F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Shaxsiy himoya vositalari 

Agar  ishlab  chiqarishning  zararliligini  bartarf  qilish  yoki  ularning  ta’sirini 

kuchsizlantirishning imkoni bo’lmasa, profilaktikaning palliativ usuliga kiruvchi 

umumiy  profilaktik  tadbirlarga  qo’shimcha  ravishda  shaxsiy  himoya 

vositalaridan foydalaniladi. 

Shaxsiy  himoya  vositalari  protivogazlar,  respiratorlar,  himoya  ko’zoynaqlari, 




 

391 


 

antifonlar,  maxsus  kiyimlar  va  maxsus  poyafzalni  o’z  ichiga  oladi.  Nafas 

a’zolarini himoya qilishda gazniqob (protivogaz) lardan keng foydalaniladi, ular 

avariya  holatlari,  ifloslangan  apparaturalarni  tozalash  va  remont  qilishda, 

rezervuarlar ichida, sisterna, quduqlarda, lyuklarda va b. ishlashda gazlar, parlar 

va  aerozollar  bilan  o’tkir  ingalyatsion  zaharlanishning  ishonchli  tarzda  oldini 

oladi.  Vazifasi  va  printsipial  qurilmasiga  ko’ra  protivogazlar  filtrlovchi  va 

izolyatsiyalovchi (shlangali) turilariga bo’linadi. 

Filtrlovchi

 

protivogazlar  havoda  bo’lgan  zaharli  moddalarni  filtr  yordamida 



tutish mumkin bo’lganda qo’llaniladi.

 

Shlangali  protivogazlar  nafas  a’zolarini  ishlab  chiqarish  atmosferasidan 



izolyatsiyalaydi  (rasm  8).  Ularga  havo  «toza  zona»dan  uzatiladi.  Shlanganing 

uzunligi  15-18  m  dan  oshmasligi  lozim.

 

Izolyatsiyalovchi



 

protivogazlar  nafas 

olinayotgan  havoda  kislorod  miqdori  16%  dan  kam  bo’lganida  yoki  havodagi 

zararli  moddalar  kontsentratsiyasi 

o’ta  yuqori  va  filtratsiya  yo’li  bilan 

zararsiz  qiymatini  pasaytirishning 

imkoni bo’lmaganida qo’llaniladi. 

Zararli 


havo 

muhitida 

ishlovchilarning  nafas  a’zolarining 

muloqotda  bo’lishini  to’liq  inkor 

qiluvchi  ballonlarda  siqilgan  havo 

zahirasi  bo’lgan  kislorodli  priborlar 

ham  izolyatsiyalovchi  vositalarga 

kiradi. 


7.2.8-rasm. Shlangali protivogazlar 

 

Sanoat 



protivogazlari 

nafas 


chiqaradigan 

klapani  bo’lgan  boshga  kiyiladigan  rezinali  yuz 

qismi,  filtrlovchi  korobka  yoki  uzun  shlangdan 

 



 

392 


 

iborat.  Filtrlovchi  protivogazning  korobkasi  sorbentlar  bilan  to’ldirilgan,  ular 

filtrlanayotgan havodagi zaharli parlar va gazlarni yutadi (7.2.8-rasm). 

Protivogazlar faqat nafas olish uchun yetarli miqdorda kislorod (18% dan kam 

emas)  bo’lganida  himoya  xossalarini  saqlab  qoladi  va  ma’lum  bir  zaharli 

birikmalar uchun mo’ljallangan.

  

7.2.9-rasm. Changga qarshi respiratorlar 



Agar toksik moddalarning faqat nafas a’zolari orqali kirish xavfi bo’lsa (simob 

parlari)  izolyatsiyalovchi  protivogazlar  o’rnini  maxsus  universal  respiratorlar, 

masalan,  RPG-67  respiratori,  universal  gaz-changdan  himoya  qiluvchi  RU-60M 

respiratori va b. bajarishi mumkin. 

Changga  qarshi  respiratorlar  yuz  va  filtrlovchi  qismdan  iborat  (7.2.9-rasm). 

Nafas bilan olingan havoni tozalash uchun filtr sifatida paxta, jun, shoyi, teshikli 

karton, yumshoq qog’oz, sintetik matolar va b. qo’llaniladi. 

So’nggi yillarda sanoatda dokaning ikki qavati orasiga joylashtiriladigan maxsus 

matodan (yupqa tolali sintetik material) tayyorlangan, umumiy maydoni 250 sm

2

 



bo’lgan  changga  qarshi  respirator  -  povyazka  ShB-1  («Lepestok»)  keng 

qo’llanilmoqda. 

Nafas  olishga  minimal  qarshilik  ko’rsatadigan  (2-4  mm  suv  ust.)  va  respirator 

massasi  10  g  atrofida  bo’lganida  ShB-1  effektivligi  100%  ga  yaqin  bo’ladi. 

Hozirgi  vaqtda  zaharsiz  changlardan  himoya  qilish  uchun  qator  respiratorlar 

ishlab chiqarilmoqda: PRB-5, RPP-57, F-62, PRSh-2-59, «Astra-2». 

Himoya  ko’zoynaqlari  ko’ruv  a’zolarini  chang,  singan  parchalar,  zaharli 

moddalar va erigan metalllarning sachrashi, infraqizil va ultra  binafsha nurladan 

saqlaydi.

 

Himoya  ko’zoynaqlari  ko’ruv maydonini chegaralamasligi,  shishaning 



sekin  terlashini  ta’minlashi,  yuz  terisiga  yaxshi  yopishib  turishi,  yetarlicha 

mustahkam bo’lishi, hamda ko’zoynaqlar yengil bo’lishi lozim.

 

Ko’zlarni  mexanik  jarohatlanishdan  himoya  qilish  uchun  to’rli  ko’zoynaqlar 



yoki «tripleks» turidagi ko’zoynaqlarni qo’llash mumkin. 

Radiolokatsion  stantsiyalarda  SVCh-nurlanish  bilan  ishlash  uchun  latun  to’ri 

 



 

393 


 

yoki metali shishadan tayyorlangan

  

himoya ko’zoynaqlari qo’llaniladi.



 

Changga  qarshi  ko’zoynaqlarga  haydovchilar  va  qishloq  xo’jaligi 

ko’zoynaqlari,  hamda  avariyaviy  ko’zoynaqlar  (germetik  «ko’zoynaqlar-

konservalar»)

 

kiradi,  ular  boshdan-oyoq  rezina  gardishga  ega  bo’lib,  ko’zlarni 



zaharli, o’tkir changdan, hamda parlar va gazlardan saqlaydi.

 

Maxsus kiyim va maxsus poyafzal ishlovchilarni noxush meteorologik omillar, 



namlik, chang, kislota, ishqorlardan himoya qilish uchun qo’llaniladi. Bu shaxsiy 

himoya vositalari ekspluatatsion va gigiyenik talablarga javob berishi lozim. 

Ishlab  chiqarish  jarayoni  va  mehnat  sharoiti  harakteriga  ko’ra  issiq  sexlarda, 

yuqori  changlik  sharoitida  ishlash  uchun  mo’ljallangan  maxsus  kiyimlar 

farqlanadi va b.

 

Maxsus kiyimlar turli matolardan tayyorlanadi, ular ham gigiyenik, va hamda 



maxsus talablarni qondiradi. Asosiy mato sifatida paxta, zig’ir, jun, shoyi, sun’iy 

tolalar (kapron, lavsan, xlorin, ortorlon va b.)

 

qo’llaniladi.



 

Erigan  metallning  sachrashidan  himoya  qilish  uchun  zig’ir,  brezent  va  jun 

matolari,  kislota  va  ishqorlardan  –  rezinali  polivinilxloridli  matolar;  mineral 

yog’lar  va  organik  erituvchilar  ta’siridan  –  maxsus  moyga  chidamli  mato, 

changdan  -  moleskin  turidagi  ip  gazlamadan  foydalaniladi.

 

Issiq  sexlarda 



ishlashda  infraqizil  nurlardan  himoya  qilish  uchun  bir  necha  qavatli  maxsus 

kiyim  tavsiya  etiladi:  tashqi  qavati  -  zig’irdan,  o’rta  qavati  –  jun  mato  (issiq 

nurlarni  yutadi)  va  ichki  qavati  –  yumshoq  gigroskopik  ip  gazlamadan.  Bir 

vaqtning  o’zida  nurlanishdan  lokal  himoya  qilish  uchun  aks  etishning  katta 

koeffitsienti bo’lgan metall qatlami qoplangan matodan foydalaniladi.

 

Maxsus  kiyimlar  uchun  matolar  havo  o’tkazuvchi,  gigroskopik,  issiqni 



o’tkazuvchi,  maxsus  himoyani  ta’minlashi  lozim.  Maxsus  konstruktiv  usullar 

yordamida bichim mato xossasini ahamiyatli bosqichda korrektsiyalashi mumkin. 

Dyural va plastmassali kaska va shlemlar ko’rinishidagi himoya bosh kiyimlari 

(shahterlar, quruvchilar va b. uchun), sukonli va voylochkali panamalar (issiq sex 

ishchilari  uchun)  boshni  mexanik  shikastlanish,  kuyish,  suv  tushishidan  himoya 



 

394 


 

qiladi va b. 

Ba’zi  ishlab  chiqarish  jarayonlari  maxsus  matolardan  tayyorlangan  maxsus 

poyafzalni  qo’llashni  talab  etadi  (shahterlar,  issiq  sex  ishchilari  va  b.  uchun 

poyafzal). 

Zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini bartaraf etish uchun shuningdek 

himoya  pastalari  va  malham  dorilar  qo’llaniladi.  Ular  gidrofil  va  gidrofobga 

bo’linadi va qo’l va yuz terisini parlar, gazlar, changlar, agressiv moddalar,  nur 

energiyasidan  saqlaydi.  Himoya  pastalari  va  malham  dorilarini  tanlash  zaharli 

moddaning  yog’,  suv,  himoya  plenkali  materiallarda  erish  qobiliyati  bilan 

aniqlanadi. 

Gidrofil mazlar kraxmal yoki sovun asosida tayyorlanadi, plenka hosil qiluvchi 

modda sifatida glitserin va jelatindan iborat. 

Malham  dorilar  va  pastalar  suv  va  agressiv  moddalarning  suvli  eritmalaridan 

himoya  qilish  uchun  gidrofob  –  yog’,  moy,  stearin  kislotasi,  parafin,  suvda 

erimaydigan smola, efir va sellyuloza asosida tayyorlanadi. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish