Kuzatish va eksperiment metodlari bolalar psixologiyasining
asosiy metodlari hisoblanadi, lekin bulardan tashqari bir qator
yordamchi metodlar ham mavjud.
So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida bir-
lamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisob-
lanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savol-
larga javob qaytarish kerak bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki,
yozma (anketa), erkin (suhbat), usullari mavjud. Og‘zaki so‘roq
yoki oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan shaxs unga
ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional
mahorati yoki tajribasi yetarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasli-
gi mumkin. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki,
uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini
o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan
kutiladigan javoblar (yopiq anketa) yoki erkin o‘z fikrini ba-
yon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar
aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga mo-
nand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materi-
allar to‘planadi. So‘roqning ham erkin va standartlashtiril-
gan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar
so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hat-
toki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlar-
da bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bolalar psixologiyasida so‘rash-suhbat metodidan ancha
cheklangan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi
bolalarga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yosh-
dagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari hali yax-
shi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar
kattalar ning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qayta-
raveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda
sodda ishlangan rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi.
30
Bu metodni 5–6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mum-
kin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar berila-
di va ular dan og‘zaki suhbatning mavzusi va suhbat paytida
bolalarga be riladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olina-
di. Suhbat jara yonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javob-
larni tahlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyi-
dagilarga rioya qilish talab etiladi:
1) suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot
darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak;
2) savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak;
3) suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish
kerak;
4) suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak;
5) suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar
haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan mu-
nosabatlarini o‘rganish mumkin.
Testlar hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv me-
todlaridan biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash, tekshirish
demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifat-
lari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladi.
Testlar, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mum-
kinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yo-
ki iste’dodli emasligini, aqliy darajasini aniqlashda, kishilar-
ni saralashda keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrdagi mashhur
psixologlardan biri E.I. Rogov o‘zining «Настольная книга
практического психолога» kitobida (Москва ВЛАДОС
nashriyoti, 1999-yil. 1-tom) «Shaxs tipologik xususiyatlari-
ni aniqlash», «O‘qituvchi o‘quvchi munosabatlari darajasini
aniq lash», «Pedagogik tajovuzkorlikni (so‘zini o‘tkaza olish-
ni) baholash» singari test namunalari berilgan.
1905-yilda, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning sho-
girdi A. Simon insonning aqliy o‘sishi va iste’dodi darajalari-
ni o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini ilgari surgandan keyin
psixologiyada test metodining bir necha xillari qo‘llana bosh-
langan edi.
Psixologlar K.M. Gurevich, V.A. Krutestkiy, E.I. Rogov va
boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsipda tu-
31
zilgan. Ular testlar tafakkur ko‘rsatkichi bo‘lishi uchun harakat
qildilar va muayyan yutuqlarga ham erishdilar. Hozirgi vaqtda
bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniq-
lashda, ishga qabul qilishda va boshqalarda test sinovlari keng
qo‘llanilmoqda. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixo-
loglar Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli,
Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini
kiritish mumkin.
Test metodining quyidagi turlari mavjud; test-so‘rov, test-
topshiriq, proyektiv testlar, intellektual testlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |