Simob organik birikmalar
guruhidagi pestitsidlar urug’larni zararsizlantirish
uchun keng qo’llaniladi. Simob organik birikmalarga granozan, etilmerkurfosfat,
merkuran kiradi.
Ular yuqori toksiklik, kuchli kumulyatsiya xossasiga ega, va
atrof-muhitga chidamli. Organizmga ular nafas a’zolari, teri, ovqat hazm qilish
a’zolari orqali tushadi. Toksik ta’siri asosida fermentlar sulfgidril guruhining
inaktivatsiyasi, hamda gematoentsefalik barer orqali o’tish qobiliyati yotadi,
miya to’qimalarining shikastlanishi shu bilan bog’liq.
O’tkir zaharlanishda bemorlar og’izda metal ta’m va achishishni his qiladilar,
bosh og’rig’i, ko’ngil aynashi, so’lak oqishi, milklarning qonashi, qorinda og’riq,
qon bilan ich ketishi kuzatiladi. Astenovegetativ sindrom fonida vaqti-vaqti bilan
hushdan ketish, ataksiya kuzatiladi.
O’tkir intoksikatsiyaning og’ir shaklida asab tizimining diffuz ortga qaytmas
shikastlanishi kuzatiladi (ko’rish va eshitish gallyutsinatsiyalari, alahsirash).
Kichik miya (ataksiya, dizartriya, tremor), oraliq miyaning funktsiyasi buziladi
(ozib ketish, poliuriya, vegetativ-vistseral krizlar, qandsiz diabet), polinevritlar,
parezlar, falajlar rivojlanadi.
Surunkali intoksikatsiyada stomamatit, gingivit, burun qonashi paydo bo’ladi,
ba’zida astenovegetativ sindrom, polinevrit, neyrotsirkulyator distoniya bilan
406
birga kechadi.
Simob organik birikmalar allergik va embriotoksik ta’sir
ko’rsatadi.
Ishchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishda yurak-qon tomir va qon hosil qilish
tizimi, jigar, buyrak, asab tizimi, hamda qon tahlilini (EChT, qonda qand
miqdori, bazofil donadorlik bilan eritrotsitlar) tekshirish lozim.
Karbamin, tio- va ditiokarbamin kislotalarning hosilalari insektitsidlar,
fungitsidlar va gerbitsidlar sifatida qo’llaniladi.
Ular asosan kam zaharli, kam
kumulyativ xossaga ega. Metil- va dimetilkarbamat
(
dikrezin, sevin),
fosfororganik birikmalardan farqli ravishda, davomiyligi kam bo’lgan
antixolinesteraza xossasini namoyon qiladilar.
Fenilkarbamat (karbinlar, xlor-IFK) metgemoglobinni faol hosil qiladi.
Sevin
o’tkir zaharlanishda xolinesterazani faolligini pasaytiradi. Dikrezin xolinesteraza
faolligini pasaytiradi. Fenilkarbamatlar o’tkir zaharlanishda nafas siqishi,
parezlar, talvasa, kuchli sianozni chaqiradi. Tiokarbamatlar oksidlanish
jarayonlari, nuklein almashinuvi, asab tizimi, jigar, endokrin bezlarining
shikastlanishini chaqiradi.
2,4-dixlorfenoksiuksusli kislota preparatlari (2,4-D) gerbitsidlar sifatida
qo’llaniladi. Ular o’rta bosqichdagi toksiklikka ega, kuchli teri-rezorbtiv va
mahalliy ta’sirlovchi va sensibilizatsiyalovchi ta’sir ko’rsatadi.
Bu birikmalar organizmga oshqozon-ichak trakti, teri va o’pka orqali tushadi.
O’tkir intoksikatsiyada bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynashi, qusish,
oyoq-qo’llarda xolsizlik bezovta qiladi, dermatitlar, kon’yunktivitlar yuqori nafas
yo’llarining ta’sirlanishi kuzatilishi mumkin.
Surunkali zaharlanishda og’izda shirin ta’m hissi, nafas siqishi, qabziyat, o’ng
qovurg’a ostida va yurakda og’riq kuzatiladi. Vegetativ disfunktsiya bilan astenik
sindrom, hid bilishning buzilishi, gipotenziya yuzaga keladi. Gepatitlar,
xoletsistitlar, surunkali gastritlar, bronxitlar, atrofik rinitlar, kam holatlarda -
pnevmoskleroz kuzatilishi mumkin.
Tibbiy profilaktik ko’ruvlarda umumiy qon va peshob tahlilidan tashqari,
407
EChT, peshobda urobilinni aniqlash, olfaktometriyani o’tkazish zarur.
Intoksikatsiyaga shubha qilinganida qonda qand miqdori, katalaza, peroksidaza,
aminotransferazalarning faolligi, trombotsitlarning soni, qonning ivish vaqti,
asosiy moddalar almashinuvi, jigarning funktsional holatini aniqlash tavsiya
etiladi, vegetativ tomir sinamalarini olib borish, EKG va EEG ma’lumotlaridan
foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |