VI b o b
1
Roviylar derlar: dunyoda sevintiruvchi biron narsa yo‘qki, ketidan xafa qilguvchi bir
narsa kelmasa.
Tog‘ qishlog‘ining etagidagi g‘aribgina uyda g‘aribgina kun ko‘ruvchi er-xotindangina
iborat bu kichik oila boshiga tushgan tashvishlar hech kimning boshiga tushmasin.
Ularning dardlarini bayon etmoqqa qalam ojiz. Bu dardlarni faqat tirnoqqa zor
odamlargina his qila olishar. Yo‘q, bu er-xotinni Yaratgan farzanddan qismadi.
Nikohlaridan bir yil o‘tar-o‘tmas o‘g‘il ko‘rdilar. G‘arib kulbalari sevinchga to‘ldi. So‘ng...
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |