Ishlab chiqarish changi (aerozol) – bu juda mayda qattiq zarrachalarning
yig’indisi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ajraladi va ishlovchilar oganizmiga
Baholash tamoyillariga ko’ra ishlab chiqarish changining bir nechta tasnilari
371
kichik) turiga bo’linadi.
Organizmga changning ta’sir etish harakteri katta ahamiyatga ega, shuning
uchun chang asosan toksik (marganetsli, qo’rg’oshinli, mishyakli va boshqalar),
qitiqlovchi (ohaqli, ishqoriy va boshqalar), infektsion (mikroorganizmlar,
sporalar va boshqalar), allergik (jun, sintetika va b.), kantserogen (qorakuya va
b.) va o’pka to’qimasining spetsifik fibrozini chaqiruvchi pnevmokoniotik
bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish changini xavfliligi unig fizik-kimyoviy
xususiyati bilan belgilanadi. O’lchami 0,25 mkm dan kichik bo’lgan changlar
odatda cho’kmaydi va havoda broun harakatida bo’ladi. 5 mkm dan kichik chang
zarrachalari ko’proq xavfli hisoblanadi, ular o’pkaga chuqur kirib,
alveolalargacha yetib boradi va ushlanib qoladi. Hisoblash natijalari shuni
ko’rsatadiki, yutilgan changning 10% alveolagacha yetib boradi, 15% esa so’lak
bilan yutiladi.
Olimlar changning zaryadini ahamiyatiga e’tiborni qaratadilar.
Zaryadlangan changlar 2-8 marotaba ko’proq nafas yo’lida ushlanib, jadal
ravishda fagotsitga uchraydilar. Bundan tashqari bir xil zaryadli changlar ishchi
zona havosida aglomeratsiyaga uchrab tez cho’kmaga tushuvchi turli zaryadli
changlarga nisbatan ko’proq ushlanib turadila.
Changlarni cho’kish tezligi, ularni shakli va g’ovaqliligiga bog’liq.
Yumaloq zich changlar tez cho’kadi. Zich, qirrali yirik chang zarrachalari
(ko’proq dezintegratsiya aerozoli) silliq yuzali chang zarrachalariga nisbatan
nafas yo’li shilliq qavatini ko’proq shikastlaydi. Yengil, g’ovakli chang
zarrachalari zaharli moddalar bug’lari va gazlari va shuningdek mikroorganzmlar
va ularni hayot mahsullarini o’zlariga ko’proq adsorbtsiyalaydilar.Bunday chang
zarrachalari toksik, infektsion va allergen xususiyatga ega bo’ladilar.
Ishlab chiqarish changi turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Avvalom bor bu teri va shilliq qavat kasalliklari (terining yiringli kasalliklari,
dermatit, kon’yuktivit va boshqalar), nafas yo’llarini nospetsifik kasalliklari
(rinit, faringit, changli bronxit, zotiljam va b.), allergik tabiatli teri va nafas yo’li
372
kasalliklari (allergik dermatit, ekzema, astmoidli bronxit, bronxial astma),
professional zaharlanishlar (zaharli changlar ta’siridan), onkologik kasalliklar (
kantserogen changlar ta’siridan, masalan qurum, asbest), pnevmokaniozlar
(fibrogen changlar ta’siridan). Oxirgi guruhga kiruvchilar katta ahamiyat kasb
etadi, chunki kasbga oid pnemokaniozlar butun dunyo bo’yicha kasb kasalliklar
orasida birinchi o’rinda turadi.
Ishlab chiqarish changi bilan uzoq vaqt mobaynida nafas olish o’pkaning
surunkali kasbiy fibrozi yoki pnevmokoniozga olib kelishi mumkin.
Pnevmokoniozlar –bu o’pka fibrozining rivojlanishi, surunkali diffuz pnevmonit
bilan namoyon bo’luvchi, sanoat changi ta’siridan yuzaga keluvchi o’pka
kasalligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: