chiqarish muhitining zararli omillariga shovqin, ultra tovush, infratovush va
tebranish kiradi. Xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llaniladigan
tovushning kuchli manbalari, hamda tebranishni generatsiya qiluvchi mashina va
qurilmalar, ahamiyatli bosqichda mexanik tebranishning inson sog’lig’iga ta’sir
yig’indisi bo’lib, vaqt mobaynida tartibsiz o’zgarib turadi, ishlab chiqarish
Sanoat korxonalarida turli uskunalarning ishlashida, mahkamlash, chekanka
qilish, stanok, transport shunga o’xshashlarda ishlaganda tebranish yuzaga keladi,
u havo muhitiga o’tkazilib, unda tarqaladi. Tovush to’lqini tebranish manbasidan
amplituda va chastota bilan harakterlanadi. Tebranish balandligi amplituda bilan,
chastotasi – 1 s da to’liq tebranishlar soni bilan aniqlanadi. chastotaning o’lchov
birligi gerts (Gts) – sekundiga bir tebranish. Tebranish amplitudasi tovush
Tebranish chastotasi tovushning balandligini aniqlaydi: tebranish chastotasi
qancha katta bo’lsa, tovush shuncha baland bo’ladi. Inson faqat 20 dan 20 000
Gts chastotagacha bo’lgan tovushni qabul qiladi. 20 Gts dan pasti infratovush
374
sohasida, 20 000 Gts dan yuqori – ultratovush sohasida bo’ladi. Biroq real
hayotda, shu jumladan ishlab chiqarish sharoitida, biz chastotasi 50 dan 5000 Gts
gacha bo’lgan tovushlarni uchratamiz. Insonning eshituv a’zosi chastotaning
absolyut emas, nisbiy o’sishiga reaktsiya qaytaradi: tebranish chastotasining ikki
baravar o’sishi, oktava deb ataluvchi tonning ma’lum qiymatga oshishi kabi
qabul qilinadi. Shunday qilib, oktava – chastotaning yuqori chegarasi pastki
chegaradan ikki marta ko’p bo’lgan diapazon. Chastotalarning barcha diapazoni
o’rta geometrik chastotalar bilan oktavalarga ajratilgan 16; 31,5; 63; 125; 250;
500; 1000; 2000; 4000; 8000 va 16 000 Gts. Shovqinni amalda baholash 63 dan
8000 Gts diapazonida olib boriladi.
Shovqin chastotasi bo’yicha energiyani taqsimlash uning spektral tarkibini
bildiradi. Shovqinni gigiyenik baholashda uning ham intensivligi (kuchi), va ham
chastotalar bo’yicha spektral tarkibi o’lchanadi.
Qabul qilinadigan energiyaning katta kengligi bilan bog’liq tovush yoki
shovqinlarning intensivligini o’lchash uchun Bel, yoki detsibel (dB) deb
ataluvchi logarifmik shkaladan foydalaniladi. 0 Bel uchun dastlabki raqam
sifatida eshitish uchun bo’sag’a energiya qiymati 10
-16
Vt/sm
2
deb qabul qilingan
(eshitish yoki qabul qilish chegarasi). U 10 baravar oshganda (ya’ni 10
-15
Vt/sm
2
gacha) tovush sub’ektiv ikki baravar baland kabi qabul qilinadi, uning
intensivligi 1 Bel, yoki 10 dB ni tashkil qiladi. Dastlabkiga nisbatan intensivligi
100 baravar, ya’ni 10
-14
Vt/sm
2
gacha oshganida, tovush avvalgisidan ikki
baravar baland bo’ladi, uning intensivligi 2 Bel, yoki 20 dB ga teng va hakozo
bo’ladi.
Tovush sifatida qabul qilinadigan balandligining barcha diapazoni 140 Db ga
jamlanadi.
Balandligi bo’yicha bu qiymatdan yuqori bo’lgan tovushlar, insonda
noxush va og’riqli holatni chaqiradi, shuning uchun 140 dB li balandligi og’riq
bo’sag’asi deb ataladi. Binobarin, tovushlar intensivligi o’lchanganda energiya
yoki bosimning absolyut qiymatlari emas, balki ushbu tovush energiyasi yoki
bosimi qiymatini eshitish uchun bo’sag’a hisoblangan energiya yoki tovush
375
bosimining qiymatiga nisbatida ifodalanadigan nisbiy qiymatda foydalaniladi.
Ko’rib chiqilgan fizikaviy-gigiyenik tavsiflarini hisobga olgan holda ishlab
chiqarishdagi shovqinni turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: