2-mustaqil oʻqish uchun material Ikki oʻquvchi hikoyasi. 1-qism. Anvar hikoyasi



Download 14,39 Kb.
Sana21.12.2022
Hajmi14,39 Kb.
#892951
Bog'liq
DX5mThqQBTwz6rdH4OIEIHLxZuBfibNw7VJf95lY (5)


2-MUSTAQIL OʻQISH UCHUN MATERIAL
Ikki oʻquvchi hikoyasi. 1-qism. Anvar hikoyasi

Anvar darslikda chiqindilar va ularni qayta ishlash haqidagi matnni qayta qayta oʻqib, undagi maʼlumotlarni yodlab olgandi. Matn oʻzida chiqindi poligonlari, chiqindini yoqib yoʻq qilish uchun moʻljallangan pechlar, organik va noorganik chiqindilar taʼrifi kabi mavzular qamrab olgandi. Oʻqituvchi sinf doskasiga chiqindilarni qayta ishlash haqidagi asosiy faktlarni yozib chiqar, Anvar va uning sinfdoshlari bu faktlarni daftarlariga koʻchirib, yodlab olishardi. Imtihondan oldin Anvar yodlagan va yozib olgan faktlarini qayta va qayta takrorladi va imtihonni aʼlo bahoga topshirdi. U maktabni 5 yil oldin tamomlagan va hozirda oʻz qishlogʻida odamlar orasida hurmatga sazovor shaxslardan biriga aylangan. U kuni bilan oʻz yumushlari bilan band boʻlib, boshqalarning ishiga unchalik ham aralashavermaydi. Biroq qishloqda chiqindi va uni yoʻq qilish bilan bogʻliq katta muammo yuzaga keldi. Qishloq ishlatilgan plastik paketlar, baklajka va boshqa turdagi maishiy chiqindiga tobora toʻlib borardi. Qishloq oralab oqib oʻtuvchi daryo boʻlsa maishiy chiqindiga borgan sari toʻlib borardi. Chunki qishloq aholisi uchun chiqindini chiqarib tashlash yoki uni yoʻq qilish uchun sharoit yoʻq edi. Anvar maktabda taʼlim olgan yillarini va chiqindini qayta ishlashga doir maʼlumotlarni esladi. U chiqindi poligoni nima ekanligi, hattoki chiqindi yondirgichlari ichidagi harorat necha gradus selsiy boʻlishi kerakligini ham eslay oldi. Biroq eslaganlari Anvar va uning qishloqdoshlariga hech qanday naf bermadi. Anvar chiqindi poligonini yaratish muammoga yechim boʻla olishi mumkinligini bilar edi. Biroq ushbu poligonni qayerda qurish kerakligi, qanday ishlatilishi kerakligini qishloq oqsoqoliga tushunarli tarzda yetkaza olmadi. Chunki Anvar oʻz qarashlarini yigʻilish va majlislarda oshkor izhor etishga oʻrganmagan edi. Oxir oqibatda Anvar qishloqdagi chiqindi muammosini hal qilishga hech qanday hissa qoʻsha olmasligini tushunib yetgan holda “oʻzim bilgan dehqonchilik bilan shugʻullanganim maʼqul” degan qarorga keldi.



Ikki oʻquvchi hikoyasi. 2-qism. Jasur hikoyasi
Jasur ham chiqindilarni qayta ishlash haqidagi kitob bobini diqqat bilan oʻqigan edi. Jasur va uning sinfdoshlari kitob bobini oʻqib boʻlishganidan soʻng oʻqituvchi oʻrtaga qishloqdagi chiqindi muammosini hal qilishda qaysi usul samaraliroq ekanligi haqida savollar tashladi. Ushbu savolga javob topish maqsadida Jasur kitob bobini qaytadan oʻqib chiqib, turli fan oʻqituvchilariga savollar bilan murojaat qildi, kutubxonadan va internetdan maishiy chiqindilarni toʻplash va ularni yoʻq qilish usullariga doir maʼlumotlarni topib oʻqidi. U, shuningdek, talabalarning ushbu mavzu boʻyicha bahs-munozarasida qatnashib, boshqalarning fikrlarini diqqat bilan tingladi. Hafta soʻngida sinfdagi oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, maktabdan chiqqan noorganik chiqindilarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan kichik chiqindi poligonini yasash boʻyicha topshiriq berildi. Oʻquvchilar ushbu poligonni yaratish bilan bogʻliq bir nechta muammolarga yechim topish maqsadida koʻplab qarorlar qabul qilishdi. Oxirida hamma erishilgan natijadan hursand boʻldi. Chunki ularga berilgan topshiriq aʼlo darajada bajarilgan edi. Chorak yakunida Jasur fan boʻyicha imtihon topshirayotganida unga chiqindilarni yoʻq qilishga doir savollar tushdi. U test savollariga aʼlo darajada javob berdi. Yozma ishni ham aʼlo darajada bajardi. Jasur ham Anvar singari maktabni 5 yil oldin tamomlagan. Biroq Anvardan farqli ravishda Jasur qishloq hayotida faol ishtirok etadi va qishloq aholisi orasida katta hurmatga ega. Boshqa qishloqlardagi kabi chiqindi muammosi Jasurning yashayotgan qishloqni ham chetlab oʻtmadi. Jasur maktab yillaridanoq oʻzi yashab turgan joyning muammolarini hal qilishda faol ishtirok etib kelardi. Yaqinda boʻlib oʻtgan qishloq faollari yigʻilishida qishloq faollaridan biri maishiy chiqindini yoqish taklifi bilan chiqdi. Jasur chiqindini yoqib yoʻq qilish yaxshi yechim ekanligini biroq buning uchun chiqindini yoqib yuborishga moʻljallangan pechlarda harorat juda yuqori boʻlishi kerakligini, aks holda plastik chiqindilar oxirigacha yonmasdan inson hayoti va atrof-muhit uchun juda zararli boʻlgan tutun chiqarishini esladi. Jasur ushbu argumentini yigʻilish faollariga eslatib oʻtdi va chiqindi poligonini qurish samaraliroq usul ekanligini asoslab berdi. Soʻng qishloq oqsoqoli Jasurni chiqindi poligoni uchun joy topish va uni qurish ishlariga masʼul boʻlgan guruhga aʼzo qilib tayinladi. Hozirda qishloq uchun maishiy chiqindi poligonini qurish ishlari boshlab yuborilgan.


Adapted from: Henderson, R. (2009). Education for Sustainable Development. Teacher Training Manual.
Download 14,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish