Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
beri ruhiyatdagi o‘zgarishlarni kuzatib, bu kun kayfiyati yaxshi yo yomon bo‘lishini 
tongdayoq sezadigan bo‘lib qolgan. Mana shu sezgi ruhiga o‘zi xo‘jayin emasligini 
anglatgan. Ba’zan sababsiz holda ko‘ngli ravshanlashib ketadi. Ba’zan esa g‘ashlanadi. 
Birov uni urishmaydi, so‘kmaydi. Lekin ko‘ngli g‘ashlanib yuraveradi. 
Bu tun uyqusi yaxshi bo‘lmasa ham tetik holda uyg‘ondi. Nonushta payti choy 
uzatayotgan xotini shiringina jilmayib qo‘ydi. Mana shu jilmayish unga yoqib ketdi, 
tuyg‘ularini qitiqlab uyg‘otdi. Onasi bo‘lmaganida shartta turib, bag‘riga olishi tayin edi. 
Onasi ham nonushta payti nasihatlarini, hasratlarini unutib, Xonzoda keliniga 
yoshligidagi ajib voqealarni so‘zlardi. Ishga otlanish chog‘ida xotini yana bir jilmayish 
bilan ko‘ngliga navbatdagi chiroqni yoqdi. Bu safar jilmaygani uchun eridan mukofotini 
oldi. 
— Nimaga ertalabdan jilmayib qolding? — dedi Anvar uni bag‘ridan bo‘shatib. 
— Jilmayib bo‘lmaydimi, xo‘mrayib yurayinmi? 
— Endi aytaman-da. Bekorga jilmaymassan? 
— Bekorga emas, haqqini oldim-ku? 
Bu nozli gapdan so‘ng bir jilmayishning haqqi ikki hissa tarzida taqdirlandi. 
— Oyim aytdilar, eringizga ertalabdan jilmaysangiz, uyingizga farishta kiradi, dedilar. 
— Yaxshi gap ekan. Oldinroq aytmaydilarmi shu gapni. 
Anvar kuzatgan: yaxshi kayfiyat bilan uydan chiqsa, avtobus ham darrov kela qoladi, 
odam ko‘p bo‘lmaydi, eng qizig‘i — faqat chiroyli qiz-juvonlarni uchratib, ko‘ngli 
yayraydi. Aksincha, dili xufton tarzda chiqsa, avtobusni uzoq kutadi, odam ko‘p bo‘ladi, 
xunuk qiz-juvonlarni ko‘rib, g‘ashi keladi. 
Bugun malohatli qiz-juvonlarni ko‘rish nasib etgan kun edi. Avtobusda, xuddi atayin 
uyushtirganday, bittagina joy bo‘sh edi. Anvar go‘zalligini ta’rif etmoqqa so‘z ojiz bir qiz 
ro‘parasiga o‘tirdi. Qarab qizni hijolat qilmay desa ham, ko‘zi qurg‘ur bo‘ysunmadi. Qiz 
bunday suqli qarashlarga ko‘nikkan yoki bezib ketganmi, beparvo holda deraza osha 
ko‘chaga ko‘z tikkan edi. Anvar beixtiyor ravishda: 
Labing malohati g‘avg‘o qo‘pordi olamdin, 
Shakarni bo‘yla kishi qayda ko‘rdi sho‘rangiz, —  
deb yuborgisi keldi-yu o‘zini tutdi. Manziliga yetganida uni birov bo‘ynidan bo‘g‘ib 
tushirganday bo‘ldi. Avtobus izini ko‘zlari bilan o‘pdi — chunki unda malohat sohibasi bor 
edi. O‘pa turib alam qildi: sen ham odammisan, deb bir qarab qo‘ymadi-ya! 
Institutga kiraverishda to‘rxalta ko‘targan o‘rta yosh kishi uni to‘xtatdi: 
— Jiyan, shu yerda ishlaysizmi? — deb so‘radi u. 
— Ha, — dedi Anvar unga salom berib. 
— Menga bir odam kerak. Xolidiy degan olim. Shu yerda ishlar ekan? 
Anvar bu nomni eshitib unga zimdan ko‘z yugurtirdi. Ko‘rinishidan kambag‘algina, 
soddagina kishi. To‘rxaltada ikkita kitob. Belboqqa o‘ralgan narsa non bo‘lsa kerak. 
Shimlari g‘ijim. Poezdda shu holda yetgandir. Yuvilaverib holdan toygan ko‘ylak 
yoqasining uchlari shoyigulning barglariga o‘xshab buralib qolgan. «Qarindoshiga 
o‘xshamaydi. Qiziq, nimaga kerak ekan?» 
— Xolidiy domlangiz hali kelmagandirlar. Ish vaqti bo‘lgani yo‘q. 
— Choy-poy ichib kelsammikin? Ikki soatdan beri shu yerdaman. Poezddan tushib to‘g‘ri 
kelavergan edim. 
— Ie, shunaqami, yuring, bo‘lmasa, choy-poyni birga ichamiz. 
U «qanday bo‘larkin?» deb istiholaga borib o‘tirmay, Anvarga ergashdi. Anvar xonaga 
kirib choy qo‘ydi. U kishi to‘rxaltadan belbog‘ni olib, ochdi. Bitta non, uch-to‘rt qant-
qursni o‘rtaga qo‘ydi. Nonni sindirdi-da: 
— Oling, jiyan, mozorbosdi, — dedi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish