F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


birinchi   shahar  sanitariya  stantsiyasini  tashkil  etgan



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

birinchi

 

shahar  sanitariya  stantsiyasini  tashkil  etgan

  va  bu 

stantsiyada  laboratoriya  tekshirishlarini  keng  ko’lamda  yo’lga  qo’ygan  olim 

hisoblanadi.  F.F.Erisman  kommunal  gigiyena,  mehnat  gigiyenasi,  bolalar  va 

o’smirlar gigiyenasi sohasida malakali faoliyat ko’rsatgan. 

1885  yilga  kelib  Rossiyada  bir  nechta  gigiyena  kafedralari  faoliyat 

ko’rsatgan bo’lib, ularga A.P.Dobroslavin, F.F.Erisman, A.N.Yakobiy (Qozon sh.), 

I.P.Skvortsovlarni  (Harkov  sh.)  kiritish  mumkin.  V.Leventalning  (1887,  Parij) 

fikriga  ko’ra  Yevropadagi  davlatlar  ichida  faqatgina  Rossiyada  gigiyena  fani 

o’zining  ilmiyligi  bilan  boshqa  davlatlarnikidan  ajralib  turadi.  Rossiyadagi 

gigiyena ko’p ma’noda ijtimoiy gigiyena yo’nalishida ekanligi bilan farqlangan. 

Sobiq  SSSR  vaqtida  gigiyenaning  rivojlanishiiga  o’zlarining  ulkan 

hissalarini  qo’shganlar  qatoriga  juda  ko’p  gigiyenik  tekshirish  usullarini  ishlab 

chiqqan,  kommunal  gigiyena,  ovqatlanish  gigiyenasi,  maktab  gigiyenasi 

masalalariga  e’tibor qaratgan  olim  G.V.Xlopin hisoblanadi.  Undan tashqari  SSSR 




 

19 


 

sog’liqni  saqlash  tizimini  boshlab  bergan  tashkilotchilar  N.A.Semashko, 

Z.P.Solovev;  kommunal  gigiyena  sohasida  taniqli  bo’lgan  olimlar  A.N.Sisin, 

Z.G.Frenkel,  A.N.Marzeev,  V.A.Ryazanov;  mehnat  gigiyenasining  rivojlanishiga 

hissa  qo’shganlardan  S.I.Kaplun,  V.A.Levitskiy,  A.A.Letavet,  V.A.Vigdorchik, 

E.M.Kagan,  V.K.Navrotskiy;  ovqatlanish  gigiyenasi  sohasida  M.N.Shaternikova, 

I.P.Razenkova,  O.P.Molchanova,  A.P.Palladin,  K.S.Petrovskiy,  A.A.Pokrovskiy 

faoliyat ko’rsatganlar.  

1922  yilda  Ittifoq  miqyosida  sanitariya  xizmati  tashkil  etilgan  bo’lib, 

ogohlantiruvchi  va  joriy  sanitariya  nazoratini  amalga  oshirgan.  Sanitariya 

organlarining  faoliyatlari  o’zining  qonuniy  asoslariga  ega  bo’lib,  "SSSR  va 

Ittifoqdosh  Respublikalar  sog’liqni  saqlash  tizimi  haqidagi  qonunlarning  asoslari" 

hujjatida o’z aksini topgan, hamda tegishli organlar tomonidan "Sanitariya qoidalar 

va me’yorlari", Davlat Standartlari va tegishli instruktsiyalar tasdiqlangan. 

Bizning  mustaqil  Respublikamizda  gigiyena  fanining  taraqqiyoti  Toshkent 

Davlat  Tibbiyot  instituti  tarkibida  tashkil  topgan  gigiyena  kafedralarining 

faoliyatlari bilan chambarchas bog’lanib ketgandir. 

O’zbekistondagi  tibbiy  institutlarining  barcha  gigiyenik  kafedralarini  asosi 

bo’lib,  1920  yilda  tashkil  topgan  O’rta  Osiyo  Davlat  Universiteti  qoshida  tashkil 

etilgan  umumiy  gigiyena  yoki  ilgarigi  nomi  "Eksperimental  gigiyena"  kafedrasi 

hisoblanadi. 

O’sha davrdagi birinchi kafedra mudiri doktor Pinegin Grigoriy Nikolaevich 

bo’lgan.  G.N.  Pinegin  sanitariyaga  doir  masalalarning  amaliy  qo’llanishini  chet 

davlatlardan  o’rganib  qaytganligi  sababli,  u  shu  usullar  va  tajribalarni  bizning 

institutimizda  ham  qo’llagan  (Pinegin  Ye.N.  1906-1910  yillarda  AQShda,  1910-

1912  yillarda  Angliyada  bo’lgan).  U  chet  davlatlardagi  aholiga  suv  tarqatish 

tarmoqlari,  chiqindi  suvlarni  tozalash,  qattiq  chiqindilarni  yoqish  kabi  usullarni 

o’zimizda  tadbiq  qilinishiga  sababchi  bo’lgan  olimdir.  London  Universitetida 

vrachlarga  o’qiladigan  ma’ruzalar  kursini  to’liq  tinglagan.  Kafedrada  va 

amaliyotda  sanitar-texnik  tekshirish  usullarining  keng  ko’lamda  joriy  qilinishi 




 

20 


 

o’sha  chet  davlatlardagi  o’rganilgan  usullarni  o’zimizda  qo’llanishi  bilan 

bog’liqdir.  Bu  davrda  G.N.Pineginning  rahbarligida  Tixomirov  Maksimilian 

Petrovich  (Turkiston  Harbiy  okrugining  harbiy-sanitar  inspektori),  Robinzon 

Vladimir  Nikolaevich  (farmatsiya  magistri)  va  Pinegina  Avgusta  Yakovlevnalar 

ham faoliyat ko’rsatganlar. 

G.N.Pinegindan  so’ng  kafedraning  rahbarligi  Bautin  Semen  Dmitrievich 

(1930)  ga  topshirilgan  bo’lib,  u  Saratov  universitetida  faoliyat  ko’rsatar  edi. 

S.D.Bautin  kafedraning  ilmiy  ishlariga  ijtimoiy-gigiyenik  yo’nalishni  kiritgan, 

jumladan u Respublikamizdagi ayrim qishloq va viloyatlar aholi yashash joylariga 

ilmiy  ekspeditsiyalar  uyushtirgan  va  Samarqand  viloyati  hududida  bo’lgan 

Zirabuloq  stantsiyasi  atrofidagi  aholining  yashash  va  turmush  sharoitlarini 

o’rganib,  olingan  natijalar  asosida  24  ta  ilmiy  maqolalar  chop  ettirgan.  Shu 

davrning o’zida kafedrada A.V.Georgievskiy ham faoliyat ko’rsatgan, keyinchalik 

u  professorlik  lavozimida  Toshkent  Davlat  tibbiyot  institutining  epidemiologiya 

kafedrasiga rahbarlik qilgan. 

1927  yildan  boshlab  kafedraga  proffessor  Petrova  Mariya  Anatolevna 

rahbarlik  qilgan;  bu  davrda  uning  rahbarligida  kafedraning  ilmiy  ishlariga  doir 

faoliyati  ancha  jadallashtirilgan,  jumladan  ijtimoiy  sohasidagi  ilmiy  ishlar  avj 

oldirilgan.  Bu  davrda  shu  yo’nalish  gigiyenaning  ijtimoiy  gigiyena  fani  bilan 

mujassamlashtirilganligidan dalolat beradi. 

Ulug’  Vatan  urushi  yillarida  ko’pgina  markaziy  shaharlardagi  ilmiy 

tekshirish va o’qitish institutlaridagi olimlarni mamlakat ichkarisiga, xususan O’rta 

Osiyo  davlatlariga  evakuatsiya  qilinganligi  sababli,  ToshDavTI  umumiy  gigiyena 

kafedrasiga  mudirlik  qilishni  Leningraddan  kelgan  proffessor  Moiseev  Solomon 

Vladimirovich  zimmasiga  yuklatilgan.  U  1941-1944  yillar  davomidagi  rahbarligi 

davomida 

kafedradagi 

ilmiy 

yo’nalish  yana  sanitar-texnik  ko’rinishga 



qaratilganligi  bilan  farqlanadi.  1944  yilda  prof.  S.V.Moiseev  Toshkentdan  jo’nab 

ketgandan  so’ng,  kafedraga  mudirlik  lavozimi  t.f.n.,  dots.  Bobojonov  S.N. 

zimmasiga  yuklatilgan.  S.N.Bobojonov  keyinchalik  doktorlik  dissertatsiyasini 



 

21 


 

himoya  qilgan  va  professorlik  unvoniga  erishgan.  Prof.S.N.Bobojonov  kafedraga 

20 yildan ortiq mudirlik qilgan va keyingi yillarda kommunal gigiyena kafedrasiga 

mudirlik qilishga o’tkazilgan. 

1967-1977  yillar  davomida  umumiy  gigiyena  kafedrasiga  mudirlik  qilish 

O’zSSR  va  QQASSR  da  xizmat  ko’rsatgan  fan  va  texnika  arbobi,  SSSR  Fanlari 

Akademiyasining  muxbir  a’zosi,  tibbiyot  fanlari  doktori,  prof.  A.Z.Zoxidov 

zimmasiga  yuklatilgan.  U  1945-1949  yillar  davomida  shu  kafedrada  dotsentlik 

lavozimida  faoliyat  ko’rsatgan  edi.  A.Z.Zoxidovning  kafedraga  rahbarlik  qilgan 

yillari  kafedraning  ilmiy  ishlaridagi  faoliyati  eng  samarali  bo’lganligini  aytish 

lozim.  Olim  tomonidan  atrof  muhitning  tibbiyotga  oid  tomonlari  bo’yicha  ilmiy 

tekshirish  ishlarining  maxsus  maktabi  shakllantirilgan  edi.  Bu  yo’nalish  gigiyena 

sohasidagi eng zamonaviy va dolzarb yo’nalishlardan biridir. 

1977  yildan  boshlab  kafedraga  mudirlik  qilish  prof.  N.S.Tojiboevaga 

topshirilgan.  1990  yilda  ToshDavTI  ikki  tarkibiy  qismga  bo’lingandan  so’ng 

Ikkinchi  Toshkent  Davlat  tibbiyot  instituti  qoshidagi  umumiy  va  radiatsion 

gigiyena  kafedrasiga  mudirlik  qilish  prof.  L.A.Ponomarevaga  yuklatilgan. 

2012 


yildan  hozirga  davrgacha  kafedraga  tibbiyot  fanlari  doktori,  dotsent  F.I.Salomova 

mudirlik qilmoqda.  

Hozirgi  kungacha  O’zbekistonda  mavjud  bo’lgan  sanitariya  nazoratining 

tarkibi  saqlanib  qolmoqda,  ammo  bugungi  kundagi  tez  o’zgarib  turuvchi  turmush 

sharoitlarida  respublikamizdagi  barcha  sanitariya-epidemiologiya  xizmatini  qayta 

qurish  mumkinligi  ehtimoldan  holi  emas  va  bunday  qayta  qurish  kontseptsiyasi 

yuzaga  keldi  deb  aytish  mumkin.  Masalan,  O’zR  SSV-gi  qoshidagi  Bosh  Davlat 

sanitariya-epidemiologiya 

boshqarmasi, 

Respublika 

Davlat 

sanitariya-

epidemiologiya  nazorati  Markazi,  viloyatlar,  shaharlar  va  tumanlarning  Davlat 

sanitariya-epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi. 

Shunga  qaramasdan,  har  qanday  holatda  ham  sanitariya-epidemiologiya 

xizmatining  asosida  sog’liqni  saqlash  tizimidagi  davolash  va  profilaktik 

yo’nalishlarning birligi qolishi muqarrar. Bu degani, har qanday sohadagi shifokor 



 

22 


 

vrach  uchun  gigiyenik  bilimlar  kasallikni  oldini  olishning  asosi  ekanligi  va  uning 

kasbga doir tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo’lib qolmog’i 

kerak. 



Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish