dispanserlar, poliklinikalar, tibbiy-sanitariya qismlarda, bolalar va ayollar
konsultatsiya xonalarida (sanoat korxonalari ishchilari, 3 yoshgacha bolalar,
sportsmenlar va boshqalar) yoki surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni
salomatligini saqlash va mustahkamlash tibbiy ko’rikning birinchi vazifalaridan
va shuningdek kasalliklarni oldini olish va erta aniqlash maqsadida muntazam
shifokorlik nazoratini olib borishdan iborat. Dispanserizatsiya o’tkazilishining
birinchi yillarida homilador ayollar va bolalar orasida o’tkazilgan. Keyinchalik
sanoat korxonalari ishchilari va ularni oila a’zolari dispanser kuzatuviga
olinganlar. 1925 yildan boshlab salomatlikga zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar
bilan ishlovchilarni dastlabki va davriy tibbiy ko’rikdan o’tkaziy joriy etildi.
395
Tibbiy ko’rikning birinchi vazifasi dispanserizatsiya o’tadigan kontengentni
aniqlash. Dastlabki tibbiy ko’rikning ikkinchi maqsadi ma’lum ishni hech qanday
qarshiliklarsiz salomatligiga putur yetmagan holda bajarishiga to’sqinlik
qiladigan kasallikni aniqlash.
Ishlovchilarni davriy tibbiy ko’rikdan asosan ishlab chiqarish omillarini zararli
ta’siri bilan bog’liq organizmdagi erta o’zgarishlarni aniqlash.
Davriy tibbiy ko’riklar nafaqat kasbga oid zaharlanishlar va kasalliklarni
aniqlashga emas, balki etiologiyasi kasbi bilan bog’liq bo’lmagan, ammo ma’lum
ishlab chiqarish modda bilan muloqat tufayli xavfli bo’lish ehtimoli bo’lgan
kasalliklar ham aniqlanadi.
Davriy tibbiy ko’rik o’tkazilishida umumiy nospetsifik kasallik
aniqlanadi,davolash profilaktika tadbirlari belgilanadi. Bunday ko’riklar natijalari
mehnat sharoitini gigiyenik baholash va sog’lomlashtirish, umumiy kasallanishni
kamaytirish bo’tsicha tadbirlar ishlab chiqishga asos bo’ladi. Ko’rikdan
o’tuvchilar qanday omillar bilan to’qnash kelishi inobatga olinib komissiya
tarkibi, laborator tekshiruvlar va tibbiy ko’rik o’tkazilish davriligi aniqlanadi.
Ishga kirishdan oldin o’tkaziladigan majburiy dastlabki va davriy tibbiy
ko’riklar
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining “Xodimlarni
tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida nizomini tasdiqlash to’g’risida” gi
2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug’iga asosan dastlabki va vaqti-vaqti bilan
tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil etish to’g’risida” hujjatga asosan
o’tkaziladi. Quyidagilarni reglamentlaydi:
1.
Ta’siri natijasida ishlovchi xodimlari dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan
tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi shart bo’lgan xavfli va zararli moddalar ro’yxati,
shuningdek ushbu moddalar ta’sirida ishlovchi xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tish
muddatlari, tibbiy ko’rikni o’tkazuvchi vrach va mutaxassislar toifasi hamda
zarur bo’lgan laboratoriya va funktsional tekshiruvlar, ishga qo’yish uchun
qarshilik ko’rsatuvchi tibbiy moneliklar ro’yxati (1-ilova)
2.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va
396
vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tilishi lozim bo’lgan boshqa ishlar ro’yxati
(2- ilova)
3.
Dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi shart
bo’lgan oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan
bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lgan, shuningdek
umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va boshqa muassasalarning bevosita
bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi pedagoglar va boshqa
xodimlar ro’yxati (3- ilova).
Shuningdek “Dalolatnoma”, tibbiy ko’rikdan o’tishi bo’yicha “Kalendar reja”,
Do'stlaringiz bilan baham: