Shaxsiy himoya vositalari
Agar ishlab chiqarishning zararliligini bartarf qilish yoki ularning ta’sirini
kuchsizlantirishning imkoni bo’lmasa, profilaktikaning palliativ usuliga kiruvchi
umumiy profilaktik tadbirlarga qo’shimcha ravishda shaxsiy himoya
vositalaridan foydalaniladi.
Shaxsiy himoya vositalari protivogazlar, respiratorlar, himoya ko’zoynaqlari,
391
antifonlar, maxsus kiyimlar va maxsus poyafzalni o’z ichiga oladi. Nafas
a’zolarini himoya qilishda gazniqob (protivogaz) lardan keng foydalaniladi, ular
avariya holatlari, ifloslangan apparaturalarni tozalash va remont qilishda,
rezervuarlar ichida, sisterna, quduqlarda, lyuklarda va b. ishlashda gazlar, parlar
va aerozollar bilan o’tkir ingalyatsion zaharlanishning ishonchli tarzda oldini
oladi. Vazifasi va printsipial qurilmasiga ko’ra protivogazlar filtrlovchi va
izolyatsiyalovchi (shlangali) turilariga bo’linadi.
Filtrlovchi
protivogazlar havoda bo’lgan zaharli moddalarni filtr yordamida
tutish mumkin bo’lganda qo’llaniladi.
Shlangali protivogazlar nafas a’zolarini ishlab chiqarish atmosferasidan
izolyatsiyalaydi (rasm 8). Ularga havo «toza zona»dan uzatiladi. Shlanganing
uzunligi 15-18 m dan oshmasligi lozim.
Izolyatsiyalovchi
protivogazlar nafas
olinayotgan havoda kislorod miqdori 16% dan kam bo’lganida yoki havodagi
zararli moddalar kontsentratsiyasi
o’ta yuqori va filtratsiya yo’li bilan
zararsiz qiymatini pasaytirishning
imkoni bo’lmaganida qo’llaniladi.
Zararli
havo
muhitida
ishlovchilarning nafas a’zolarining
muloqotda bo’lishini to’liq inkor
qiluvchi ballonlarda siqilgan havo
zahirasi bo’lgan kislorodli priborlar
ham izolyatsiyalovchi vositalarga
kiradi.
7.2.8-rasm. Shlangali protivogazlar
Sanoat
protivogazlari
nafas
chiqaradigan
klapani bo’lgan boshga kiyiladigan rezinali yuz
qismi, filtrlovchi korobka yoki uzun shlangdan
392
iborat. Filtrlovchi protivogazning korobkasi sorbentlar bilan to’ldirilgan, ular
filtrlanayotgan havodagi zaharli parlar va gazlarni yutadi (7.2.8-rasm).
Protivogazlar faqat nafas olish uchun yetarli miqdorda kislorod (18% dan kam
emas) bo’lganida himoya xossalarini saqlab qoladi va ma’lum bir zaharli
birikmalar uchun mo’ljallangan.
7.2.9-rasm. Changga qarshi respiratorlar
Agar toksik moddalarning faqat nafas a’zolari orqali kirish xavfi bo’lsa (simob
parlari) izolyatsiyalovchi protivogazlar o’rnini maxsus universal respiratorlar,
masalan, RPG-67 respiratori, universal gaz-changdan himoya qiluvchi RU-60M
respiratori va b. bajarishi mumkin.
Changga qarshi respiratorlar yuz va filtrlovchi qismdan iborat (7.2.9-rasm).
Nafas bilan olingan havoni tozalash uchun filtr sifatida paxta, jun, shoyi, teshikli
karton, yumshoq qog’oz, sintetik matolar va b. qo’llaniladi.
So’nggi yillarda sanoatda dokaning ikki qavati orasiga joylashtiriladigan maxsus
matodan (yupqa tolali sintetik material) tayyorlangan, umumiy maydoni 250 sm
2
bo’lgan changga qarshi respirator - povyazka ShB-1 («Lepestok») keng
qo’llanilmoqda.
Nafas olishga minimal qarshilik ko’rsatadigan (2-4 mm suv ust.) va respirator
massasi 10 g atrofida bo’lganida ShB-1 effektivligi 100% ga yaqin bo’ladi.
Hozirgi vaqtda zaharsiz changlardan himoya qilish uchun qator respiratorlar
ishlab chiqarilmoqda: PRB-5, RPP-57, F-62, PRSh-2-59, «Astra-2».
Himoya ko’zoynaqlari ko’ruv a’zolarini chang, singan parchalar, zaharli
moddalar va erigan metalllarning sachrashi, infraqizil va ultra binafsha nurladan
saqlaydi.
Himoya ko’zoynaqlari ko’ruv maydonini chegaralamasligi, shishaning
sekin terlashini ta’minlashi, yuz terisiga yaxshi yopishib turishi, yetarlicha
mustahkam bo’lishi, hamda ko’zoynaqlar yengil bo’lishi lozim.
Ko’zlarni mexanik jarohatlanishdan himoya qilish uchun to’rli ko’zoynaqlar
yoki «tripleks» turidagi ko’zoynaqlarni qo’llash mumkin.
Radiolokatsion stantsiyalarda SVCh-nurlanish bilan ishlash uchun latun to’ri
393
yoki metali shishadan tayyorlangan
himoya ko’zoynaqlari qo’llaniladi.
Changga qarshi ko’zoynaqlarga haydovchilar va qishloq xo’jaligi
ko’zoynaqlari, hamda avariyaviy ko’zoynaqlar (germetik «ko’zoynaqlar-
konservalar»)
kiradi, ular boshdan-oyoq rezina gardishga ega bo’lib, ko’zlarni
zaharli, o’tkir changdan, hamda parlar va gazlardan saqlaydi.
Maxsus kiyim va maxsus poyafzal ishlovchilarni noxush meteorologik omillar,
namlik, chang, kislota, ishqorlardan himoya qilish uchun qo’llaniladi. Bu shaxsiy
himoya vositalari ekspluatatsion va gigiyenik talablarga javob berishi lozim.
Ishlab chiqarish jarayoni va mehnat sharoiti harakteriga ko’ra issiq sexlarda,
yuqori changlik sharoitida ishlash uchun mo’ljallangan maxsus kiyimlar
farqlanadi va b.
Maxsus kiyimlar turli matolardan tayyorlanadi, ular ham gigiyenik, va hamda
maxsus talablarni qondiradi. Asosiy mato sifatida paxta, zig’ir, jun, shoyi, sun’iy
tolalar (kapron, lavsan, xlorin, ortorlon va b.)
qo’llaniladi.
Erigan metallning sachrashidan himoya qilish uchun zig’ir, brezent va jun
matolari, kislota va ishqorlardan – rezinali polivinilxloridli matolar; mineral
yog’lar va organik erituvchilar ta’siridan – maxsus moyga chidamli mato,
changdan - moleskin turidagi ip gazlamadan foydalaniladi.
Issiq sexlarda
ishlashda infraqizil nurlardan himoya qilish uchun bir necha qavatli maxsus
kiyim tavsiya etiladi: tashqi qavati - zig’irdan, o’rta qavati – jun mato (issiq
nurlarni yutadi) va ichki qavati – yumshoq gigroskopik ip gazlamadan. Bir
vaqtning o’zida nurlanishdan lokal himoya qilish uchun aks etishning katta
koeffitsienti bo’lgan metall qatlami qoplangan matodan foydalaniladi.
Maxsus kiyimlar uchun matolar havo o’tkazuvchi, gigroskopik, issiqni
o’tkazuvchi, maxsus himoyani ta’minlashi lozim. Maxsus konstruktiv usullar
yordamida bichim mato xossasini ahamiyatli bosqichda korrektsiyalashi mumkin.
Dyural va plastmassali kaska va shlemlar ko’rinishidagi himoya bosh kiyimlari
(shahterlar, quruvchilar va b. uchun), sukonli va voylochkali panamalar (issiq sex
ishchilari uchun) boshni mexanik shikastlanish, kuyish, suv tushishidan himoya
394
qiladi va b.
Ba’zi ishlab chiqarish jarayonlari maxsus matolardan tayyorlangan maxsus
poyafzalni qo’llashni talab etadi (shahterlar, issiq sex ishchilari va b. uchun
poyafzal).
Zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini bartaraf etish uchun shuningdek
himoya pastalari va malham dorilar qo’llaniladi. Ular gidrofil va gidrofobga
bo’linadi va qo’l va yuz terisini parlar, gazlar, changlar, agressiv moddalar, nur
energiyasidan saqlaydi. Himoya pastalari va malham dorilarini tanlash zaharli
moddaning yog’, suv, himoya plenkali materiallarda erish qobiliyati bilan
aniqlanadi.
Gidrofil mazlar kraxmal yoki sovun asosida tayyorlanadi, plenka hosil qiluvchi
modda sifatida glitserin va jelatindan iborat.
Malham dorilar va pastalar suv va agressiv moddalarning suvli eritmalaridan
himoya qilish uchun gidrofob – yog’, moy, stearin kislotasi, parafin, suvda
erimaydigan smola, efir va sellyuloza asosida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |