Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
— Qaynotasi suygan yigit osh suzilganda kirib kelarkan, — dedi Anvar unga peshvoz 
chiqib. Anvar uning g‘ashiga tegish uchun atayin «qaynona» emas, «qaynota» degan 
edi. Elchin hozir qitmirlikni ko‘taradigan ahvolda emasdi. Shu sababli do‘stiga xo‘mrayib 
qaradi. Anvar ham hazili o‘rinsiz bo‘lganini sezdi. Elchinning yonog‘idagi ko‘k dog‘ni 
ko‘rib: «Ha, tinchlikmi?» dedi. «O‘tin tegib ketdi», dedi Elchin to‘ng‘illab. U Risolat 
kampir bilan so‘rashib chiqqach, mehmonxonaga o‘tishdi. Osh ikki laganga suzildi. 
Elchinning qorni och bo‘lsa-da, tomog‘idan ovqat o‘tishi qiyin edi. 
— Biz kundoshlarga o‘xshab qolibmiz. Mening kayfiyatim yaxshi bo‘lsa, seniki chatoq. 
Seniki yaxshi bo‘lsa, meniki chatoq. Nima gap, dilingni yorsang-chi? 
— O‘zi yoriladigan bo‘lib turibman. 
— Ichasanmi? 
— Bormi? 
— Topamiz. Lekin meni zo‘rlamaysan. 
— Zo‘rlagan — o‘g‘ri. 
Anvar kitoblar orasiga yashirib qo‘ygan shishani olib ochdi-da, piyolani lim-lim qilib 
to‘ldirdi. Elchin bir ko‘tarishda ichib, xo‘rsinib qo‘ydi. «Dardi og‘ir, oshnamning», deb 
o‘yladi Anvar. 
— Quy yana. 
— Oshdan ye. 
— Oldin quy, keyin yeyman. 
Elchinni ezayotgan dard ikki piyola aroqning kuchi bilan tarqaydigan anoyi dardlardan 
emasdi. Elchin aroqni ichib bo‘lganidan keyin ham osh yemadi, tund holda o‘tiraverdi. 
Anvar ham toqat qilib, uning gap boshlashini kutdi. Aroq deganlari dardni yengillatmasa 
ham odamni sayratadi. Nihoyat, Elchin tilga kirdi. U Anvarga emas, xuddi o‘ziga-o‘zi 
gapirganday so‘zlardi: 
— Mening suratim odam... Aslida men ilon bo‘lishim kerak edi. Ularni bo‘g‘ib qiynashim 
lozim edi, qonlarini so‘rib lazzat topmoqchi edim. Men ularning ko‘zlarini o‘ymoqchi 
edim, tillarini sug‘urib, qo‘llarini sindirib, quloqlariga qo‘rg‘oshin quymoqchi edim. 
Umrimning mazmuni shu edi... Ilonman, desam... chuvalchang ekanman... men ularni 
bo‘g‘ib rohat qila olmadim... 
— Yig‘la, to‘yib-to‘yib yig‘la, juda yarashar ekan, — dedi Anvar kesatib. 
— Anvar, sen indamay o‘tirib quloq sol. Meni ahmoq qilishmoqchi. Jamshidning o‘limini 
mening bo‘ynimga ilishmoqchiga o‘xshaydi. 
— Jamshiding kim? 
— Asadbekning sodiq qullaridan edi. Men uni o‘ldirishim kerak edi. 
— Sen? Nima uchun? 
— Shuning uchunki... u... u... Haromi... 
— Bo‘ldi, tushundim. 
— Ha... tushunding... Uni o‘ldirishibdi. Xuddi Shilimshiqqa o‘xshatib... 
— Shilimshiq kim? 
— Indamay o‘tir, dedim senga... Shilimshiqni men o‘ldirgan edim. Qara-ya, uni 
qarmoqqa o‘zlari ilintirib, shunday tayyorgina qilib menga tortiq qilishuvdi. Nimaga 
shunday qilishganiga o‘shanda aqlim yetmabdi. Maqsadlari Jamshid ekan... Zaynab shu 
haromini yaxshi ko‘rar ekan. O‘zini osibdi-ya!.. 
— O‘libdimi? 
— Yo‘-o‘q... u o‘lsa hozir men bu yerda o‘tirmas edim. O‘ligim axlatxonada yotgan 
bo‘lardi. Zaynab tirik ekan, men tirikman. Men uni... yaxshi ko‘ra boshlagan edim... 
Odam kepatasiga kira boshlagan edim... Balki u alam ustida yolg‘on gapirgandir, a? 
Lekin baribir dilni yaraladi. Bu yara tuzalmaydi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish