Dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tish uchun “Yo’llanma”,
vaqti-vaqti bilan o’tkazilgan
tibbiy ko’riklar natijasi bo’yicha “Dalolatnoma” namunalari keltirilgan
, (4,5,6,7,8
ilovalar).
7.3. Qishloq xo’jaligida ishlovchilarga tibbiy sanitariya xizmat
Qishloq xo’jaligi insonning mehnat faoliyatida muhim o’rinni egallaydi va
bu sohada umumiy aholining ko’pchilik qismi ishtirok etadi. O’zbekistonda
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi aholining aksariyat qismi uchun mehnat
faoliyatining asosiy turi hisoblanadi.
Qishloq aholisining mehnat sharoiti eng avvalo qishloq xo’jaligidagi tarmoqlar
turiga bog’liq - paxtachilik, bog’dorchilik, sabzovotchilik, chorvachilik kabilar.
Bunday turdagi tarmoqlarda bajariladigan ishlarda mehnatning o’ziga xos
xususiyatlari mavjuddir. Shunga qaramasdan qishloq xo’jaligidagi mehnatning
umumiy jihatlari ham mavjuddir.
Jumladan qishloq xo’jaligidagi mehnat jadalligining fasllarga qarab o’zgarishi,
asosiy ish turlarining ochiq havoda bajarilishi, mehnatga jalb qilingan shaxslarning
tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo’lishi.
Mehnatning asosiy turlari ochiq havoda bajarilganligi sababli, dalada
ishlovchilar organizmi nomuvofiq mikroiqlim meteorologik omillar ta’sirida
bo’ladi. Bunday ta’sir O’zbekistonning issiq iqlimi sharoitida juda katta
ahamiyatga egadir, chunki yoz oylari ochiq maydonlardagi havoning harorati
397
ayrim hollarda 50
0
S gacha ko’tariladi, bu o’z o’rnida ishlovchilar organizmining
qizish xavfini vujudga keltiradi. Shu bilan birga ish kunining juda erta boshlanishi,
hamda juda kech tugashi, muzdek sovuq suv bilan tez-tez muloqatda bo’lish (erga
ishlov berish albatta sug’orish bilan bog’liq bo’lganligi sababli) organizmning
sovushi va o’ta sovush holatlarini kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Natijada
ishchilarda obliteratsiyalanuvchi endarterit kasalligining rivojlanishiga sharoit
yaratiladi.
Qishloq xo’jaligida ishlovchilarning deyarli ko’pchiligi uchun bajariladigan
ishlarning tez-tez almashinib turishi juda harakterlidir, vaholanki qishloq
xo’jaligining yuqori darajada industrlashtirilishi kuzatilsa ham, asosiy mehnat ahli
erta bahorda ketmon bilan yer tekislash, paxtachilik bo’lsa ekish pallasida
seyalkachi yoki chigitlarni ivitish va uni seyalkaga solish, undan keyin yaganalash
ishlari, chopiq, suvchilik kabi turli-tuman ishlarni bajarish kabilardirlar.
Bajariladigan ishlarning tabiati yoki turi,u katta hajmli yoki kichik hajmdagi ishlar
bo’lishidan qat’iy nazar ishchilarda katta toliqish holatini keltirib chiqaradi
(ayniqsa fermer xo’jaliklari).
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ishchilarning asosiy ish joylari - ochiq
dala maydonlari, chorvachilik ob’ektlari, xirmon, mashina-traktor ustaxonalari,
dala shiyponlari va boshqalar bo’lib, tarqoq holda, hamda aholi yashash joylaridan
uzoqda joylashganligi bilan harakterlidir. Shuning uchun ishlovchilarga maishiy-
sanitariya xizmat ko’rsatishni tashkil qilish ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi.
Qishloq xo’jalik xodimlari uchun yana biologik omillarning ta’sirini kundan-
kunga ortib borayotganligi harakterlidir. Agar ilgari bunday ta’sirga faqatgina
kasallangan chorva mollari bilan yaqindan aloqada bo’ladigan ishchilar uchragan
bo’lsa, bugungi kunda bunday ta’sirga deyarli barcha qishloq aholisi uchrashi
tabiiy bir hol. Chunki o’simlikshunoslik amaliyotida qishloq xo’jalik ekinlarini
kasallanishdan himoyalash maqsadida biologik vositalardan foydalanish keng
ko’lamda olib borilayapti. Biologik vositalar o’simliklarni himoyalash uchungina
emas, balki ularning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiruvchi, hosildorligini
398
oshiruvchi vosita hamdir. Chorvachilikda esa - qishloq xo’jalik hayvonlariga
sun’iy ozuqalar - vitaminli, ferment tutuvchi, antibiotikli preparatlar, oqsilli ozuqa
qo’shilmalari kabilardan keng ko’lamda foydalanilmoqda.
Qishloq xo’jaligi xodimlarining mehnatini mexanizatsiyalashtirish, ular
organizmiga shovqin, tebranish, chiqindi yoqilѓi gazlari, yoqilѓi va moylash
materiallari va havo muhitining yuqori darjadagi changlanganligi kabi omillarning
ta’sir etish mumkinligini oshiradi.
Qishloq mehnatkashlari mehnatining o’ziga xos yana bir tomoni shundan
iboratki, ular mehnat qilish jarayonida mineral o’g’itlar va pestitsidlar bilan
yaqindan aloqada bo’ladilar.
Dalada ishlaydigan ishchilarning ma’lum bir qismini
Do'stlaringiz bilan baham: |