Gigiyena fanining rivojlanish tarixi.
Gigiyena fani juda uzoq va serqirrali rivojlanish yo’lini bosib o’tgan.
Qadimgi va o’rta asrlarda gigiyena shaxsiy gigiyenaga doir ayrim elementlar
haqidagi qoidalarga ega bo’lgan bo’lib, u asosan turmush tajribalariga asoslangan
holda yuzaga kelgan, ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan biron-bir gigiyenik tadbirlar
umuman bo’lgan emas. Gigiyenik bilimlarga doir barcha elementlar faqatgina
shaxsiy gigiyenagagina taalluqli bo’lgan bo’lib, badan tozaligi, turar-joylarning
orastaligiga oid qoida kodekslariga amal qilish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish va
badanni chiniqtiruvchi muolajalarni bajarish kabilarga qaratilgan.
Feodalizmning rivojlanish davrida Yevropada barcha fanlarning inqirozga
yuz tutganligini guvohi bo’lamiz. O’rta asrlardagi diniy aqidalar gigiyenaga doir
qoidalar va ko’nikmalardan voz kechishga olib kelgan, natijada Yevropa bo’ylab
o’lat, vabo, moxov, sifilis kabi dahshatli kasalliklar xukmron bo’lgan.
Bu davrda gigiyenaning gurkirab rivojlanishiga Sharqdagi xalqlar o’rtasida
faoliyat ko’rsatgan olimlar, tabiblar va arboblar o’z hissalarini qo’shganlar.
Gigiyena fanining rivojlanishiga X-XI asrlarda yashab ijod etgan yirik mutafakkir
olim Abu Ali ibn Sino o’zining "Tib qonunlari" risolasida turar-joy gigiyenasi,
kiyim-bosh gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalarni gigiyenik tarbiyalash
masalalariga katta e’tibor qaratgan bo’lib, bu bilimlar hozirgi kunda ham o’z
mavqeini yo`qotgan emas.
Feodalizm davrining oxirlariga kelib ya’ni
manufaktura davrida
korxonalarning rivojlanishi kuzatildi, natijada ishlab chiqarish muhitiga doir
muammolar vujudga kelib, bunday sharoitda mehnat qiladiganlar organizmiga
nomuvofiq omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kasb kasalliklariga
e’tiborni qaratmaslik mumkin emasligini isbotladi. Bunday holat sanoat
gigiyenasining rivojlanishiga turtki bo’lgan. Shunday qilib, ishchi jamoalarining
17
paydo bo’lishi bilan bir qatorda davlatlarni mudofaasi uchun xizmat ko’rsatadigan
doimiy armiyalarning faoliyati doirasidagi gigiyenik tadbirlarning ishlab chiqilishi
zaruriyati tug’ilgan, natijada gigiyena fani jamoat harakteriga ega bo’lgan fan
qatorida o’rin egallay boshlagan.
Rossiyada bu davrda turli toifadagi aholining yashash va mehnat qilish
sharoitlarini baholashda sanitar tavsifiy usul keng qo’llanila boshlagan. Aholining
jismoniy
rivojlanishini
ta’riflovchi, kasallanish holati va demografik
ko’rsatkichlarni ta’riflash bo’yicha batafsil kuzatishlar olib borilgan. Olib borilgan
kuzatishlar endi mamlakatda tub ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirish lozimligini
ko’rsatgan. Bundan tashqari atrof muhitning holatini tekshirish ishlari asosan suv,
havo, tuproq, turar-joy binolari, mehnat sharoitlarini sanitar baholash bo’yicha
tavsiyanomalar ishlab chiqish maqsadida va turli tabiatga ega bo’ladigan omillar
majmuasining zararli ta’sirlarini bartaraf qilish uchun zaruriy tadbirlar ishlab
chiqish lozimligini isbotladi. Bu vaqtda gigiyenik me’yorlashtirish masalalar hali
yo’lga qo’yilmagan edi. Rossiyada gigiyenaning maxsus fan sifatida shakllanishi
va mutaxassislarni o’qitish uchun predmet bo’lib qolishida M.Ya.Mudrov, A.P.
Dobroslavin, F.F.Erismanlarning xizmatlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga
XVIII va XIX asrlardagi klinitsist-vrachlar ham gigiyena faniga alohida e’tibor
qaratganlar.
N.I.Pirogovning aytgan so’zlariga e’tibor beraylik: "Men gigiyenaga
ishonaman. Kelajakdagi tibbiyot profilaktik yoki ogohlantiruvchi tibbiyotga
taalluqli bo’lib qoladi". O’sha davrdagi rus vrachlari jamiyatining raisi
S.P.Botkinning fikriga ko’ra "Sog’lomlashtirishga oid chuqur g’oya kundan kunga
e’tiborli bo’lib bormoqda, sog’lomlashtirish haqidagi fikr shaharlarimizning
kanalizatsiyasi, chiqindilarni assenizatsiyalash- zararli kasalliklarning tarqalishida
markaz ekanligi kundan kunga aniqlashib bormoqda".
Mashxurligi bilan tanilgan terapevt G.A.Zaharin 1873 yilda o’zining Moskva
Universitetida so’zlagan kirish nutqida shunday degan edi: "Ommaning xastaliklari
bilan g’olibona kurasha oluvchi fan faqat gigiyena bo’lishi mumkin. Shuning
18
uchun kasallik va uni davolash usullarini bilgandan ko’ra gigiyenik bilimlardan
voqif bo’lish hamma uchun zarurdir".
Gigiyena sohasida muntazam ravishda ilmiy tekshirishlarni olib borish
Rossiya universitetlari qoshidagi tibbiyot fakultetlaridagi gigiyena kafedralarining
ochilishi bilan bog’lanib ketadi.
Birinchi gigiyena kafedrasi A.P.Dobroslavin tomonidan Peterburgdagi
Harbiy tibbiy jarrohlik akademiyasida (1871y) ochilgan edi. A.P.Dobroslavin
Rossiyada birinchi bo’lib gigiyenani fan sifatida ro’yobga chiqarib, ilmiy
tajribalarga tayangan holda namoyon qildi. A.P.Dobroslavinning juda ko’p ilmiy
ishlari kommunal gigiyena masalalariga qaratilgan edi. Uning qalamiga "Gigiyena"
nomli 2 tomli qo’lyozma mansubdir.
1882 yilda gigiyena kafedrasi Moskva Universitetida ham tashkil etilgan.
Uning tashkilotchisi F.F.Erisman bo’lib, uning barcha mehnat faoliyati yuqori
darajadagi gigiyenik tekshirishlarga bag’ishlangan bo’lib, shu bilan bir qatorda
amaliy sanitariya sohasida tibbiy-jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etgan. U
Moskvada
Do'stlaringiz bilan baham: |