Mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni.
Reja:
Suhbat turlari.
Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi.
Suratlar bilan o’tkaziladigan suhbatlar.
Suratlar bilan suhbat o’tkazish usullari.
Xulosa
1. Suhbat turlari. Suhbat - ta’limning dialogik metodi bo‘lib,
savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi.
Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va
tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bo-
lalaming mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi.
Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va ma-
lakalami paydo ciladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish,
ulami takrorlanuslik, bildirilgan fikrlami samimiy baholash va
boshqalar. Suhbat fikming aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z
xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish,
aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiya
chi bolalarda his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-
hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.
Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mav
zudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat-
lami esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tar
biyalash, axloqiy tasawur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsa-
dini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlami o‘tkazish
mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida»,
«Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy
mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ко‘rgazmali material lami
ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg‘unlikda amal
Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida
aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush
voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas
bog‘liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi
turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan
faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foy-
dalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani
aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tu
tilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga
doir vazifalami taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalar
ning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri-
tilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |