Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
sevinch ketidan g‘am kirib keldi. Bu hol oz emas, yana olti karra takrorlandi. Bolalari 
dam yoshga yetmay, dam endi tili chiqib shirin bo‘lgan mahalda ularni dog‘da qoldirib 
ketaverishdi. Oxir-oqibat homila nishona bergan damdan boshlab ham umid, ham 
qo‘rqinch bilan kutadigan bo‘lishdi. To‘rtinchi farzandni yerga qo‘ygach, irim qilib bir-
birlarini «Turdi» deb chaqira boshlashdi. Yettinchisida Xudo marhamat qildi. Bir yil emas, 
roppa-rosa yigirma yil umr berdi. Kelin tushirdilar. Ular nabira ko‘rmoq umidida 
baxtiyorlik ichra cho‘mib yashay boshladilar. Yettinchi o‘g‘ilning umri ham omonat 
ekanini ular qaerdan bilishsin! Dunyo abadiy istiqomat joyi emas, balki o‘tkinchi o‘laroq 
qoluvchi bir kulba ekanini hamma ham vaqtida bilavermaydi. Yozda o‘g‘il xashak 
o‘rimiga ketdi-yu, izsiz yo‘qoldi. O‘g‘ilning na tirigi topildi, na o‘ligi. Kelin uylarida uzoq 
yashab qolmadi. Uyiga ketdi. Erining qaytishiga yoki topilishiga umid qilmadi. Kampir 
«kelinim sabr qilmagani uchun ham o‘g‘lim topilmadi», deb to so‘nggi nafasigacha uni 
aybladi. Uning nazarida kelin sabr bilan kutsa edi, Ollohga yig‘lab munojotlar qilsa edi, u 
qaytib kelardi. 
Avval qishning sovuq nafasi sezildi. So‘ng tog‘larning, uning etagidagi qishloqlarning 
aybini berkitmoqchi bo‘lganday qor yog‘a boshladi. Birinchi qor ularning farzandlariday 
uzoq turmadi. Bir kunda erib ketdi. Ikkinchisi erinmay yog‘di. Yurganda to‘piqqacha 
botadigan bo‘ldi. Hali oltmishga bormagan, lekin ko‘rinishi kamida yetmish yoshli 
chollarga o‘xshab qolgan oila boshlig‘i o‘sha kuni tanchani ochib, ayvondagi joyini ichkari 
uyga ko‘chirdi. Kelini ketib qolganidan beri ikki-uch kunda bir qozon osishardi. Bugun 
tanchaga cho‘g‘ zarur bo‘lgani sababli o‘choqqa o‘t qalandi. 
Ertalab, xo‘rozlar hali subh kirganidan darak bermay turib ularning qulog‘iga chaqaloq 
ovozi eshitilganday tuyuldi. Ikkovi ham shirin tush ko‘rganday bo‘ldi. Ovoz tinmadi. Er 
ko‘zini ochib, qaddini xiyol ko‘tardi. 
— Turdi, eshityapsanmi? — dedi. — Chaqaloqning ovozimi yo shamol uvillayaptimi? 
— Shamol shunaqa uvillaganmi hech qachon? Qarang-chi, balki mushukdir? 
Er o‘rnidan turib tashqariga chiqdi. Dam o‘tmay eshikni zarb bilan ochib, qo‘lida 
ko‘rpachaga o‘ralgan chaqaloq bilan ichkari kirdi. 
— Turdi, tura qol, tezroq. Birov chaqaloq tashlab ketibdi. 
— Voy o‘layin, voy o‘layin, chaqaloqni ham tashlab ketadimi? 
Xotin qora chiroqni yoqdi. Er ko‘rpachaga o‘ralgan bolani tancha ustiga yotqizdi. Big‘illab 
yig‘layotgan chaqaloq birdan jimib qoldi. 
— Nima qildingiz? — dedi xotin qo‘rqib. Chiroqni erining qo‘liga tutqazib, ko‘rpachani 
ochdi. Chaqaloq munchoq kabi ko‘zlarini mo‘ltillatib unga qaradi. Xotinning nazarida 
jilmayib qo‘yganday ham bo‘ldi. 
— Voy o‘layin, kimning bolasi ekan, a? O‘n kunlik ham emasdir? 
— Kimnikiligini qo‘yaver, bizga tashlab ketishibdimi, demak, Xudo shuni iroda qilibdi. 
Qara-chi, qizmikin yo o‘g‘ilmikin? 
— Avval pechkani yoqing. Men sizga kecha aytuvdim yoqing, deb. Tutunidan bezorman, 
deb o‘jarlik qildingiz. 
Uy isidi, bolaning yo‘rgagi yechildi — o‘g‘il ekan. 
— Turdi, hukumatga bildirib qo‘ysammi? — dedi er. 
Hukumatga bildirsangiz nima, bildirmadingiz nima? Bildirib turib bervorarmidingiz. 
Xudo bizga nasib qildi, dedingiz-ku? 
Kun yorishgach, er tashqariga chiqib qordagi izga ko‘zi tushganida yuragi bir narsani 
sezganday jiz etdi. 
— Bir odamning izi qolibdi, — dedi uyga qaytib kirib. — Turdi, bu bola begona emasga 
o‘xshaydi. Yuragim sezyapti, o‘zimizning nabira bo‘lsa kerak-ov... Kelining yukli edi, bir 
marta xabar olmading. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish