Radiatsion gigiyena bo’limi
Radiatsion gigiyena bu
— ionlantiruvchi nur manbalarini inson organizmiga
ta’sir qilishining shart-sharoitlari va oqibatlarini o’rganuvchi va ularning organizmga
salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiquvchi fan. Bu
fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
- xalq xo’jaligida INM turlari va foydalanish sharoitlarini o’rganish;
- nurlantirish turi, dozasi, nurlantirish vaqti va boshqa radiologik xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda nurlanishning salbiy ta’sir qilish ehtimolini aniqlash;
- sanitariya qoidalari va radiatsion xavfsizlik me’yorlarini ishlab chiqish;
- sanitariya qoidalari va radiatsiya xavfsizligini insonlarning amaliy faoliyatiga
tadbiq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |