ÉGOÏSTEMENT
ÉLECTRICITÉ
183
égoïstement
adj egoistlarcha, xudbinlarcha; o‘z manfaatinini ko‘zlab.
égorgement
nm so‘yish, bo‘g‘izlash.
égorger
vt 1. bo‘g‘izlamoq, bo‘g‘ziga pichoq qo‘ymoq, so‘ymoq; 2. fam
talamoq, talon-taroj qilmoq.
égorgeur
nm kallakesar.
égosiller
(s’)
vpr 1. bor ovozi bilan baqiraverib, qichqiraverib xirillab,
bo‘g‘ilib, charchab qolmoq; 2. ovozi boricha va uzoq ashula aytmoq.
égout
nm 1. suv oqadigan, oqib tushadigan nov, tarnov; 2. suv oqadigan
quvur, kanalizatsiya (axlat, chiqindi va yog‘in suvlari oqiziladigan quvurlar
sistemasi).
égoutier
nm kanalizatsiya ishchisi.
égoutter
I. vt oqizmoq, tomizmoq, oqizib tushirmoq; sirqitmoq; égoutter
du fromage blanc tvorog zardobini sirqitmoq; chakki qilmoq.
égrapper
vt mevani boshidan, shingilidan ajratmoq, uzib olmoq.
égratigner
I. vt 1. timdalamoq, tirnamoq; yumdalamoq; 2. fig gap bilan
uzib, yo‘yib olmoq; achitib gapirmoq; piching qilmoq; II. s’égratigner vpr 1.
timdalamoq, tirkamoq; timdalab, yumdalab, tirnab olmoq; je me suis
égratigné la main à un clou qo‘limni mixga tirnab oldim; 2. timdalamoq,
yulishmoq, bir-birini yulishmoq.
égratignure
nf 1. tirnalgan, timdalangan joy, tirnoq izi, chaqa; 2. piching,
achchiq, qattiq gap, zaharxanda; il ne supporte pas la moindre
égratignure u piching gapni ko‘ tarmaydi.
égrenage
nm g‘alla yanchish; archish, po‘chog‘ini, po‘stini olish, tozalash,
oqlash.
égrener
I. vt 1. g‘alla yanchmoq, archimoq, po‘chog‘ini, po‘stini olmoq,
tozalamoq, oqlamoq; égrener le maïs makkajo‘xori yanchmoq; égrener des
petits pois no‘xat tozalamoq, po‘chog‘ini archmoq; 2. poyasidan, shoxidan
ajratmoq (don, meva kabilarni); 3. tolani chigitdan ajratmoq; 4. égrener un
chapelet tasbeh o‘girmoq; 5. dona-dona ovoz chiqarmoq; la pendule
égrène les heures soat dona-dona qilib zang urdi; II. s’égrener vpr 1.
to‘kilmoq, to‘kilib ketmoq; to‘kilib tushmoq; 2. birin-ketin, ketma-ket
joylashmoq, turnaqator bo‘lib joylashmoq; les voitures s’égrenaient sur
l’autoroute katta yo‘lda mashinalar turnaqator bo‘ lib ketgan edi.
égreneuse
nf 1. g‘alla yanchish mashinasi; 2. jin (chigitdan paxtani
ajratadigan mashina).
égrillard, arde
adj axloqsiz, yengiltak, hayosiz, uyatsiz, yaramas,
beadab, og‘zi shaloq; qaltis, qo‘pol.
égyptien, ienne
I. adj M isrga oid, M isr; II. n 1. misrlik; 2. nm qadimgi M isr
tili; arab tilining M isr va Sudanda gapiriladigan dialekti.
égyptologie
nf misrshunoslik.
égyptologue
n misrshunos.
eh!
intj hoy, hey, ey; eh! là-bas, venez donc! ey siz, buyoqqa keling!
éhonté, ée
adj uyatsiz, benomus.
eider
nm gaga (shimoliy qutb suvlarida yashaydigan qimmatbaho parli
o‘rdak).
éjaculation
nf physiol urug‘, spermaning otilib chiqishi, maniy oqishi.
éjaculer
vt physiol otmoq, otib chiqarmoq; to‘kmoq, quymoq, oqizmoq
(urug‘, maniy haqida).
éjectable
adj siège éjectable katapulta qilinadigan, halokat yuz bergan
hollarda ajralib chiqadigan o‘rindiq (uchish vositalarida).
éjecter
vt 1. chiqarib tashlamoq, otm oq, irg‘itmoq; 2. av avtomatik
ravishda irg‘itib yubormoq; 3. fam chiqarib qo‘ymoq, haydab yubormoq.
éjecteur
nm avtomatik qurollarda otilgan o‘q gilzasini chiqarib
tashlaydigan qism.
éjection
nf 1. otish, irg‘itish, chiqarib tashlash; l’éjection des douilles
otilgan, bo‘shagan gilzalani chiraqib tashlash; 2. physiol otilish, oqizish,
tushirish; 3. fam haydab yuborosh, quvib chiqarish.
élaboration
nf 1. tayyorlash, tuzish, yaratish, ishlab chiqish; tadqiq qilish,
amalga oshirish; l’élaboration d’un plan reja tuzish; l’élaboration d’une
théorie nazariya, yaratish ishlab chiqish; 2. physiol singdirish, hazm qilish.
élaborer
vt 1. tayyorlamoq, tuzmoq, yaratmoq, ishlab chiqmoq; tadqiq
qilmoq; élaborer un ouvrage asar yaratmoq; 2. physiol singdirmoq, hazm
qilmoq; hosil qilmoq, ishlab chiqmoq, ajratmoq; les cellules hépatiques
élaborent la bile jigar o‘ t, safro ishlab chiqaradi.
élagage
nm 1. shox-shabbalarni kesish, butash, siyraklash; 2. fig
chiqarib, o‘chirib tashlash, tushirib qoldirish, qisqartirish.
élaguer
vt 1. shox-shabbalarni kesmoq, butamoq; 2. fig chiqarib, o‘chirib
tashlamoq, tushirib qoldirmoq, qisqartirmoq; élaguer un récit hikoyani
qisqartmoq.
élan
1
nm 1. ishtiyoq, intilish; jo‘shqinlik, shijoat; les élans du cœur ruhiy,
ma’naviy jo‘shqinlik; dans un élan de générosité himmati, tantiligi, mardligi
tutib; 2. chopib, yugurib kelishi; zalvar, zarb; prendre son élan sakrash,
ko‘tarilish uchun zarb bilan yugurib kelmoq, bormoq; il prit son élan et
sauta u chopib, yugurib kelib sakradi; un saut avec élan yugurib kelib
sakrash.
élan
2
nm los (bug‘ular oilasiga mansub butoq shoxli hayvon).
élancé, ée
adj kelishgan, xushbichim, xushqad; qaddi-qomati raso,
noziknihol; une jeune fille élancée qaddi-qomati kelishgan qiz.
élancement
nm 1. sanchiq, sanchib og‘rish; j’ai des élancements dans
la jambe oyog‘im sanchib og‘riyapti; 2. litt intilish, ishtiyoq, niyat, kuchli orzu.
élancer
I. vt 1. qattiq, sanchib og‘ritmoq; 2. yuqoriga ko‘ tarmoq, baland
ko‘tarilmoq, tiklamoq; III. s’élancer vpr intilmoq, shoshilmoq, otilmoq,
tashlamoq, o‘zini otmoq; il s’élance vers la porte u eshik tomon o‘zini otdi;
ils s’élancent à son secours ular yordamga shoshildilar.
élargir
I. vt 1. kengaytirmoq, keng, katta ochmoq, yirmoq; élargir une rue
ko‘chani kengaytirmoq élargir un trou teshikni kengaytirmoq; 2. fig
kuchaytirmoq, chuqurlashtirmoq, oshirmoq, kengaytirmoq; élargir son
influence ta’sirini kuchaytirmoq; élargir ses connaissances bilimini
chuqurlashtirmoq; bilim darajasini kuchaytirmoq; 3. ozod qilmoq; qo‘yib
yubormoq; II. s’élargir vpr 1. kengaymoq, oshmoq, ortmoq; la route
s’élargit yo‘l kengaymoqda; 2. fig mon horizon s’est élargi mening
saviyam ortdi.
élargissement
nm 1. kengaytirish; kengayish; 2. ozod qilish; erkinlikka
chiqarish.
élasticité
nf 1. elastiklik, egiluvchanlik, qayishqoqlik; l’élasticité du
caoutchouc rezinaning elastikligi; 2. fig moslashuvchanlik, moslashish
qobiliyati; il manque d’élasticité uning moslashish qobiliyati yo‘q.
élastique
I. adj 1. egilib yoki ichiga botib yana asliga, ilgarigi holatiga
qayta oladigan, elastik, egiluvchan, qayishqoq, tarang, dirkillama; 2.
prujinasimon, egiluvchan, cho‘ziluvchan, yig‘iluvchan, qayishuvchan;
yumshoq; 3. epchil, chaqqon, ildam, dadil, ravon, yengil, dingillama; 4.
egiluvchan, har xil shaklga solsa bo‘laveradigan, har xil tushunsa, har xil
izohlasa bo‘laveradigan, o‘zgaruvchan; II. nm 1. rezinka tasma, rezinkali ip;
2. elastik (cho‘ziluvchan sintetik tola va shu toladan to‘qilgan narsalar).
eldorado
nm eldorado, xayoliy o‘lka (misli yo‘q boyliklar mamlakati).
électeur, trice
n saylovchi.
électif, ive
adj saylanadigan; saylab qo‘yiladigan, saylov yo‘li bilan
taynlanadigan; une charge élective saylov yo‘li bilan tayinlanadigan vazifa.
élection
nf 1. saylash; 2. pl saylov; les élections législatives parlament
saylovi; se présenter aux élections saylovga o‘z nomzodini qo‘ymoq; des
élections à deux tours ikki bosqichdan iborat saylovlar; l’élection au vote
secret yashirin ovoz beriladigan saylov; 3. d’élection tanlangan; jondan
sevgan, yaxshi ko‘rgan, yoqtirgan; ortiq, afzal ko‘rgan.
électoral, ale
adj saylovga oid, saylov; saylov oldi; réunion électorale
saylov majlisi; loi électorale saylov haqidagi qonun; le droit électoral
saylash huquqi; la circonscription électorale saylov okrugi; la liste
électorale saylovchilar ro‘yxati; en période électorale saylov paytida; la
propagande électorale saylov oldi tashviqoti; faire sa campagne
électorale saylov oldi kompaniyasini olib bormoq.
électorat
nm 1. saylovchilar; l’électorat français fransuz saylovchilar;
l’électorat féminin ayol saylovchilar; 2. saylash huquqidan foydalanish.
électricien
nm elektrotexnik; elektromontyor.
électricité
nf 1. elektr; l’électricité atmosphérique atmosfera elektri; 2.
elektr, elektr yorug‘i, elektr chiroqlari; 3. elektr energiyasi; l’alimentation en
électricité elektr energiyasi bilan ta’minlash; fonctionner à l’électricité
elektr energiyasi vositasida ichlamoq; 4. elektr sanoati.
Do'stlaringiz bilan baham: