Maktabgacha yoshdagi


Biografiya (tarjimayi hol) metodi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Biografiya (tarjimayi hol) metodi. Biografiya metodi ham 

psixolo 


giyaning yordamchi metodlaridan hisoblanib, undan 

kishilarning ayrim psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foy-

dalaniladi. Ma’lumki, har bir odam o‘z biografiyasiga ega. Bi-

ografik ma’lumotlarda odamning shaxsiy psixologik xususiyat-

lariga oid ayrim faktlar bayon etiladi. Masalan, kishilarning 

biografik ma’lumotlarida ularning dunyoqarashlari, ishonch-

e’tiqodlari, g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan mu-

nosabatlari, maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday 

ma’lumotlarga asoslanib u yoki bu odam haqida ma’lum xu-

losa chiqarish mumkin. Biografiya metodi xususan bolalar 

psixo 

logiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi. 



Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy 

kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunos lardan Charlz Darvin 

asos solgan. U bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid 

o‘zining kundalik xotira tipidagi asarini nashr ettirgan. Hozir-

gi kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda ochib beruvchi 

ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng mash-

huri N.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti», 

«Ona kundaligi» nomli ilmiy-biografik asarlaridir. Bunday il-

miy-biografik asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday 

kundaliklar bola taraqqiyotining katta bir davrini (masalan,  

1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni) qamrab oladi. Ma’lumki, 

bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir tarz-

da munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazar-

dan bolaning qaysi yosh davrida unga nis batan qanday muno-

sabatda bo‘lishni belgilashda bio grafiya metodi tarbiyachilar va 

yosh ota-onalarga katta yordam berishi mumkin.

Bolalarning biografiyasiga oid ma’lumotlarni yaxshi bilgan 

tarbiyachi ularga nisbatan individual munosabat da bo‘lishni 

to‘g‘ri tashkil qila oladi. Bolalarning shaxsiy psixologik 

xususiyat 

larini biografik tarzda o‘rganishda yozuvchilarning 

avtobiografik asarlari ham katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, yo-

zuvchilar nihoyatda mohir kuzatuvchi hisoblanadilar. Ular 

o‘zlarining asarlarida bolalar (hayvonlar) psixikasining turli-

cha namoyon bo‘lishini obrazli qilib ochib beradilar. Bunday 

avtobiografik asarlar orqali odamlarning ayrim tiplari, xarak-




37

terlariga xos xususiyatlari, qobiliyat va qiziqishlari, dunyo-

qarashlari, ishonch hamda e’tiqodlari, axloqiy sifatlari qan-

day ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida tarkib topishini bilib olish 

mumkin.

Psixologiyada odam faoliyatining mahsullarini o‘rganish me-



todidan ham foydalaniladi. Odam har doim ma’lum bir faoli-

yatda bo‘lib turadi. Odam o‘z faoliyatlari natijasida turli narsa-

larni, mahsulotlarni yuzaga keltiradi. Ana shu narsalarda, 

mahsulotlarda odamning ayrim psixik jarayonlari va psixolo-

gik sifatlari o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir odam-

ning faoliyat mahsuli shu odamning ayrim psixik jarayonlari 

va shaxsiy psixologik sifatlarini ko‘rsatib turadi.

Biz rassom yoki arxitektorning chizgan suratlarida, quruv-

chining qurgan imoratida, haykaltaroshlik va boshqa san’at 

asarlarida, o‘quvchining yozgan konspektlarida va bog‘cha 

yoshidagi bola larning chizgan rasmlarida, ijodiy ishlarida ular-

ning psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlariga 

doir juda ko‘p tomonlarini ko‘rishimiz mumkin. Shu sabab-

li odamning faoliyati mahsulotlarini analiz qilib o‘rganish me-

todi psixologiya ning yordamchi metodlaridan biri hisoblanadi. 

Bu metod bolalar psixologiyasida pedagogik va sotsial psixo-

logiyada ancha keng qo‘llaniladi.

Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoli-

yat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar 

uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish 

faoli yati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsa-

di bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi 

bolalar ning faoliyat lari – o‘yin, rasm chizish, plasti lin yoki loy-

dan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu ka-

bilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda katta kishilar-

ning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar. 

Ayrim hollarda gina bolalar ning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki 

bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliya-

ti ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar faoli-

yatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyati-

ning mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan 

yasalgan narsalarga qa rab o‘rganiladi.




38

Ma’lumki, bolalarning chizgan rasmlarida ular idroki ning 

xususiyatlari va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar 

hamda atroflaridagi narsa va hodisalarga bo‘lgan munosabat-

lari o‘z ifodasini topadi. Ana shu jihatdan bolalarning chizgan 

rasmlaridan faoliyat mahsulini o‘rganish sifatida foydalanish 

maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan 

rasmlarini ana liz qilish orqali ularning ayni chog‘dagi ehti-

yojlari, mayl-istaklari, qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini, 

bola yashayotgan oila muhitini ham o‘rganish mumkin. Shu 

sababli bu metoddan ham bolalar psixologiyasida keng foyda-

laniladi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish