Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Choy ichayotgan mahalda Anvar so‘ramasa ham, o‘zi muddaoga ko‘chdi: 
— Men maktabda tarixdan dars beraman. Uch-to‘rt kun burun bitta kitobcha qo‘limga 
tushib qoldi. Chiqqaniga ancha bo‘lgan ekan. Mana, — u to‘rxaltadan kitobchani olib 
Anvarga uzatdi. — «Qishloqlarda Sovet hokimiyatini mustahkamlashda partiya 
yacheykalarining ro‘li» ekan. 
— Bilaman, ko‘rganman, — dedi Anvar, kitobni qo‘lga ham olmay. 
— Bilmaysiz, jiyan, — dedi mehmon kitobni varaqlab. — Kitob asosan Shoto‘ra, 
Sultonobod, Mushtketdi qishloqlari misolida yozilgan. Bitta gapi ham haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydi. 
— Unchalik emasdir, — dedi Anvar. — Shu ishi uchun bu odamga fan do‘kto‘ri degan 
ilmiy unvon berilgan. 
— E balo berilmaydimi, menga desa! Yolg‘on gaplar yozilgan deyapman-ku, sizga! O‘n 
yetti-o‘n sakkizinchi yillarda bu qishloqlarda partiyaning urvog‘i ham bo‘lmagan. Partiya 
nimaligini bilishmagan. Hamzaning «Farg‘ona fojiasi» degan asarini eshitganmisiz? Faqat 
o‘qiganman, deb yolg‘on gapirmang. 
— O‘qiganman, desam nega yolg‘on bo‘ladi? 
— Ana ko‘rdingizmi, siz ham buning tarixini bilmaysiz. Bu asarning nomigina qolgan
xolos. CheKa uni o‘sha yillariyoq yo‘q qilib yuborgan. Bu asarda Hamza dashnoqlarning 
yovuzligini tasvirlagan ekan. Tomoshani Toshkentda bir martagina ko‘rsatishgan. 
Ikkinchisida CheKa bosgan. Keyin Turkkomissiya Farg‘onani tekshirib, Hamzani haq deb 
topgan. Dashnoqlarga chora ko‘rganday bo‘lishgan. Ana o‘shandan keyingina mahalliy 
millatdan partiyaga olish kerak, degan masala ko‘tarilgan. Birinchi bolshevik paydo 
bo‘lganda bosmachilarni qirib bitirishgan edi. Xolidiy deganingiz tarixchimi o‘zi? 
— O‘, nimasini aytasiz, tarixchi bo‘lganda ham zo‘rlaridan. 
— E, o‘rgildim. 
— Choyni ichib bo‘lganga o‘xshaysiz, a? Men sizni bir xonaga kuzatib qo‘ysam. O‘lmas 
Akrom degan bir yigit shu dargohning xo‘jayini. «Menga Xolidiy domla keraklar, 
kitoblarini o‘qib, atay yo‘qlab keldim», deysiz. Boshqa gapni aytmay turasiz. Xolidiyni 
darrov chaqirtiradi. Ana undan keyin aytasiz. 
Anvar shunday deb uni qabulxonaga boshladi. Kotibaga mehmonni tanishtirgach, iziga 
qaytdi. Yana bir necha daqiqadan so‘ng sodir bo‘lajak voqeani ko‘z oldiga keltirib o‘zicha 
jilmayib qo‘ydi: ...avvaliga O‘lmas Akrom ham, Xolidiy ham quvonadi. Kitobimni o‘qib, 
ziyorat qilgani kelibdi, deb taltayadi. So‘ng... tarix o‘qituvchisidan eshitadiganini eshitib, 
yetti qavat terisi shilinib tushadi. O‘lmas tarix o‘qituvchisini «izzat-ikrom bilan» ko‘chaga 
qadar kuzatib qo‘yadi. So‘ng kotibadan mehmonni kim boshlab kelganini so‘raydi... 
Ko‘p o‘tmay hamxonalari kelishdi. «Eng kichik ilmiy xodim» Anvar bilan salomlashib
hol-ahvol so‘ragach, kitob varaqlashga tushdi. «E g‘ofil banda, — deb o‘yladi Anvar, — 
tarix ilmini suvdek ichib yuborsang ham, Xolidiyga mute bo‘lish ilmini egallamasang, shu 
holda qog‘oz titib umringni o‘tkazasan. Sen ishga vaqtida kelding. Ahmoq bo‘lib joyingda 
o‘tiribsan. Boshqalarga qara, dahlizda turishibdi. Ustozga salom berish uchun uning 
yo‘lini poylashyapti. Ular tarixni titgani emas, ustozlarini ziyorat qilgani kelishadi. Sen 
ahmoq esa, ziyorat qilishga bo‘yning yor bermagani uchun kichik  ilmiy xodim maoshi 
bilan pensiyaga chiqasan. O‘lganingda miyangni ochib qarashsa, g‘ij-g‘ij aqlni ko‘rishadi. 
Akademik bo‘lsa kerak, deb o‘ylashadi. Sen esa kichik ilmiy xodimsan. Afsuski, aqlni 
tiriklikda ham, o‘lgandan keyin ham ko‘rib bo‘lmaydi...» 
Gulnora kirib, Anvarning xayoli bo‘lindi. U shoshib kirib, shoshib salomlashib
sumkasidan bir nimani shoshib oldi-yu, shoshib chiqdi. «Ustoz kelgunga qadar, paytdan 
unumli foydalanib, sotadigan mataxini ko‘rsatib olishi kerak», deb o‘yladi Anvar. 
Anvarning mo‘ljalidagi yarim soat o‘tgach, dahlizdagi harakatlar tindi-yu, eshik ochilib, 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish