Etiologiyasi
bo’yicha
-
aerodinamik, gidrodinamik, metallik va boshqalar.
Chastotasining tavsifi
bo’yicha – quyi chastotali (1-350 Gts), o’rta chastotali
(350-800 Gts), yuqori chastotali (800 Gts dan ko’p).
Spektri
bo’yicha – keng polosali (kengligi 1 oktavadan ortiq bo’lgan uzluksiz
spektrli shovqin), tonal (spektrida ifodalangan tonlar bo’lgan shovqin). Barcha
chastotalar bo’yicha tovushlarning bir xildagi intensivligi bo’lgan keng polosali
shovqin, shartli ravishda «oq» deb ataladi.
Energiyaning vaqtda taqsimlanishi
bo’yicha – doimiy yoki stabil,
o’zgaruvchan. O’zgaruvchan shovqin tebranuvchi, uzlukli va impulsli bo’lishi
mumkin. Shovqinning oxirgi 2 turi uchun tovush energiyasining vaqtda keskin
o’zgarishi harakterli (hushtak, gudok, temirchi bolg’asining zarbasi, otilgan o’q
ovozi va boshqalar).
So’nggi yillarda shovqinsiz ishlaydigan sanoat sohasini topish qiyin. Intensiv
shovqin shtampovka qilishda, motorlarni sinashda, otboyka bolg’asi, kompressli
qurilmalar, sentrifugalar, vibromaydonlarning ishlashida va boshqalarda yuzaga
keladi.
Shovqinning organizmga ta’siri ko’pincha boshqa ishlab chiqarish zararliligi –
noxush mikroiqlim sharoitlar, toksik moddalar, ultra tovush, tebranish bilan birga
kechadi.
Ishlab chiqarish shovqini kasbiy quloq og’irligi, ba’zida karlikni chaqiradi.
Ko’pincha eshitish yuqori chastotali shovqin ta’siri ostida o’zgaradi. Biroq katta
intensivlikdagi ham past va o’rta chastotali shovqin ham eshitishning buzilishiga
olib keladi. Eshitishning buzilish mexanizmi kortiev a’zosining asab tolalari
oxirlarida atrofik jarayonlarning rivojlanishidan iborat. Eshitishning kasbiy
yo’qotilishi sekin rivojlanadi va yoshi va staji kattalashgan sari sekin-asta
zo’rayadi.
376
Shovqinli kasb ishchilarida dastlabki paytlarda eshitish qobiliyatining
pasayishi adaptatsion, vaqtinchalik bo’lib hisoblanadi. Biroq sekin-asta kortiev
a’zosida atrofik jarayonlar sabab eshitish qobiliyati avval yuqori, so’ngra esa
o’rta, va past (koxlear nevrit) chastotaga eshitish pasayadi.
Shovqinli kasb
ishchilari dastlabki yillarda eshitish qobiliyatining buzilishini sub’ektiv his
qilmaydilar va faqatgina jarayon tarqoq bo’lganida eshitishning pasayganligiga
shikoyat qilishlari mumkin.
Shu boisdan
audiometriya
shovqinli kasb ishchilarida
eshitish qobiliyati buzilishini erta tashhislashda bosh usul bo’lib hisoblanadi.
Eshitish a’zosining yana bir kasbiy patologiyasi tovushdan jarohatlanish
bo’lishi mumkin. U ko’pincha intensiv impulsli shovqin ta’siri bilan chaqiriladi
va quloq pardasi va o’rta quloqning shikastlanishidan iborat.
Eshitish a’zosiga ta’sir ko’rsatish bilan bir qatorda shovqinning organizmga,
birinchi navbatda astenovegetativ buzilishlarning ustunlik qilishi bilan asab va
yurak-qon tomir tizimiga umumiy ta’siri ham ro’y beradi.
Bosh og’rishi, tez
charchash, uyquning buzilishi, xotiraning pasayishi, qo’zg’aluvchanlik,
yurakning tez urishi kabi shikoyatlar kuzatiladi.
Ob’ektiv ko’ruvda reflekslar
latent davrining uzayishi, dermografizmning o’zgarishi, pulsning labilligi, arterial
qon bosimining ko’tarilishi va boshqalar kuzatiladi.
Nafas a’zolari (nafas
siqilishi), ko’ruv analizatori (shox parda sezgirligining pasayishi, aniq ko’rish
vaqtining kamayishi, rang ajratishning yomonlashishi), vestibulyar apparat (bosh
aylanishi va boshqalar), oshqozon-ichak trakti (motor va sekretor funktsiyaning
buzilishi), qon tizimi, mushak va endokrin tizimlar va boshqalar funktsiyasining
buzilishi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish shovqini ta’siri ostida organizmda
rivojlanadigan o’xshash simptomokompleksni «shovqin kasalligi» deb ataydilar
(Andreeva-Galanina Ye.S.).
Shovqin ta’sirining profilaktikasi bir necha yo’nalishlarda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishda shovqin ruxsat etilgan bosqichsiga rioya qilish va shovqinli
sharoitda ishlash vaqtini cheklash, shovqinli texnologik operatsiyalarni
shovqinsiziga almashtirish zarur.
Uskunalar va konstruktsiyalarga shovqinni
377
yutadigan ekranlar va qoplamalarni o’rnatish shovqin bosqichsini 5-12 dB ga
kamaytirishga imkon beradi.
Shovqinli operatsiyalar va ishlab chiqarishlarni
alohida bino yoki sexga olib chiqish taklif etiladi.
Quloqchinlar, «berushi»-
tiqinlari, antifonlar, shlemofonlar quloqqa shovqin kirishini 10-50 dB ga
pasaytiradi.
Mehnat va dam olishni ratsional olib borish ahamiyatga ega. Terapevt va
otolaringolog, ko’rsatmaga ko’ra nevropatologni jalb qilgan holda dastlabki va
davriy tibbiy ko’riklarni o’tkazish zarur.
Audiometrik tekshiruvlar o’tkazish va arterial qon bosimini nazorat qilib turish
shart hisoblanadi. Eshitish a’zolari va asab tizimi kasalliklari bo’lgan shaxslarga
shovqinli sharoitda ishlash uchun ruxsat berilmaydi. Davriy ko’riklarning
natijalariga ko’ra ishlovchilar profilaktoriy va sanatoriya-kurort davolanishga
yuboriladi.
Ultratovush – kattiq muhitning mexanik tebranishi bo’lib, tovush bilan bir
xilda fizikaviy tabiatga ega, biroq eshituvchanlikning yuqori chegarasidan
oshmaydi (20 000 Gts, yoki 20 kGts dan).
Tovushlar kabi ultra tovushlar
intensivligi ham santimetr kvadratga vattlarda, logarifmik shkala bo’yicha esa -
bellar (detsibellar) da o’lchanadi.
Ultrtovush sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda keng foydalaniladi.
Shunday qilib, quyi chastotali ultratovush (11-100 kGts) detallar, qozonlarni
tozalash, tolalarni yuvish, havodagi muallaq moddalarning koagulyatsiyasi, o’ta
qattiq materiallarga (masalan, olmos) ishlov berish, qishloq xo’jaligida
hasharotlar, qurtlar, kemiruvchilarga qarshi kurashish, oziq-ovqat sanoatida
quruq sutni muzlatish va yog’larni emulgiyasiga, tibbiyotda instrumentlarni
sterilizatsiya qilish uchun qo’llaniladi. Yuqori chastotali ultratovush (100 kGts-
1000 MGts) defektoskopiyada, aloqada, tibbiyotda tashhislash uchun (UTT),
suyaqlarni o’stirish, ko’zda jarrohlik amaliyotini o’tkazish, o’smalarni
parchalash, fizioterapiyada esa – og’riq qoldiruvchi, umumstimullovchi va
arterial qon bosimini tushiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.
378
Suyuqlik-gaz muhiti chegarasida ultratovushning shikastlovchi ta’sirining
mexanizmi kavitatsiya effektiga asoslangan - muhit chegarasida gaz pufakchalari
va bug’ning hosil bo’lishi, energiyaning ajralishi va to’qimalarning yemirilishi.
Qattiq muhitlarda ultratovushning yemiruvchi ta’siri yuqori chastotali
tebranishning yuzaga kelishi bilan bog’liq.
Ishlab chiqarish sharoitlarida ultratovushning ham muloqotli ta’siri, va hamda
havo orqali ta’sir ko’rsatishi yuzaga kelishi mumkin.
Asboblar bilan ishlashda
ultratovushning qo’llarga lokal muloqot ta’siri ustunlik qiladi.
Patologik
ko’rinishi asosan qo’llarning vegetativ polinevriti, barmoqlar va bilakning parezi,
qo’llar fastsikulitining rivojlanishidan iborat. Biroq umumiy ko’rinishi sifatida
umumtserebral buzilishlar va vegetativ tomirlar disfunktsiyasi bilan namoyon
bo’ladi.
Havo orqali tarqaladigan ultratovush uzoq vaqt ta’sir ko’rsatganida
ishlovchilarda asab, yurak-qon tomir, endokrin tizimlari faoliyatining
buzilishlari, eshitish va vestibulyar analizatorlarning shikastlanish, gumoral
siljishlar va birinchi navbatda vegetativ distoniya va astenik sindrom kuzatiladi.
Ishlovchilar bosh og’rig’i, uyquning buzilishi, qo’zg’aluvchanlik, toliqish,
eshitishning pasayishiga shikoyat qiladilar.
Ultratovushning past bosqichlari (80-90 dB) organizmga stimullovchi ta’sir
ko’rsatadi, shu sababdan davolash va profilaktik vosita sifatida foydalaniladi.
Ultratovushli
uqalash
moddalar
almashinuvi
jarayonini
tezlashtiradi,
retseptorlarni stimullaydi, tomirlar reaktsiyasini me’yorlashtiradi va tomirlarni
kengaytiradi, arterial qon bosimini tushiradi.
Ultratovushning 120 Db dan yuqori bosqichsi kuchli shikastlovchi ta’sir
ko’rsatadi.
Ultratovushli qurilmalar bilan ishlashda profilaktik choralar qattiq va suyuq
muhitlar orqali muloqotli tovushlashtirishni oldini olish, ishchi zona havosida
ultratovushning tarqalishiga qarshi kurashish va gigiyenik me’yorlarga amal
qilishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
379
Ishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, har 1,5-2 soat orasida 15
daqiqalik tanaffuslar qilish lozim. Ultratovush bilan ishlaydiganlarga massaj, suv
muolajalari, utrabinafsha nurlanishi, vitaminlar bilan profilaktika (C va B
guruhidagi vitaminlar) tavsiya etiladi.
Davriy tibbiy ko’riklar o’tkazish yo’li bilan ishlovchilar sog’lig’ini muntazam
ravishda nazorat qilib turish lozim. Ishga qabul qilishda tibbiy ko’rikdan
o’tkaziladi.
Tovush tebranishlari va eshitiladigan (akustik) chastotadan past bo’lgan
chastotali to’lqinlar - 20 Gts, infratovush deb ataladi.
Infratovushning chastotali diapazoni eshitish chegarasidan past, biroq ishlab
chiqarish sharoitlarida, qoidaga ko’ra, past chastotali shovqin bilan kechadi.
Qudratli yirik gabaritli mashinalar va mexanizmlar, gazlar va suvlarning
turbulent oqimlari, ventilyatsion tizimlar va boshqalar ishlab chiqarishda
infratovushning manbalari bo’lib hisoblanadi.
Infratovush konvertor sexlarda,
port kranlarida, kompressorli stantsiyalarda ishlashda, reaktiv dvigatellarni
sinashda va aerodromlarda samoletlarning parvoz qilishida yuzaga keladi.
Infratovush temir yo’l lokomotivlari va tarkiblari, og’ir yuk transportini
generatsiya qiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida ko’pincha 110 dB ga yetadigan
infratovush bosqichsi uchraydi, ruxsat etilgan bosqichdan 10 dB ga oshadi.
Tovush diapazoni shovqinlaridan farqli ravishda infratovush katta uzunlikdagi
to’lqinga ega bo’lib, difraktsiya natijasida oson to’siqlarni aylanib o’tadi, ekran
bilan to’silmaydi, binolarga kirib boradi va masofadan o’tib deyarli pasaymaydi.
Atmosfera tomonidan kuchsiz yutilishi infratovushning ko’p kilometrlarga
tarqalishiga imkon beradi.
Bundan tashqari, rezonansli chastotalar sabab
infratovush yirik ob’ektlarning tebranishsini chaqirishi mumkin.
100 dB dan oshuvchi infratovushning biologik ta’siri markaziy asab va yurak-
qon tomir tizimi, nafas a’zolari, vestibulyar apparat faoliyatining buzulishi bilan
namoyon bo’ladi.
Shu bilan birga ishlovchilarda eshitish qobiliyatining, asosan
past va o’rta chastotatalarda, pasayishi aniqlanadi.
Infratovushning ruhiy-
380
emotsional holatga susaytiruvchi ta’siri oxir-oqibatda ishlash qobiliyatining
pasayishi va ishchilarning tez toliqishiga olib keladi.
Infratovush noxush ta’sirining profilaktikasi avvalombor ish o’rinlarida
gigiyenik me’yorlarga amal qilishga yo’naltirilgan.
Yuzaga kelgan manbasida uni
so’ndirish infratovush bilan kurashishning yagona radikal chorasi bo’lib
hisoblanadi, chunki ekranlar bilan himoyalash va tarqalish yo’lida yutilishi kam
samaralidir.
Uyg’un infratovush tebranishlarda interferent turdagi shovqinni
pasaytiruvchi moslamalar taklif qilinadi. Shaxsiy profilaktika va davolash –
profilaktik choralari shovqin sharoitida ishlash bilan aynan o’xshash.
Ishlab chiqarishda tebranish – bu ishlab chiqarish sharoitida qattiq tanalarning
mexanik tebranuvchi harakatlari bo’lib, bevosita inson tanasiga yoki uning
alohida qismlariga uzatiladi va organizmga noxush ta’sir ko’rsatadi.
Tebranish insonga o’tish usullari bo’yicha umumiy (ishchi o’rni tebranish) va
lokal tebranishga ajratiladi. Umumiy tebranish tananing tayanch yuzalari orqali
o’tadi va organizm bo’ylab tarqaladi. Lokal tebranish ko’pincha qo’llar orqali,
kam hollarda tananing boshqa cheklangan sohalari orqali o’tadi. Tebranish 1 s
dagi tebranishlar soni, ya’ni chastota bilan harakterlanadi, vibrotezlik va
vibrotezlashish yoki ularning logarifmik bosqichlari (detsibel) uning energetik
harakteristikasini aks ettiradi.
Umumiy tebranishni gigiyenik baholash 1 dan 63 Gts gacha, lokal - 8 dan
1000 Gts gacha bo’lgan chastotalar diapozonida olib boriladi (oktava
poloskalarida mos ravishda o’rtageometrik chastotalar bilan 1; 2; 4; 8; 16; 31,5;
63 Gts va 8; 16; 31,5; 63; 125; 250; 500; 1000 Gts). Chastota spektri bo’yicha
tebranishlar past chastotali - 8 va 16 Gts, o’rta chastotali - 31,5 va 63 Gts, yuqori
chastotali - 125, 250, 500, 1000 Gts ga ajratiladi; lokal tebranishlar uchun; ishchi
o’rinlarining tebranishsi uchun mos ravishda - 1, 2 i 4 Gts, 8 va 16 Gts, 31,5 va
63 Gts.
Tebranishga rezonans effekti xos bo’lib, tashqaridan ta’sir etuvchi tebranish
chastotasi bilan mos kelganda tananing o’z tebranish harakatlarining keskin
381
kuchayishi bilan namoyon bo’ladi. Jigarga tegishli bo’lgan rezonansli tebranishli
chastotalar 5 Gts ni, buyraqlar - 7 Gts, yurak - 6 Gts, bosh - 20 Gts va shunga
o’xshashlarni tashkil qiladi.
O’tirgan holatda barcha tana uchun rezonans 4-6 Gts
chastotada namoyon bo’ladi. Manba tebranishsining chastotasi va a’zolarga
tegishli rezonans chastotalari mos kelganida organizmga noxush ta’sir etish xavfi
ancha oshadi.
Inson biologik to’qimalari va a’zolari rezonansini hisobga olgan holda
chastotali spektri bo’yicha umumiy tebranishning tasnifi mavjud: past chastotali
norezonans - 0,1-5 Gts; past chastotali rezonans - 6-10 Gts; o’rta chastotali
rezonansn- 11-30 Gts; o’rta chastotali norezonans - 31-50 Gts; yuqori chastotali -
50 Gts dan yuqori.
Tebranish
inson
organizmiga
kuchli
biologik
ta’sir
ko’rsatadi.
Mamlakatimizda kasbiy kasallanishning og’ishmasdan pasayishiga qaramay,
vibratsion kasallik profpatologiyalar tuzilmasida o’rinlardan birini egallab
kelmoqda.
Lokal tebranish bilan chaqirilgan tebranish kasalligining quyidagi bosqichlari
ajratiladi:
I bosqich - boshlang’ich. Kuchli ifodalangan simptomlar yo’q. Vaqti-vaqti bilan
qo’llarda og’riq yoki paresteziyalar kuzatilishi mumkin, barmoq uchlarining
sezgirligi pasayadi.
II bosqich – o’rtacha ifodalangan. Og’riq va uvishish hissi kuchli ifodalangan,
sezgirlikning pasayishi barcha barmoqlarga va hatto bilaqlarga tarqaladi,
barmoqlar terisining harorati pasayadi, gipergidroz va qo’l barmoqlari sianozi
kuchli ifodalangan.
III bosqich - kuchli ifodalangan. Qo’l barmoqlarida og’riq kuchli, qo’l panjasi
sovuq va namlangan.
IV bosqich – tarqoq (generallashgan) buzilishlar bosqichi. Kam holatlarda va
asosan katta ish stajiga ega bo’lgan ishchilarda uchraydi. Oyoq va qo’llarda
tomirlarda buzilishlar, yurak va miya tomirlari spazmi kuzatiladi.
382
Tebranish kasalligi uzoq vaqt kompensatsiyalangan holda bo’lishi va bemorlar
mehnatga layoqatlilikni saqlab qolishlari mumkin.
Neyrotomirli buzilishlar tebranish kasalligining asosiy ko’rinishlariga kiradi.
Ular hammadan avval qo’llarda namoyon bo’ladi va ishdan so’ng va tunda
jadallashgan og’riqlar bilan kechadi. Ko’pincha «o’lik barmoqlar» deb ataluvchi
fenomen kuzatiladi (rasm). Parallel ravishda mushak va suyaqlarda o’zgarishlar
(«qush panjasi» ko’rinishidagi atrofik o’zgarishlar), hamda nevrozlar
ko’rinishidagi asab tizimining buzilishi kuzatiladi (7.2.3-rasm).
7.2.3-rasm. Tebranish kasalligida qo’l panjalari (a) va barmoqlarida (b) trofik
buzilishlar
383
7.2.4-rasm. Tebranish kasalligida tirnoqlarning o’zgarishi
Umumiy tebranish ta’sir etganida markaziy asab tizimi (bosh og’rig’i,
xotiraning yo’qotilishi, bosh aylanishi, quloqda shovqinga shikoyat qiladi),
yurak-qon tomir tizimi, shu bilan birga yurak va periferik qon tomirlari, suyak-
bo’g’im apparati, kichik tos a’zolari va boshqalar funktsiyasining buzilishi
kuzatiladi.
Tebranishning zararli ta’sirini oldini olishda texnik tadbirlar yetakchi rol
o’ynaydi. Bu tebranish xavfli jarayonlarni distantsion boshqarishni joriy etish,
hosil bo’lish manbasi va tarqalish yo’llari bo’yicha tebranishni kamaytirish,
stanoklar ostiga tebranishni so’ndiruvchi amortizatorlarni o’rnatish yo’li bilan
qo’l asboblarini takomillashtirish.
Mehnat va dam olishning ratsional tartibini ta’minlash, kompleks brigadalarni
tashkil qilish va bir-biriga yaqin kasblarga ega bo’lish samaralidir, bu
ishchilarning tebranish bilan muloqotda bo’lish vaqtini kamaytirishga imkon
beradi.
384
7.2.5-rasm. Tebranish kasalligida «o’lik barmoqlar» simptomi
Shaxsiy himoya vositalaridan lokal tebranishda kaftlarda probkali prokladka
bilan qo’lqoplar va umumiy tebranishda tag qismi yo’g’on elastik bo’lgan
maxsus poyafzal tavsiya etiladi.
Fizioterapevtik muolajalar muhim ahamiyatga ega: qo’llar uchun quruq
vannalar, massaj va o’z-o’zini uqalash, ishlab chiqarish gimnastikasi,
ultrabinafsha nurlanish.
Qo’l instrumenti bilan ishlashda qo’llarni sovuq
qotishidan ehtiyot qilish lozim.
Ish vaqtidagi tanaffuslar iliq xonada dam olish
bilan birga o’tkaziladi.
Ish joyida tebranishning gigiyenik me’yorlariga rioya qilish profilaktikaning
muhim sharti bo’lib hisoblanadi.
Tebranish sharoitida ishlovchilar davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak.
Ishga kirishdan avval dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tiladi.
385
Kantserogen moddalar
Kasbiy kantserogen moddalar yoki kantserogenlarga quyidagilar kiradi:
•
toshko’mirni haydash va qismlarga ajratish mahsulotlari, shu jumladan
qatron (degot), kreozot, antratsen moyi va boshqalar;
•
slanets, pista ko’mir, neft, tozalanmagan mumni haydash va qismlarga
ajratish mahsulotlari;
•
arotik aminlar, nitro- va azot birikmalari;
•
xrom va nikel rudalariga ishlov berishning alohida mahsulotlari;
•
margumishningning anorganik birikmalari;
•
asbest;
•
izopropil moyi
•
berilliyning alohida birikmalari
•
Moddalarning blastomogen ta’siri ular bilan ham doimiy va hamda
muntazam ravishda bo’lmagan muloqotda bo’lganda, shuningdek muloqot
to’xtatilgandan so’ng uzoq vaqtdan keyin ham namoyon bo’ladi.
Oxirgi yillarda kasbga oid rak holatlari sonining o’sishi sanoatda va qishloq
xo’jaligida yangi kantserogen moddalarni qo’llash bilan bog’liqlik bor.
Terining kasbga oid rak kasalligi ko’pincha tananing ochiq qismlarida
joylashadi va kimyoviy moddalar ta’siri va ionizatsiyalovchi nurlanish natijasida
yuzaga keladi.
Mo’ri tozalovchilarda, kuchli kantserogen 3,4-benz(a)pirenni
saqlagan qora kuya ta’siri bilan chaqirilgan, teri raki holatlari ma’lum.
Pista ko’mir qatroni, parafin, mineral yog’larning ta’siridan kasbga oid rak
holatlari qayd qilingan. Teri raki vrach-rentgenologlar, rentgen kabinetlarining
texniklarida uchraydi. Ko’pincha qo’l terisi shikastlanadi. Bundan avval
surunkali dermatitlar, papillomalar bo’lishi aniqlanadi.
O’pkaning kasbga oid raki slanets, ko’mir, neft, xrom birikmalari, nikel,
margimush va boshqa shunga o’xshash mahsulotlari bilan muloqotda bo’lganda
rivojlanadi.
Siydik qopining kasbga oid raki anilin parlari bilan nafas olganda chaqiriladi.
386
Professional rakning oldini olish maqsadida birinchi navbatda texnologik
jarayondan kantserogen xossaga ega kimyoviy birikmalarni chiqarib tashlash
lozim.
Hozirgi vaqtda qonunlar bilan 2-naftilamin, benzidin, 2,3-dixlorbenzidin, 4-
aminodifenilni ishlab chiqarish, hamda yo’lni qoplash sifatida pekadan
foydalanish taqiqlangan.
Atrof-muhitni kantserogenlar bilan ifloslanishini inkor qiluvchi texnologik
jarayonlarni ishlab chiqish va joriy etish muhim vazifa bo’lib hisoblanadi.
Kantserogen ta’sirli kimyoviy birikmalar uchun foydalaniladigan asbob-
uskunalar to’liq germetik yopiq bo’lishi lozim.
Kantserogen moddalarning ta’siriga chalinadigan shaxslar dispanserizatsiya va
tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak. Keyinchalik rak kasalligiga o’tish mumkin
bo’lgan patologiyaning surunkali shaklari bilan og’rigan shaxslarni maxsus
hisobga olib qo’yiladi.
Sanitariya-texnik tadbirlar
Sanitariya-texnik profilaktik tadbirlar tizimi zararli ishlab chiqarish omillari
noxush ta’sir ko’rsatishining oldini olishga imkon beradi.
Sanoat ventilyatsiyasi qator ishlab chiqarishlar va ba’zi texnologik jarayonlar
uchun ahamiyatli bosqichdagi choralar bo’lib qoladi va ko’pincha ishlab
chiqarish muhiti noxush omillari bilan kurashishda bosh o’rinni o’ynaydi.
Ventilyatsiya tabiiy va sun’iy, ta’sir ko’rsatishi bo’yicha – mahalliy va
umumiy bo’lishi mumkin.
Tabiiy ventilyatsiya. Tabiiy ventilyatsiya asosida sex ichi va undan tashqarida
havo harorati va bosimining turlicha bo’lishi yotadi.
Issiq sexlar havosi yuqori
haroratga va kam nisbiy zichlikka ega. Iliq havo yuqoriga intiladi.
Sexda
havoning tabiiy harakatlanishiga tashqi havoning harakati ta’sir etadi (shamol
bosimi).
Qurilmadagi nozichliklar, deraza va eshik o’rinlari orqali kirish bilan
havo binoda soatiga 1 dan 1,5 martagacha almashinadi. Tabiiyki, ishlab chiqarish
sanoatida havoning bunday almashinishi yetarli emas.
387
Issiq sexlarda qizigan havoni tortib olishni kuchaytirish maqsadida tabiiy
boshqariladigan ventilyatsiya – aeratsiyadan foydalaniladi.
U katta ishlab
chiqarish binolarida havoning ko’p marta almashinishini ta’minlaydi.
Issiq sexlar
ko’pincha balandligi 5-10m dan kam bo’lmagan alohida binolarga joylashtiriladi
Devorlarga derazalar turli bosqichda ikki qator qilib o’rnatiladi. Derazalar
avtomatik tarzda ochiladi va yopiladi.
Yoz mavsumida pastki qatordagi, qishda –
faqat yuqori qatordagi derazalar ochiladi. Bu ish o’rinlari yaqinida havoning
sovib ketishini oldini oladi.
Yilning iliq kunlarida havo oqimi pastki qator orqali amalga oshiriladi.
Qishda
shamolga teskari derazalarning yuqori qatori, yozda - shamol tomonga qaragan
derazalar, shamol yo’qligida – ikkala tomondagi derazalar ochiladi. Tashqi havo
bevosita ishchi zonaga tushadi, qizigan havo esa binoning eng yuqori qismidagi
teshik orqali chiqib ketadi.
Aeratsiyalangan binolarda qizigan va ifloslangan
havoni chiqarib tashlash uchun devorlarning yuqori qismida fonarlar qurilmasi,
hamda tortib oluvchi kanallarda tortib oluvchi shahtalar qurilmasi inobatga
olinadi.
Aeratsiya haroratni pasaytirishning kuchli vositasi bo’lib hisoblanadi.
Aeratsiya yordamida, mexanik ventilyatsiyada imkoni bo’lmagan, juda katta
hajmdagi havo almashinishini amalga oshirish mumkin
Mexanik ventilyatsiya. Sun’iy ventilyatsiyani o’rnatish va ekspluatatsiya qilish
ancha sarf-harajatlarni talab qiladi.
Mexanik ventilyatsiya havo oqimiga ishlov
berish imkonini beradi (namlash, ilitish, mexanik aralashmalardan tozalash va
boshqalar).
Mexanik ventilyatsiya
,
tortib oluvchi va
tortib oluvchi-so’rib oluvchi
bo’lishi mumkin.
Tortib oluvchi
mexanik ventilyatsiyaning vazifasi
– ishlab chiqarish binolariga
havo uzatish.
Bunda havo sexning butun binosi bo’yicha tarqalishi mumkin
(umumiy tortib oluvchi
ventilyatsiya).
Tortib oluvchi
mexanik ventilyatsiya
ishlovchilarning mehnat sharoitini ahamiyatli bosqichda yaxshilashga imkon
beradi
(erituvchilar, gazlarning bug’larini ruxsat etilgan kontsentratsiyagacha
388
suyultirish, ortiqcha issiqlikni yutish, namlikni pasaytirish va boshqalar).
Havo,
qoidaga ko’ra, ish zonasiga yuboriladi. Alohida holatlarda
tortib oluvchi
ventilyatsiya havo bilan isitish tizimi kabi bir vaqtda foydalaniladi.
Mexanik ventilyatsiya havoning mahalliy quyilishi ko’rinishida ishlab
chiqarish mikroiqlimni binoning lokal uchastkasi yoki ish joyida ahamiyatli
bosqichda yaxshilashga imkon beradi.
Bu ayniqsa issiq sexlarda juda muhim.
Ish joyiga yo’naltirilgan havo oqimi havo harorati va tana yuzasidagi tafovut
va havo harakati tezligining yuqoriligi sabab issiqlik berish uchun yaxshi
sharoitlar yaratadi.
Maxsus moslama orqali yuboriladigan havo chiqish joyidan
uzoqlashgan sari kengayib boruvchi havo fakelini («havo dushi») hosil qiladi.
Havoni, ishlab chiqarish binosining ham markazida va hamda perimetrii
bo’ylab, yuqori, o’rta yoki past zonasiga joylashtirilgan bir yoki bir necha havo
o’tuvchilar orqali yuborish mumkin. Masalan, agar sexda chang bo’lsa, havoni
yuqoriga zonaga yuborish maqsadga muvofiq, bu ikkilamchi changlanishni
bartaraf qiladi.
Tortib oluvchi mexanik ventilyatsiya mahalliy va umumiy bo’lishi mumkin.
Mahalliy tortib oluvchi ventilyatsiya issiqlik va namlik, chang, gazlar va
boshqalar bilan kurashish maqsadida qo’llaniladi. Vazifasiga ko’ra mahalliy
tortib oluvchi ventilyatsiya u yoki bu konstruktiv xususiyatlarga ega bo’lishi
mumkin.
Chang bilan kurashish uchun mahalliy tortib oluvchi ventilyatsiya priemniklari,
uning hosil bo’lish joyiga maksimal bosqichda yaqinlashtirilgan bo’lishi lozim,
buning uchun kesuvchi va
shlifovka qiluvchi xalqalar
atrofiga kojuxlar o’rnatiladi.
Tortib
oluvchi
shkaflar
samarali bo’lib, ularda havo
aspiratsiyasi
amalga
oshiriladi.
Binoning
389
bo’linishi strelkalar bilan shartli ravishda ko’rsatilgan (7.2.7-rasm)
7.2.7-rasm. Quyish sexida havo dushi.
Retsirkulyatsiya va konditsionerlash (binolarda sun’iy iqlim hosil qilish)
mexanik ventilyatsiyaga kiradi. Retsirkulyatsiya - mexanik ventilyatsiyaning bir
turi bo’lib, issiqlikni iqtisod qilish maqsadida qisman chiqarib tashlanayotgan
havo qo’shiladi. Konditsionerlash – ishlab chiqarish binolarida berilgan
parametrlar bilan havo muhitini yaratish; havoning tozaligi va boshqa
harakteristikalariga talab yuqori bo’lganida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |