Kommunal gigiyena fanining asosiy maqsadlari - uning alohida bo’lgan
(quyida sanalgan) 6 ta bo’limida berilgan:
1. Suv va ichimlik-xo’jalik suv ta’minoti gigiyenasi. Mazkur bo’limda
ichimlik suvining sifati, tozalash qurilmalarini joylashtirish va ishlatish, aholini
sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlarga qo’yiladigan gigiyenik talablar
o’rganiladi.
2. Suv ob’ektlarini sanitariya muhofazalash gigiyenasi. Ushbu bo’limda suv
havzalari suvlarining sifati masalalari, ularni ichimlik-xo’jalik suvi manbasi
sifatida ishlatish mumkinligi, hamda suv havzalari suvining sifatini turg’un saqlash
maqsadida chiqindi-oqava suvlarini tushirilishiga qo’yiladigan gigiyenik talablar
o’rganiladi.
3. Tuproqning sanitariya himoyasi va aholi turar joylarini sanitariya tozalash
gigiyenasi. Bu bo’limda tuproqni kimyoviy va biologik moddalar bilan ifloslanish
shart-sharoitlari o’rganiladi. Ifloslantiruvchilarni tuproq orqali yer osti suvlarga,
atmosfera havosiga, o’simliklarga o’tib inson salomatligiga va turmush sharoitiga
ta’sir ko’rsatishi o’raganiladi. Bo’limda yana suyuq chiqindilardan sanitariya
tozalashga qo’yiladigan gigiyenik talablar ham o’rganiladi.
4. Atmosfera havosini sanitariya muhofazalash gigiyenasi. Bu bo’limda
atmosfera havosini ifloslanishining qanday darajasi aholi salomatligiga zararsiz
ekanligi, aholi turmushining sanitariya-maishiy sharoitlarni buzmaydigan holati,
aholi turar joylari havosi tarkibida ifloslantiruvchilarning gigiyenik me’yoridan
oshib ketish darajasini vujudga kelishini oldini olish maqsadida atmosfera havosini
ifloslantiruvchi manbalarni joylashtirishga va ishlatilishiga qo’yiladigan gigiyenik
talablar o’rganiladi.
5. Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilaktika
muassasalari gigiyenasi. Bunda turar joy binolari ichki omillarining inson uchun
optimal darajasi (havo harakati, nisbiy namlik, havo harorati, xonaning radiatsion
10
rejimi), davolash profilaktik muassasalarini loyihalashtirish, obodonlashtirish va
jihozlanishiga qo’yiladigan talablar, madaniy-maishiy muassasalarni (hammom,
kirxona, sartaroshxona, kinoteatr, teatr, sirk va boshqalarni) loyihalashtirish,
obodonlashtirish va jihozlanishiga qo’yiladigan talablar, sport inshoatlarini (suzish
havzalari, sport komplekslari va zallari) loyihalashtirish, obodonlashtirish va
jihozlanishiga qo’yiladigan talablar qaraladi.
6. Aholi turar joylarini loyihalashtirish (rejalashtirish, joylashtirish) gigiyenasi
bu bo’limda aholi turar joylarini rejalashtirishda tabiiy-iqlim sharoitlarining
ahamiyati va ularni rejalashtirishda hisobga olish, aholi turar joylari hududlarida
seliteb mintaqani rejalashtirish va qurilishga qo’yiladigan gigiyenik talablar,
qishloq aholisi, turar joylarini rejalashtirishni o’ziga xos tomonlari o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |