Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Anvar xayrlashib, iziga qaytar chog‘ida Zohidning savollarini bir-bir eslab, «og‘aynimga 
yordam beraman, deb ishini chalkashtirib yubordim shekilli», deb kelganiga pushaymon 
yedi. 
Zohid uchun esa bu kutilmagan uchrashuv, kutilmagan gaplar kalavani yana 
chigallashtirdi. «Hamonki Asadbek kuyovidan gumonsirabdimi, bunda bir gap bor, — deb 
o‘yladi u. — Ajab... nima uchun aynan Jamshidni o‘ldirdi, deb gumon qilyapti? U holda 
Jalol Komilovni kim o‘ldirgan? Kuyovidan gumonsiradimi, demak... guruhlar urushi emas 
bu. Unda Maqsud akaning fikrlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Guruhlar hali olishuv uchun pishib 
yetilmagan, olishuvning boshlanishiga asos yo‘q hali. Xo‘sh, unda kim? Balki biron-bir 
guruh Elchinni o‘ziga og‘dirib olishga harakat qilgandir. Asadbekning gumoni 
shundadir?...» 
Zohidning xayoli Chuvrindi kelguniga qadar shu muammolar bilan band bo‘ldi. Mahmud 
Ehsonov ayni aytilgan vaqtda, bir daqiqa nari-beri qilmagan holda keldi. U bilan birga 
xonaga yoqimli atir hidi ham kirdi. Chuvrindi kun issiq bo‘lishiga qaramay, oq-pushtiga 
moyil kostyum kiygan, qizil galstuk bog‘lab olgan edi. Sochlarini silliq taragan, o‘ng 
qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘iga tilla uzuk taqqan odamni birov «Chuvrindi» deb 
chaqirsa, kulgili holat yuz berardi. 
Chuvrindi bashang kiyingani bilan harakatida, qarashlarida, hol-ahvol 
so‘rashayotganidagi ovozida kibr sezilmadi. Uning bu qadar madaniyatli bo‘la olishini 
Zohid hatto o‘ylab ham ko‘rmagan edi. 
Ularning orasida — urinibroq qolgan yozuv stoli. Aslida, hayotning qitmirliklari oldida ojiz 
qolishmaganida ilm bobida bahs yuritishi mumkin bo‘lgan ikki odam prokuratura 
mahkamasida yuzma-yuz o‘tirar edi. Yuzasi issiq choynak izlaridan dog‘langan bu stol 
juda ko‘p odamni ko‘rgan, ammo ilm ko‘chasidan nari ketishga majbur bo‘lganlarning 
uchrashuviga endi guvoh bo‘lgandir. Ularning taqdirlarida yuzma-yuz kelish bor ekan. 
Ma’lum bir nuqtada ilm ko‘chasidan burilmaganlarida edi, ayni fursatda qaysi bir ilmiy 
kengashda davrning muhim ilmiy muammosi bo‘yicha bahs yuritgan bo‘larmi edilar. 
Zohid yarim yo‘lda boshqa ko‘chaga burildi. Chuvrindi hali ilm ko‘chasiga yaqin ham 
kelmagan edi. Katta shaharga o‘qirman, degan umidda keldi-yu, boshqacha «o‘qish»ga 
kirib qoldi. Bu «o‘qish»ni a’lo darajada ado etgani uchun «muallim»lari uni o‘z yonlarida 
olib qoldilar. Uning ziyrak aqli qachondir shu mahkamada so‘roqlarga javob berajagini 
bilardi. Shu sababli ostona hatlayotganida guvoh sifatida chaqirilganiga shukr qilib 
qo‘ydi. 
— Yolg‘on guvohlik berish qonun bo‘yicha jazolanajagini eslatib qo‘ymoqchiman, — deb 
gap boshladi Zohid, rasmiy ohangda. 
«Baland dorga osilmoqchiga o‘xshaydi-ku», deb o‘yladi Chuvrindi. U Zohidga bir oz 
tikilib turdi-da, kulimsiradi. 
— Yolg‘ondan Xudoning o‘zi asrasin. Yolg‘on guvohlik berish uchun atay kelgan ahmoqqa 
o‘xshaymanmi? 
— Bu yerga faqat ahmoqlar keladi deb o‘ylaysizmi? 
Savolga savol bilan berilgan javob Chuvrindini ziyrak torttirdi. Garchi u ayni damda 
kibrdan uzoq bo‘lsa-da, Zohidni mensimay turgan edi. 
— Aytdim-qo‘ydim-da, — dedi u, hazil ohangiga ko‘chib. 
— Rasmiyatchiligimiz shunaqa, uzr, — dedi Zohid, gap ohangida bir pog‘ona pastga 
tushib. So‘ng qog‘oz-qalam olib, rasmiyatchiligini davom ettirdi. — Ismi sharifingiz, 
tug‘ilgan yilingiz... 
Chuvrindi aytib turdi, u yozdi. Rasmiyatchilik tugagach, asosiy maqsadga ko‘childi: 
— Jamshid Sunnatullaev kimingiz bo‘ladi? 
— Tanishimning o‘g‘li. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish