Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyab.da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dek.da qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997 yilda tayyorlandi.
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bolalar huquqlarini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblanadi. U, qariyb butun jahon hamjamiyatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Hukumatlar ushbu konvenseyani ratifikatsiya qilganlarida, bu bilan o’z zimmalariga uni bajarish bo’yicha rasmiy va oshkora yuridik majburiyat oladilar, ular bolalar huquqlarini himoya etishga va qo’llashga, shuningdek, bu ishga konvensiya moddalariga muvofiq yordamlashishga kirishadilar. O’n nafar mustaqil, saylab qo’yiladigan inson huquqlari bo’yicha xalqaro ekspertdan tashkil topgan BMTning Bolalar huquqlari bo’yicha qo’mitasi mazkur huquqlarga amal qilinishini tekshirib turish ishlarini amalga oshiradi.
Konvensiya kompleks xarakterga ega, ya’ni bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari barcha sohalarini ta’min etadigan yagona konvensiyadir.
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning asosiy prinsiplariga muvofiq bolalar “ularning ota-onalari va boquvchilarining irqlari, terisining ranglari, jinslari, tillari, dinlari, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishlari, moddiy mavqelari, sog’-salomatliklari va tug’ilganliklari hamda qanday bo’lmasin, boshqa holatlardan qat’iy nazar” kamsitishlarga yo’l qo’yilmaydi. (2-modda); bolalar o’z hayotlarining barcha jabhalarida, jumladan, jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va madaniy sohalarda yashash va rivojlanish huquqiga egadirlar (6-27-moddalar); har bir kichkintoy yoki barcha bolalarga tegishli hamma qarorlar yoki harakatlarda bolalarning manfaatlari hisobga olinishi kerak. (3-modda); bolalar tinch yig’ilishlar o’tkazish, o’zlarining hayotlariga bog’liq barcha ishlarda faol ishtirok etish, fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish va o’z qarashlariga jiddiy munosabatda bo’lish huquqlariga egadirlar.
Bolaga mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan hisoblanadi. Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, bolalar haq-huquqini himoyalashga doir qator qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, shular asosida tub islohotlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizda bola huquqlari kafolati mustahkamlandi, 1992 yilda «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya mamlakatimiz tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Shu o‘rinda «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya va uning qabul qilinish tarixi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. 1979 yil, ya’ni Xalqaro bolalar yilida jahonning turli mamlakatlari hukumatlari tavsiyalari asosida tuzilgan muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh 10 yil davomida dunyo bo‘yicha bola huquqlari bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi. Natijada 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyani qabul qildi.
Shundan e’tiboran, bola huquqlari himoyasi kafolati butun dunyoda ta’minlandi, bu borada xalqaro mexanizm vujudga keldi. Konvensiya mubolag‘asiz bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan muhim xalqaro huquqiy hujjat bo‘lib, ishtirok etuvchi mamlakatlar uning qoidalarini qat’iy bajarishi shartligi belgilangan. Ahamiyatli tomoni, har bir davlat Konvensiya me’yorlarini bajarishda o‘ziga xos milliy xususiyatlarni nazarga olish huquqi va imkoniyatiga ega.
Ilgari bola haqida g‘amxo‘rlik u himoyaga muhtoj bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilar edi. Konvensiya qabul qilinishi munosabati bilan mutlaqo yangi konsepsiya belgilandi. Unda ta’kidlanishicha,g‘amxo‘rlik va himoya bu — muruvvat masalasi emas, balki huquqdir. Konvensiya kuchga kirishi bilan, u bolalar uchun asosiy ijtimoiy va huquqiy mezonlar, tartib va qoidalar qat’iy belgilangan majmuaga aylandi.
Konvensiyada ilk bor bola tushunchasi ochib berildi, bolaning huquq va erkinlik doirasi kengaytirildi. Hujjatda shafqatsiz qiynoq va qurolli to‘qnashuvlar qurboni bo‘lgan, shuningdek, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz bolalarning yuridik himoyasi ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, unda bolalarni ba’zi bir salbiy hodisalar (giyohvandlik va ruhiy ta’sir etuvchi moddalarni noqonuniy iste’mol qilish, bolalarni sotish va g‘ayriqonuniy maqsadlarga jalb etib, ulardan foydalanish) dan himoya qilish masalalari ham alohida qayd qilingan. Bola yoki o‘smir huquqlarini himoya qilishda kamsitmaslik tamoyili e’tirof etilgan.
Mazkur xalqaro hujjat 54 moddani o‘z ichiga olgan. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan har bir mamlakat o‘z milliy qonunchiligini uning qoidalariga muvofiq qayta ko‘rib chiqishi lozimligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |