Davlatimizda mazkur Konvensiya qoida va me’yorlarini yanada kengroq amalga oshirish yuzasidan 2008 yilda «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Konvensiya respublikamizda bolalar huquqlariga oid milliy qonunchilikning mustahkam bazasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ayni chog‘da mamlakatimiz bolalar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga doir barcha asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. BMTning Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (Pekin qoidalari, 1985 yil) hamda Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatlarning oldini olish uchun bosh tamoyillari (Ar-Riyod bosh tamoyillari, 1990 yil) shular jumlasidandir.
B ugun dunyoning turli hududlarida siyosiy tanglik, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik uzoq vaqtlardan beri davom etayotgan bir vaziyatda u yerdagi bolalarning taqdiri, kelajagi haqida chuqurroq o‘ylab, o‘zimizga tasavvur qilib ko‘radigan bo‘lsak, jahonda bola huquqlari himoyasi masalasi qanchalik dolzarb ekani yana bir bor ayon bo‘ladi.
Mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi kafolatlari tobora mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston bolalari jismonan va ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishi, jahon standartlari darajasida bilim hamda tarbiya olishi, orzu-maqsadlariga erishishi uchun hamma sharoitlarni yaratib bermoqda.
Bularning barchasi xalqimizning ezgu niyatlari, orzu-intilishlari, qolaversa, partiyamiz dasturiy maqsadlari bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang bo‘lib, farzandlarimizning sog‘lom va hur fikrli avlod sifatida kamol topishiga xizmat qilmoqda.
Bola huquqlariga e'tibor
9.09.2011 Sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo‘lida alohida va doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning sifatli ta’lim olishi va salomatligini mustahkamlash uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaydi. Xususan, yaqinda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n mamlakat qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining Bola huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasi milliy qonun hujjatlariga implemintatsiya qilingan ijtimoiy muhofaza bo‘yicha normalarining Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi ijrosini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida shular xususida so‘z bordi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda bola huquqlari himoyasi mamlakatimizda mustahkam huquqiy asosga ega ekani ta’kidlandi. Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi, avvalo, Konstitutsiyamizda belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Mamlakatimiz Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva, 1999 yil 17iyun) ham qo‘shildi va ushbu hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) vakillari Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi xususida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Shu o‘rinda qayd etish joizki, mamlakatimizda oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini ta’minlash tizimi yaratilgan. Xalq ta’limi vazirligi tizimida bugungi kunda jami 25 Mehribonlik uyi, 2 Bolalar shaharchasi, 6 Oilaviy bolalar uyi, 18 kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari uchun mo‘ljallangan maktab-internat hamda 88 maxsus maktab-internat faoliyat olib bormoqda. Yig‘ilish ishtirokchilari qonunchilik monitoringini kuchaytirish, mamlakatimizning barcha viloyatlari, ayniqsa, qishloq joylarda tushuntirish ishlarini olib borish, bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘lida davlat idoralari va NNTlar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |