F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Ishlab chiqarish changi 

Ishlab  chiqarish  changi  (aerozol)  –  bu  juda  mayda  qattiq  zarrachalarning 

yig’indisi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ajraladi va ishlovchilar oganizmiga 

noxush ta’sir ko’rsatadi. 

Baholash  tamoyillariga  ko’ra  ishlab  chiqarish  changining  bir  nechta  tasnilari 

mavjud. 


Kelib chiqishi

 bo’yicha chang organik (o’simlik, hayvon, polimer), noorganik 

(mineral, metallik) va aralash turiga ajratiladi. 

Hosil bo’lish joyi

ga ko’ra chang qattiq jismlarni maydalash va ishlov berishda 

hosil  bo’ladigan  dezintegratsiya  aerozoli,  va  metall  va  nometall 

(shlaqlar)bug’lariining  kondensatsiyasi  natijasida  olinadigan  kondensatsiya 

aerozollariga bo’linadi. 

Dispersligi 

bo’yicha  chang  ko’zga  ko’rinadigan  (10  mkm  ortiq  zarrachalar), 

mikroskopik  (0,25  dan  10  mkmgacha)  va  ultramikroskopik  (0,25  mkm  dan 



 

371 


 

kichik) turiga bo’linadi. 

Organizmga changning ta’sir etish harakteri katta ahamiyatga ega, shuning 

uchun  chang  asosan  toksik  (marganetsli,  qo’rg’oshinli,  mishyakli  va  boshqalar), 

qitiqlovchi  (ohaqli,  ishqoriy  va  boshqalar),  infektsion  (mikroorganizmlar, 

sporalar  va  boshqalar),  allergik  (jun,  sintetika  va  b.),  kantserogen  (qorakuya  va 

b.)  va  o’pka  to’qimasining  spetsifik  fibrozini  chaqiruvchi  pnevmokoniotik 

bo’lishi  mumkin.  Ishlab  chiqarish  changini  xavfliligi  unig  fizik-kimyoviy 

xususiyati  bilan  belgilanadi.  O’lchami  0,25  mkm  dan  kichik  bo’lgan  changlar 

odatda cho’kmaydi va havoda broun harakatida bo’ladi. 5 mkm dan kichik chang 

zarrachalari  ko’proq  xavfli  hisoblanadi,  ular  o’pkaga  chuqur  kirib, 

alveolalargacha  yetib  boradi  va  ushlanib  qoladi.  Hisoblash  natijalari  shuni 

ko’rsatadiki, yutilgan changning 10% alveolagacha yetib boradi, 15% esa so’lak 

bilan yutiladi. 

Olimlar  changning  zaryadini  ahamiyatiga  e’tiborni  qaratadilar. 

Zaryadlangan  changlar  2-8  marotaba  ko’proq  nafas  yo’lida  ushlanib,  jadal 

ravishda  fagotsitga  uchraydilar.  Bundan  tashqari  bir  xil  zaryadli  changlar  ishchi 

zona  havosida  aglomeratsiyaga  uchrab  tez  cho’kmaga  tushuvchi  turli  zaryadli 

changlarga nisbatan ko’proq ushlanib turadila. 

Changlarni  cho’kish  tezligi,  ularni  shakli  va  g’ovaqliligiga  bog’liq. 

Yumaloq  zich  changlar  tez  cho’kadi.  Zich,  qirrali  yirik  chang  zarrachalari 

(ko’proq  dezintegratsiya  aerozoli)  silliq  yuzali  chang  zarrachalariga  nisbatan 

nafas  yo’li  shilliq  qavatini  ko’proq  shikastlaydi.  Yengil,  g’ovakli  chang 

zarrachalari zaharli moddalar bug’lari va gazlari va shuningdek mikroorganzmlar 

va ularni hayot mahsullarini o’zlariga ko’proq adsorbtsiyalaydilar.Bunday chang 

zarrachalari toksik, infektsion va allergen xususiyatga ega bo’ladilar. 

Ishlab  chiqarish  changi  turli  kasalliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkin. 

Avvalom  bor  bu  teri  va  shilliq  qavat  kasalliklari  (terining  yiringli  kasalliklari, 

dermatit,  kon’yuktivit  va  boshqalar),  nafas  yo’llarini  nospetsifik  kasalliklari 

(rinit, faringit, changli bronxit, zotiljam va b.), allergik tabiatli teri va nafas yo’li 




 

372 


 

kasalliklari  (allergik  dermatit,  ekzema,  astmoidli  bronxit,  bronxial  astma), 

professional  zaharlanishlar  (zaharli  changlar  ta’siridan),  onkologik  kasalliklar  ( 

kantserogen  changlar  ta’siridan,  masalan  qurum,  asbest),  pnevmokaniozlar 

(fibrogen  changlar  ta’siridan).  Oxirgi  guruhga  kiruvchilar  katta  ahamiyat  kasb 

etadi,  chunki  kasbga  oid  pnemokaniozlar  butun  dunyo  bo’yicha  kasb  kasalliklar 

orasida birinchi o’rinda turadi. 

Ishlab  chiqarish  changi  bilan  uzoq  vaqt  mobaynida  nafas  olish  o’pkaning 

surunkali  kasbiy  fibrozi  yoki  pnevmokoniozga  olib  kelishi  mumkin. 

Pnevmokoniozlar –bu o’pka fibrozining rivojlanishi, surunkali diffuz pnevmonit 

bilan  namoyon  bo’luvchi,  sanoat  changi  ta’siridan  yuzaga  keluvchi  o’pka 

kasalligidir.




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish