Pestitsidlar bilan ishlashda zaharlanishning oldini olish choralari.
Pestitsidlarni turar-joy binolari, suv bilan ta’minlash manbalari va chorvachilik
ob’ektlaridan 200m oraliqdagi masofada joylashgan maxsus omborxonalarda
saqlash lozim. Bunday omborxonalarda ishlash juda xavfli bo’lganligi bois, u
yerda faqat tibbiy ko’rikdan o’tgan va pestitsidlar bilan ishlashga maxsus
ruxsatnomasi bo’lgan shaxslarga ruxsat beriladi. Zaharli ximikatlar va pestitsidlar
omborida gigiyenik ratsional tara, yumshoq tarani mexanikka almashtirish,
binoni nam latta bilan tozalash, sun’iy ventilyatsiyadan foydalanish zarur
(mexanik ventilyatsiyani ish boshlashdan 1,5-2 soat avval yoqish zaharli
ximikatlar kontsentratsiyasini kamaytiradi). Omborxonalarda kuniga 6 soatgacha
ishlash mumkin, granozan bilan ishlashda esa kuniga 4 soatdan oshmasligi lozim.
Ish vaqtida shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
Dorilashda urug’larni uzatish va dozalash, zaharli ximikatlarning
suspenziyasini tayyorlash, urug’larni dorilash va qoplarga joylashtirish,
ekiladigan materialga uzluksiz ishlov berish to’liq mexanizatsiyalashgan va
avtomatizatsiyalashgan bo’lishi zarur. Barcha texnologik jarayon germetik tarzda
olib borilishi lozim. Dorilangan urug’larning fungitsidlar va changlar bilan
zaharlangan havo so’rib olinadi va filtrlanadi. Shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanishdan tashqari, xodim ishlashning xavfsiz usuliga o’rgatiladi.
O’simliklarga dori purkash va changlashda traktor kabinasi germetik yopilgan,
toza havo bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Purkash ishlarini distantsion
boshqaruviga ega bo’lish maqsadga muvofiq.
Shamol tezligi 4 m/s dan yuqori bo’lganida yer usti apparaturasi yordamida
408
o’simliklarga dori purkash va changlashni o’tkazish mumkin emas, aerozollar
bilan ishlashga shamolsiz ob-havoda yoki yo’nalishini hisobga olib, kuchsiz
shamol (2 m/s gacha)
bo’lganida yo’l qo’yiladi.
Ko’pgina qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda (uzum, sabzavotlar,
mevalar v.b.) va xususan, pestitsidlar bilan ishlov berilgan dalalarda
mexanizatsiyalashtirilgan va qo’l ishlarini bajarishda nafas yo’llari va teri
qoplami orqali organizmga pestitsidlar tushishi mumkin. Ishlovchilarning
pestitsidlar bilan muloqotini maksimal bosqichda kamaytirish maqsadida
ularning kimyoviy ishlovdan so’ng dalaga chiqish muddatlari reglamentlab
qo’yilgan. Masalan, ftalofos bilan ishlov berilgan lavlagi dalasiga faqatgina 3-6
sutkadan so’ng chiqish mumkin.
Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish pestitsidlar va mineral o’g’itlarning
ta’sir ko’rsatishini oldini oladi (kombinezonlar, respiratorlar, ko’zoynaqlar v.b.).
Pestitsidlar va mineral o’g’itlar bilan chaqirilgan kasbiy kasalliklarning
profilaktikasi uchun tarkibida terapevt, nevropatolog, ko’rsatma bo’yicha
dermatolog, otolaringolog, oftalmolog, ginekolog va zarurat bo’lganida boshqa
mutaxassislardan iborat hay’at ishtirokida tibbiy ko’riklar o’tkaziladi.
Tibbiy- profilaktik chora-tadbirlar, shuningdek ishlovchilar organizmining
qarshilik kuchini oshirishga yo’naltirilgan, davolovchi-profilaktik ovqatlantirish,
davolovchi gimnastika, fizioterapevtik muolajalar va boshqalar amalga oshiriladi.
Pestitsidlar bilan ishlash qat’iyan taqiqlangan shaxslar:
-ayollar 50 yoshdan keyin, erkaqlar – 60
-homilador ayollar va ko’krak bilan emizadigan ayollar
-18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar hisoblanadi.
O’zbekistonning tuproq sharoiti kam unumli tuproq mintaqasiga kiradi,
shuning uchun bunday tuproq muntazam ravishda
mineral o’g’itlar
bilan boyitilib
turilishini talab etadi. Mineral o’g’itlar o’z o’rnida kaliyli, fosforli, azotli
o’g’itlarga bo’linadi. Lekin bular ichida asosiy mineral o’g’it sifatida azotli mineral
409
o’g’itlar hisoblanib, ular barcha turdagi qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda
keng foydalaniladi.
Azotli o’g’itlar ichida juda keng ko’lamda qo’llanadigan o’g’it selitradir
(ammiaqli, natriyli va boshqalar), uning ta’sir etuvchi asosiy elementi nitrat
hisoblanadi.
Tuproqqa yuqori darajada ishlov berish uning hosildorligini bir me’rda
bo’lishini ta’minlaydi, hamda hosildorlikni qo’tarishda juda muhim omil
hisoblanadi va yuqori hosil olishga sharoit yaratadi, ammo Ammo selitradan
nazoratsiz va ko’p hollarda asossiz ravishda foydalanishi kuzatilishi mumkin.
Bunday sharoitda selitradan ortiqcha foydalanish sharoitida atrof muhit - tuproq,
suv, yetishtirilayotgan mahsulotlarning nitratlar bilan ifloslanishidan tashqari, bu
mahsulotlarning iste’mol sifati ham pasayadi. Bundan tashqari selitradan ortiqcha
foydalanish shu sohadagi ishchilar organizmi uchun ma’lum darajada xavf
tug’diradi. Nitratlar odam organizmiga ifloslangan suv, ovqat mahsulotlari orqali
tushishidan tashqari, ulardan foydalanishda mexanizatsiyadan to’liq va unumli
foydalanmaslik sharoitida qo’llarning ifloslanishi, o’g’itlarning mikrozarrachalarini
havo muhitiga o’tishi va nafas orqali organizmga kirish, so’lak orqali so’rilish
kabilar natijasida nitratlarga doir zo’riqish holati kuzatiladi.
Bundan tashqari organizmga nitratlarning yuqori miqdorlarda tushishi
dalada ishlovchilar organizmida xavfli o’sma kasalliklarining kelib chiqishiga
sharoit yaratishi mumkin. Mas., nitratlarning organizmga tushishi N -
nitrozoaminlarningendogen sintezlanishini belgilab beradi, nitrozoaminlar esa
sezilarli darajada kantserogenlik xususiyatiga egadir. O’zbekistondagi qishloq
aholisining onkologik kasalliklar bilan kasallanishida nitratlarning tutgan o’rnini
o’rganish maqsadida o’tkazilgan tadqiqotlar, nitratlarning ortiqcha miqdori bilan
onkologik kasallanish o’rtasida korrelyatsion bog’liqlik borligi aniqlangan. Bu
omilning nomuvofiq ta’sirini oldini olish bo’yicha ishlab chiqilgan tadbirlar
guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin:
410
1.Qishloq xo’jaligida tabiiy azot manbalaridan foydalanishni kengaytirish
(tabiiy go’nglar, kompost va boshqalar);
2.Tuproqning agrotexnik holatini hisobga olib, mineral o’g’itlardan
foydalanish va gigiyenik reglamentlar asosida tuproqqa solish, o’g’itlar tarkibidagi
azot miqdorini albatta inobatga olish, hamda o’stirilayotgan o’simlikning turini
hisobga olish katta ahamiyatga ega.
3.O’g’itlarni granula yoki donador holida ishlab chiqish va qo’llash , qaysiki
havo muhitining ifloslanishini ma’lum darajada kamaytiradi.
4.Mineral o’g’itlarni qo’llashda mexanizatsiyani joriy qilish orqali tuproqni
parvarishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |