Nazorat savollari:
1. Evolutsion taraqqiyot deganda nimani tushunasiz?
2. Instinkt nima?
3. Ko‘nikma nima? Misollar keltiring.
4. Hayvonlardagi aqliy harakatlarga xarakteristika bering.
Inson ongining rivojlanishi
Ong tushunchasi. Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, de-
yarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong – psixikaning yuksak
shakli, insonning yakka va hamkorlik faoliyatida, muloqo-
ti jara yonida shakllanadigan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mah-
sulidir. Ong shaxsning tevarak-atrofdagi narsalarni, hozirgi va
o‘tmish davrini yaxshi bilishi, o‘zlikni anglash, qaror qabul
qilish, vaziyatga qarab o‘z xatti-harakatini boshqarish qobili-
yati bilan namo yon bo‘ladi.
Odam psixikasi hayvon psixikasidan farq qiladi. Inson
psixikasining hayvon psixikasidan sifat ayirmasi:
1. Inson o‘z mohiyati jihatidan azaldan boshlab ijtimoiy
mav judotdir.
2. Inson psixikasining eng oliy formasi uning ongga egali-
gidir. Inson ongli mavjudot.
3. Insonning hayvondan eng muhim sifat ayirmasi birinchi
signallar sistemasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar siste-
masining mavjudligi, ya’ni voqelikni so‘zlar orqali aks ettirishi
hamda nutq va tafakkurga egaligidir.
Odam o‘z hayotidagi ko‘p narsalarni so‘z orqali aks ettiradi,
hayvonning esa butun psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi
asosida vujudga keladi. Ikkinchi signallar sistemasining signallari
talaffuz etilgan, eshitilgan so‘zlardan iborat. Agar so‘z ma’nosi
tushunarli bo‘lsa odamning xatti-harakatlarini boshqaradi, teva-
rak-atrofdagi muhitga muvofiqlashuviga yordam beradi. Agar
56
so‘z ma’nosi odamga tushunarsiz bo‘lsa u faqat birinchi signal-
lar tarzida ta’sir qiladi yoki odam uchun ahamiyatsiz narsa bo‘lib
qolaveradi.
Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning individual
va intellektual shakllaridan batamom boshqa hodisadir. Inson
ongi evolutsion harakatning eng so‘nggi bosqichi bo‘lib, inson
taraqqiyoti bosqichida ijtimoiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan.
Inson ongi yer yuzidagi barcha mavjudotlarning eng oliysi va
gultojidir. Har bir ijtimoiy davrning o‘ziga xos kuchlari va ijti-
moiy munosabatlariga mos keladigan ongi bo‘lgan. Masalan,
quldorlik davrida xususiy mulkchilik munosabatlari kelib chi-
qib, sinflar paydo bo‘lgach odam ongi ham sinfiy xarakterga
ega bo‘la borgan. Har bir tarixiy davrda yuzaga kelgan ijtimoiy
o‘zgarishlar natijasida odamning ongi ham o‘zgarib borgan.
Tarixiy tarakkur ning ma’lum bosqichida ilmiy tafakkur va ong
tarkib topgan. Teva rak-atrofdagi voqelik ana shu ilmiy tafak-
kur yordamida to‘laroq va chuqurroq aks ettirilgan. Natija-
da odam hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa va munosabatlar-
ni, qonunlarni ong va tafakkur yordamida bilish imkoniyatiga
ega bo‘ldi. Endilikda odamning ongi bilan idora qilinadigan
faoliyati faqat oddiy ish qurollari, ki yim-kechak, turar joyini-
gina yaratib qolmay, balki fan-texnikani ham yaratdi va yuqori
darajada rivojlantirdi. Ming yillar davomida to‘xtovsiz davom
etgan amaliy mehnat odamning qo‘llarini rivoj lantirib bordi.
Mehnat inson qo‘lini kamolotining shunday yuksak bosqichiga
aylantirdiki, bu bosqichda qo‘l sehri va kuchi bilan Leo nardo
da Vinchi, Rafael, Rembrandt, Repin, Surikov va boshqa ras-
somlarning asarlari yaratildi. Ong kishining mehnat faoliyati-
da, boshqalar bilan doimiy muloqot qilish jarayonida shaklla-
nadi, ong ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |