Sotsiometriya metodi. Bu metod guruhlarda shaxslararo afzal
ko‘rish, befarqliklarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni
qayd qilish texnikasini aniqlashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik
sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida
muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniq-
lash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashi-
shi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jad-
val shaklida ifodalanadi. Odatda sinaluvchilardan quyidagicha
savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan
birga borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyor-
lanishni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqti-
rasan?», «Partada kim bilan yonma-yon o‘tirishni istar eding?»
va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini
bajaradi va turmush voqeligidan olinib turli yo‘nalishda bo‘lishi
mumkin. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini
«eng maqbul» deb tanlashi lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma
to‘rtta «maydon»ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar
33
esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar
soni familiyalar soniga to‘gri keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro
munosabatlari doira va uchburchaklar strelkalar bilan biriktiril-
ganda o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga ega bo‘lgan
sinaluv chi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruhning li-
deri, eng yoqimtoyi («Yulduzi») hisoblanali. Sotsiometrik usul
bilan shaxs lararo munosabatlarning darajasi va ko‘lami aniq-
lanadi. Qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar, yosh
ko‘rsatkichlari xususiyatlari bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga
qarab guruhdagi munosabatlar, ularning o‘ziga xosligi, psixo-
logik mexanizmlar haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan bir-
ga nazariy ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy
ko‘rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.
1-rasm. Sotsiogramma.
34
Kasb psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sha-
roitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhdagi shaxslararo muno-
sabatni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga
be
vosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qayta-
rish orqali guruh a’zolarining o‘zaro tanlash jarayoni vujud-
ga keltiriladi. Aynan shu usul bilan mehnat jamoalari, kollej
va oliy maktab talabalari, turli muassasalarning xodimlari
o‘rtasidagi munosabatlar ning xususi yatlari dinamikasi, shaxs-
lararo ziddiyatlarning sabablari o‘rganiladi. Umuman aytgan-
da, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi,
saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlar-
ni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin. Hozir sotsio-
metriya usuli ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan kundalik ha-
yotdagi voqealarga odamlarning munosabatlarini, jamoatchilik
fikrini o‘rganishda keng qo‘llanilmoqda. Odamlarning sodir
bo‘layotgan voqealarga munosabati, turli ehtiyojlari, motivlari,
qiziqish, intilish, harakatlari va hokazolar muayyan tartib va
qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy psixologik
hamda sof psixologik ildizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik metod yordami bi-
lan har bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari o‘rtasida yuza-
ga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tut-
gan mavqelari o‘rganiladi. Sotsiometriya metodi yordami bilan
bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlarini, ya’ni bir-birini
yoqtirishlari yoki yoqtirmasliklarini quyidagi uslubda o‘rganish
mumkin. Guruhdagi bolalarning har birini yechinish xonasi-
ga chaqirib, unga 4–5 ta chiroyli qilib ishlangan o‘yinchoq
ko‘rsatiladi (masalan, chiroyli mashi
na, toycha, ayiqcha,
to‘pponcha, qayiqcha kabi). Ana shu o‘yinchoqlardan bitta
o‘zingga yoqqanini tanlab olgin va uni guruhdagi eng yax-
shi ko‘rgan o‘rtog‘ingning shkafiga sovg‘a sifatida qo‘yib qo‘y,
deyiladi. Bola biroz o‘ylab turgach, yaxshi ko‘rgan bolalaridan
birining shkafiga qo‘yib qo‘yadi. Guruhdagi hamma bolalar bu
vazifani bajarib bo‘lganlaridan so‘ng eng ko‘p sovg‘a kimning
shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana shu ma’lumotlar asosida
bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlariga doir sotsiogram-
ma tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a (o‘yinchoq) qo‘yilgan
35
bola guruhning eng sevimlisi va shka figa bironta ham sovg‘a
qo‘yilmagan bola guruhning inkor qilgan, ya’ni yoqtirmagan
odami bo‘lib chiqadi va bu bola bilan korreksion ishlar olib bo-
riladi.
Shunday qilib, sotsiometrik metodni maktabgacha ta’lim
muassasasi yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo‘llash mum-
kin. Har bir tarbiyachi o‘z guruhidagi bolalarning jismoniy,
aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqi-
yotining umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu
bilan birgalikda tarbiyachi bolalarga nisbatan individual muno-
sabatda bo‘lishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini belgilash maqsadida
har bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash-
ga intilishi lozim. Ilk yosh va kichik guruhlarda sotsiometri-
ya metodini qo‘llash deyarli natija bermadi. Bu yoshdagi bola-
larda faqat «o‘zim» degan tushuncha ustun bo‘lgani sababli
kichik guruhdagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribada quyidagi
natijaga erishildi. Vasila 3 yoshu 4 oylik. Tajribada qizcha kat-
ta qo‘g‘irchoqni tanladi va o‘zining shkafiga olib borib qo‘ydi.
Sababi so‘ralganda «Bu meniki, u menga yoqadi» dedi. Mir-
jalol 3 yoshu 8 oylik. Marjalol katta mashinani tanladi. «Shu
yerdagi eng yaxshi ko‘rgan odamingga ber» deyilganda u tar-
biyachisiga olib borib berdi. Qolgan bolalar bilan ham shunga
o‘xshash natijalar ko‘rildi.
Katta guruhda sotsiometriya metodining qo‘llanishi quyi-
dagi natijalarni ko‘rsatdi. Tajriba 16 ta bola bilan o‘tkazildi.
Avvaldan tayyorlab kelgan turli rang-barang predmetlar,
o‘yinchoqlar, gullar tasvirlangan rasmli kartochkalarni stol
ustiga o‘ng tomoni bilan qo‘yildi. Bolalarni navbatma-nav-
bat chaqirib «O‘zingga juda yoq gan rasmni tanlab ol!» deyil-
di. Hamma bolalar olib bo‘lgach, «Rasmlarni ko‘rib bo‘ldingiz,
endi shu rasmli kartochkani shu yerdagi o‘zing eng yax-
shi ko‘rgan o‘rtog‘ingga bergin», deb aytilganda ba’zi bola-
larda ko‘proq, ba’zilarida kamroq kartochkalar hosil bo‘lgan.
Qolgan tajribalarda ham shunga o‘xshash natijalarga erishil-
gan. Demak, sotsiometriya metodining natijalariga ko‘ra
tarbiyachi va psixolog bolalar bilan yakka tartibda ishlar
olib borishni bilishlari zarur.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |