy profilaktika ishi, 5510100 – Davolash ishi, 5111000–Kasb ta’limi,
5510200 - Pediatriya ishi 5510900 – Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishlarining
Davlat ta’lim standarti, o’quv reja va fan dasturlari asosida tayyorlangan.
Mualliflar o’quv adabiyoti bo’yicha bildirilgan barcha fikr va mulohazalarni
mamnuniyat bilan qabul qiladi.
4
K I R I Sh
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida tibbiy
ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarorlari oliy ta’lim, jumladan tibbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va
kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib: har bir oliy ta’lim
muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik
aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or
pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng
joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka
oshirish kurslariga horijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali
o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda
respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy
xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor-o’qituvchilarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil qilish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va
saviyasini uzluksiz yuksaltirish, horijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini
oshirish va stajirovkasini o’tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va
magistratura dasturlari bo’yicha o’qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta
tayyorlash va malaka oshirish markazlari o’quv jarayonlariga yuqori malakali
horijiy olimlar, o’qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish, ta’lim jarayoniga
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish va boshqa
vazifalar belgilangan.
O’zRning “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi
Qonuni hamda O’zR VMning “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati
faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlanish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi Qaroriga asosan
5
-
respublikada sanitariya-epidemiologik ahvol va radiatsiya holati monitoringini
olib borish, kelgusida aholi sog’lig’ini mustahkamlashga, yashash muhiti
omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq,
oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suv ta’minoti manbalari ifloslanishining
oldini olishga qaratilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va
tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-
eng avvalo, o’ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularning o’choqlarini
bartaraf etish va tarqalib ketishining oldini olishga yo’naltirilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan
himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
-
binolar va inshootlarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash,
gidrotexnika inshootlari tizimlarini va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish,
qurish, rekonstruktsiya qilishda, xom ashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat
mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish
manbalari, kimyoviy moddalar, biologiya vositalari, tibbiy va immunobiologik
preparatlarni ishlab chiqarish va qo’llashda sanitariya normalari, qoidalariga va
gigiyena normativlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash;
-
aholi punktlari va hududlarni saqlash, sanoat, qishloq xo’jaligi va xo’jalik-
maishiy chiqindilarni, shu jumladan radioaktiv va zararli moddalarni to’plash,
saqlash, tashish va utilizatsiya qilish ustidan zarur sanitariya-epidemiologik
nazoratni ta’minlash;
-
avariyali vaziyatlarni tugatishda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi
tadbirlarni amalga oshirish, manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli
bo’linmalarini jalb etgan holda yuqumli va parazitar kasalliklarni aniqlash;
-
oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya normalari va qoidalariga rioya
qilinishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida xotirjamlikni
ta’minlash bo’yicha aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil
etish gigiyenaning eng muhim yo’nalishlari etib belgilangan.
6
Hozirgi kunda respublikamizda sanitar-gigiyenik, epidemiologik va radiatsion
xavfsizlik barqaror bo’lib boshqa davlatlardan o’ta xavfli yuqumli kasalliklarning
kirib kelishiga yo’l qo’yilmayapti hamda O’zbekistonda istiqomat qilib kelayotgan
32,5 milliondan ortiq aholining sanitar-gigiyenik va epidemiologik barqarorligini
yuqori darajada ta’minlangan.
Qo’lingizdagi o’quv adabiyoti bo’lajak shifokorlarda gigiyenaga doir
dastlabki bilimlarga asoslangan holda aholi o’rtasida sanitar bilimdonlikni oshirish
bo’yicha tadbirlarni bajarish, atrof muhit omillarini inobatga olib, aholi o’rtasida
sog’lom turmush tarzi tushunchalarini shakllantirishga hamda kasalliklarni oldini
olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga doir tushunchalarni shakllantirishga
yo’naltirilgan. Mualliflar o’quv adabiyoti bo’yicha bildirilgan barcha fikr va
mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |