www.ziyouz.com kutubxonasi
46
— Agar qotillikni sening bo‘yningga ilishmoqchi bo‘lishsa, aytish kerak.
— Kimga?
— Kimga? — Anvar o‘ylandi, birdan esiga Zohid tushdi. — Akamning bir shogirdi
prokuror bo‘lgan. Halol bola. Olib boraymi?
— Yo‘-o‘q, aralashtirma uni. Men Asadbekdan qo‘rqmayman. Oxirigacha olishaman.
O‘lsam o‘larman, o‘lishim aniq, ammo orqaga chekinish yo‘q. Quy yana.
Elchin piyola bo‘shatib o‘rnidan turdi.
— Bo‘sh kelish yo‘q, og‘ayni, sen gaplarimni unut. Dardimni senga to‘kdim, o‘rniga
adovat urug‘ini sepdim. Bu urug‘ hademay unib chiqadi, ko‘rasan.
Elchin shunday deb bir oz gandiraklagan holda uydan chiqdi. Anvar kuzatib qo‘ymoqchi
edi, unamadi. Shu bo‘yi yarim tungacha tentirab yurdi.
Anvar ertalab barvaqtroq yo‘lga chiqib prokuratura tomon ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |