F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

Mexanik tebranish-

mexanik tebranish harakatlari bilan chaqirilgan ishlab 

chiqarish  muhitining  zararli  omillariga  shovqin,  ultra  tovush,  infratovush  va 

tebranish  kiradi.  Xalq  xo’jaligining  turli  sohalarida  keng  qo’llaniladigan 

tovushning kuchli manbalari, hamda tebranishni generatsiya qiluvchi mashina va 

qurilmalar,  ahamiyatli  bosqichda  mexanik  tebranishning  inson  sog’lig’iga  ta’sir 

ko’rsatishi, kasbiy patologiyaning rivojlanishini aniqlab berdi. 

Ishlab chiqarishdagi shovqin – bu turli intensiv va balandlikdagi tovushlarning 

yig’indisi  bo’lib,  vaqt  mobaynida  tartibsiz  o’zgarib  turadi,  ishlab  chiqarish 

sharoitida yuzaga keladi va organizmga noxush ta’sir ko’rsatadi. 

Sanoat  korxonalarida  turli  uskunalarning  ishlashida,  mahkamlash,  chekanka 

qilish, stanok, transport shunga o’xshashlarda ishlaganda tebranish yuzaga keladi, 

u havo muhitiga o’tkazilib, unda tarqaladi. Tovush to’lqini tebranish manbasidan 

havoning quyuq zona va siyraqlashuvi ko’rinishida tarqaladi. Mexanik tebranish 

amplituda va chastota bilan harakterlanadi. Tebranish balandligi amplituda bilan, 

chastotasi – 1 s da to’liq tebranishlar soni bilan aniqlanadi.  chastotaning o’lchov 

birligi  gerts  (Gts)  –  sekundiga  bir  tebranish.  Tebranish  amplitudasi  tovush 

bosimining o’lchamini aniqlaydi. Shunga bog’liq holda tovush to’lqini 1 sm

da 


vattlarda o’lchanadigan ma’lum mexanik energiyani tashiydi. 

Tebranish  chastotasi  tovushning  balandligini  aniqlaydi:  tebranish  chastotasi 

qancha  katta  bo’lsa,  tovush  shuncha  baland  bo’ladi.  Inson  faqat  20  dan  20 000 

Gts  chastotagacha  bo’lgan  tovushni  qabul  qiladi.  20  Gts  dan  pasti  infratovush 




 

374 


 

sohasida,  20  000  Gts  dan  yuqori  –  ultratovush  sohasida  bo’ladi.  Biroq  real 

hayotda, shu jumladan ishlab chiqarish sharoitida, biz chastotasi 50 dan 5000 Gts 

gacha  bo’lgan  tovushlarni  uchratamiz.  Insonning  eshituv  a’zosi  chastotaning 

absolyut emas, nisbiy o’sishiga reaktsiya qaytaradi: tebranish chastotasining ikki 

baravar  o’sishi,  oktava  deb  ataluvchi  tonning  ma’lum  qiymatga  oshishi  kabi 

qabul  qilinadi.  Shunday  qilib,  oktava  –  chastotaning  yuqori  chegarasi  pastki 

chegaradan  ikki  marta  ko’p  bo’lgan  diapazon.  Chastotalarning  barcha  diapazoni 

o’rta  geometrik  chastotalar  bilan  oktavalarga  ajratilgan  16;  31,5;  63;  125;  250; 

500; 1000; 2000; 4000; 8000 va 16 000 Gts. Shovqinni amalda baholash 63 dan 

8000 Gts diapazonida olib boriladi. 

Shovqin  chastotasi  bo’yicha  energiyani  taqsimlash  uning  spektral  tarkibini 

bildiradi. Shovqinni gigiyenik baholashda uning ham intensivligi (kuchi), va ham 

chastotalar bo’yicha spektral tarkibi o’lchanadi. 

Qabul  qilinadigan  energiyaning  katta  kengligi  bilan  bog’liq  tovush  yoki 

shovqinlarning  intensivligini  o’lchash  uchun  Bel,  yoki  detsibel  (dB)  deb 

ataluvchi  logarifmik  shkaladan  foydalaniladi.  0  Bel  uchun  dastlabki  raqam 

sifatida eshitish uchun bo’sag’a energiya qiymati 10

-16

 Vt/sm


2

 deb qabul qilingan 

(eshitish yoki qabul qilish chegarasi). U 10 baravar oshganda (ya’ni 10

-15


 Vt/sm

gacha)  tovush  sub’ektiv  ikki  baravar  baland  kabi  qabul  qilinadi,  uning 



intensivligi 1 Bel, yoki 10 dB ni tashkil qiladi.  Dastlabkiga nisbatan intensivligi 

100  baravar,  ya’ni  10

-14

  Vt/sm


2

  gacha  oshganida,  tovush  avvalgisidan  ikki 

baravar baland bo’ladi, uning intensivligi  2 Bel,  yoki  20  dB ga teng  va  hakozo 

bo’ladi. 

Tovush  sifatida  qabul  qilinadigan  balandligining  barcha  diapazoni  140  Db  ga 

jamlanadi.

 

Balandligi  bo’yicha  bu  qiymatdan  yuqori  bo’lgan  tovushlar,  insonda 



noxush va og’riqli holatni chaqiradi, shuning uchun 140 dB li balandligi og’riq 

bo’sag’asi  deb  ataladi.  Binobarin,  tovushlar  intensivligi  o’lchanganda  energiya 

yoki  bosimning  absolyut  qiymatlari  emas,  balki  ushbu  tovush  energiyasi  yoki 

bosimi  qiymatini  eshitish  uchun  bo’sag’a  hisoblangan  energiya  yoki  tovush 




 

375 


 

bosimining qiymatiga nisbatida ifodalanadigan nisbiy qiymatda foydalaniladi. 

Ko’rib  chiqilgan  fizikaviy-gigiyenik  tavsiflarini  hisobga  olgan  holda  ishlab 

chiqarishdagi shovqinni turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish