7
I-BOB
ZAMONAVIY GIGIYENA, TIBBIY EKOLOGIYA VA ULARNING
TIBBIYOTDAGI O’RNI
1.1. Gigiyena fani, uning maqsadi va vazifalari.
Gigiyena fani - mustaqil fan bo’lib, odam organizmiga atrof muhitdagi
omillarning ta’sirini o’rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq
yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-
joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun
gigiyena o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
-Atrof muhit omillarini o’rganish va ularni odam organizmiga ta’sir etish
xususiyatlarni aniqlash;
-Olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo’lgan va uzoq
muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko’rsatmaydigan gigiyenik
me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish;
-Ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning
bajarilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: