Eksperiment metodi psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bun-
da sinaluvchi shaxsda o‘rganish lozim bo‘lgan psixik jara-
yon oldindan maqsad qilib olinadi. Masalan, matnni tushu-
nish va o‘zlashtirish uchun uni qanday tezlikda o‘qish samarali
bo‘lishi aniqlangan. Eksperiment metodida bizni qiziqtiruv-
chi jara yon qachon paydo bo‘lishi kutib o‘tirilmaydi. Bundan
tashqari eksperi mentda psixik jarayonning sodir bo‘lish sha-
roitlarini o‘zgartirib turish va shu yo‘l bilan mazkur jarayon
haqida ko‘proq kerakli ma’lumotlar to‘plash mumkin. Max-
sus apparatlardan foydalangan holda o‘tkaziladigan eksperi-
ment laboratoriya eksperimenti deb ataladi. Laboratoriya eks-
perimentida sinaluvchi shaxs bilan g‘ayritabiiy sharoitda ish
ko‘riladi. Bu hol eksperimentning nuq soni hisoblanadi. Odat-
da, turmush sharoitida natija birmuncha boshqacharoq chi-
qishi mumkin. Tabiiy eksperimentda bunday nuqsonlarga yo‘l
qo‘yilmaydi. Mashg‘ulot paytida bola o‘zini erkin his etadi, uni
tekshirishayotganini (yashirin kame ra, magnitofon orqali) sez-
maydi. Pedagogik-psixologik eksperi ment (shakllantiruvchi –
tarkib toptiruvchi eksperiment deb ham yuritiladi) ham ta’lim-
tarbiya sharoi tida o‘tkaziladi. Unda faqat o‘rganibgina qolmay,
aktiv ta’sir ko‘rsatiladi. Maxsus usulda o‘qitiladi, tarbiyalanadi.
Uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan peda gogik-psixologik eksperi-
ment natijasida ta’limning eng ma’qul usullari ishlab chiqilgan.
Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan
keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixologiya-
sida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha
yoshi dagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperi-
mentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlar-
ning farqiga bormaydilar.
Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, bal-
ki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment
metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar payti-
da keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bolalar
bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperi-
ment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hay-
28
vonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli
kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish
topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab gu-
ruhlarga ajratishla rida ularning umumlashtirish xususiyatlari-
ni o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan
bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi.
Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment meto-
didan ham foydalaniladi.
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati)
tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshi-
dagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy
qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki
bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmay-
dilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarga bir butun
narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilish o‘rgatiladi.
Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata
olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar – doira,
kvadrat, kublardan foydalaniladi).
Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodi-
ning effektivligi aniqlanadi. Tarkib toptiruvchi eksperiment
metodini pedagogik eksperiment metodidan farqlash kerak.
Tarkib topti ruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni
u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olish ga o‘rgatilsa, peda-
gogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodi ning
afzal ligi aniqlanadi. Masalan, biron tadqiqotchi bolalarga
ta’limiy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiya
metodlarini qo‘llashni tav siya qilsa, uni pedagogik ekspe-
riment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan
maktab gacha ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishib,
bitta eksperimental va bitta sinov guruhi belgilab olinadi.
Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda pedagogik
texnologiya metodi bilan elementar matematik tasavvurlar-
ni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kontrol guruhda esa
bu mashg‘ulotlar odat dagi an’anaviy metod bilan davom et-
tiriladi. Bir-ikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalar-
ning o‘zlashtirishi taqqos lab ko‘riladi. Agarda eksperimen-
tal guruh bolalarining yan gicha metod bilan o‘zlashtirishlari
29
sinov guruhida gi bolalar ning o‘zlashtirishlaridan anchagi-
na samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma mak-
tabgacha ta’lim muassasalariga ham tarqatiladi. Agar nati-
ja kontrol guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishidan yomon,
ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot
o‘tish darhol to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |