6. Kiyim izlarining hosil bo‘lish mexanizmi va tasniflanishi
Kiyimlarning turli qismlaridan hosil bo‘ladigan izlar trasologiyada
hajmiy va sirtiy, statik va dinamik, rangli va rangsiz kabi turlarga
bo‘linadi.
Odatda, yuqoridagi izlarda kiyimlarning xususiy izlaridan tashqari,
odam tanasining ayrim a’zolarining anatomik belgilari, shuningdek
kiyimlarni kiyishning funksional belgilari (qatlamlari, sinishlari)ning
xususiyatlari aks etishi mumkin.
Qo‘lqoplar va qo‘l izlarining hosil bo‘lish mexanizmi bir xil bo‘ladi.
Ular yakka yoki guruhiy izlarga bo‘linadi. Barmoq falangalari, ularning
o‘zaro joylashishi, falangalar orasidagi qatlamlar hamda fleksor
qiziqlarning mavjudligi va joylashishiga ko‘ra, ushbu belgilar qanday
ta’sir (obyektni siqib ushlash, tegib ketish yoki bosish) natijasida hosil
bo‘lganligini aniqlash mumkin. Bir panjali qo‘lqoplarning izlarida,
277
qo‘lqopning barmoqlararo sohalari materialining tuzilishi aks etishi
mumkin.
Qatlamli tushuvchi izlar ko‘rinadigan, yaxshi ko‘rinmaydigan (ko‘rish
qiyin bo‘lgan) va ko‘rinmaydigan bo‘lishi mumkin. Ko‘rinadigan izlar
kiyim sirtini birorta bo‘yovchi modda (masalan, qon) bilan bo‘yalish
natijasida paydo bo‘ladi. Yaxshi ko‘rinmaydigan izlar turli moddalar,
masalan ter–yog‘ yoki yog‘ moddalarini qatlamli tushishi natijasida hosil
bo‘ladi (yog‘li moddalarga oziq–ovqat moyi, moylash matenriallari
kiradi).
Chram mahsulotlarida yog‘ moddalarning mavjudligi ushbu mahsu-
lotlarda charm xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi bilan bog‘liq.
Charmdagi yog‘ning miqdori charmning turi va mo‘ljallangan maqsadi
bilan aniqlanadi. Masalan, qo‘lqoplar tayyorlash uchun mo‘ljallangan
charmda yog‘ miqdori 13%dan oshmasligi, kiyim tayyorlash uchun
mo‘ljallangan charmda esa 12%dan oshmasligi kerak.
Rezina va sun’iy charmdan tayyorlangan qo‘lqoplarning ko‘rinmay-
digan izlari, qo‘lqop bilan yog‘ yoki bo‘yovchi moddalarga, shuningdek
odam tanasining ayrim sohalariga tegish natijasida hosil bo‘ladi. Xususan,
bunday qo‘lqoplarni kiyishda, odam qo‘lida mavjud bo‘ladigan ter–yog‘
moddalari va turli ifloslanishlar bu qo‘lqoplarga o‘tib qolishi mumkin.
Yuqoridagi izlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun, hodisa sodir bo‘lgan
joyning sharoitlarini inobatga olgan holda, jinoyatchining harakatlarini
hayoliy modelini tasavvur qilish (shakllantirish) va uning kiyimlari
ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini aniqlash lozim. Undan
tashqari, izlarning hosil bo‘lish mexanizmi va sharoitlari bilan birga, ularni
aniqlashning eng ma’qul variantlarini tanlash va buning uchun zarur texnik
vositalarni qo‘llay bilish kerak.
Kiyim izarini aniqlash, qayd etish va olish uchun qo‘l izlari va turli
qattiq buyumlardan qoladigan izlar bilan ishlashga mo‘ljallangan juda ko‘p
vositalarni tavsiya qilish mumkin (optik, fizikaviy va kimiyoviy metodlar).
Kiyimlarning daktiloskopik kukunlar bilan ishlov berilgan yoki
changli sirtda hosil bo‘lgan sirtiy izlari daktiloskopik tasma yoki
yopishqoq tasmaga ko‘chirib olinishi mumkin.
Kiyimlarning hajmiy izlaridan turli sintetik material yoki gips
yordamida quyma nusxalar olish mumkin.
Izlarga qo‘shimcha qayta ishlov berish (masalan, kontrastini
kuchaytirish uchun tegishli kukunlar bilan bo‘yash)dan oldin, ularni
fotosuratga olish zarur.
278
Kiyim izlarini qayd etish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
— hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida
ta’riflab yozish;
— fotosuratga olish;
— sirtiy izlarning nusxasini yopishqoq tasmalarga ko‘chirish;
— hajmiy izlarning quyma nusxalarini olish.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida
kiyimlarning izlarini ta’riflashda, ularni to‘liq va quyidagi ketma–ketlikda
bayon etish lozim:
— buyumning nomi;
— izlar aniqlangan sirtining xususiyatlari;
— izlar aniqlangan joylar, ularning ko‘rinishi va o‘lchamlari;
— izlarning tekshirilayotgan obyektda joylashish tartibi;
— izlarni aniqlash usullari, kiyimning izlarda aks etgan belgilari;
— izlarni qayd etish va olish usullari;
— izlar mavjud bo‘lgan obyektlarni o‘rab–joylashtirish usullari.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida
quyidagilar aks ettiriladi: iz hosil qiluvchi obyekt relyefining belgilari va
to‘qilish naqshlari; choklarining turi; kiyim elementlari (to‘qasi va
boshqalari)ning kattaligi va joylashishi, furniturasi, shuningdek turli
nuqsonlari.
Kiyim izlarini fotosuratga olish masshtabli suratga olish qoidalariga
binoan amalga oshiriladi. Xususan, tugunli (uzlovoy) fotosuratga olish izli
obyektlarni atrof–muhitga nisbatan holatini qayd etishga, detal suratga
olish esa izlarning belgilarini sifatli aks ettirishga yordam beradi. Izlarning
belgilarini fotosuratga olishdan oldin raqamlash va bu haqida bayon-
nomaga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.
Kiyimlarning sirtiy izlarini boshqacha usulda olishning imkoni
bo‘lmaganda, ularni yopishqoq tasmalarga olinadi. Bunday izlar oldin
tegishli kukunlar bilan bo‘yaladi va keyin daktiloskopik tasma yoki texnik
yopishqoq tasmalarga ko‘chiriladi. Bir necha izlarning joylashish tartibini
saqlab qolish uchun bir yopishqoq tasmaga ko‘chirish lozim.
Agar kiyimlarning izlari noteksi sirtda joylashgan bo‘lsa, u holda
ularning quyma nusxalarini olish mumkin. Kiyimlarning hajmiy izlarini
modellashtirish uchun polimer materiallar yoki gipsdan foydalangan
ma’qul. Ushbu quyma nusxalar umumiy qoidalarga binoan tayyorlanadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda, kiyimlarning qayd
etilgan izlari olinishi lozim. Aniqlangan izlar mustaxkam bo‘lmagan
moddalar (masalan, chang, bo‘r, qurum, kul va shu kabilar) bilan hosil
279
bo‘lganda, ularni saqlab qolish choralarini ko‘rish kerak. Bu maqsadda
kiyimlarning izlari laksimon modda (soch uchun lak, rangsiz mebel laki va
shu kabilar) yoki lavsan asosli yopishqoq shaffof tasma yordamida
mustaxkamlanashi lozim.
Ta’kidlash joizki, kiyimlarning izlarida juda mayda o‘lchamli
elementlar mavjud bo‘ladi, shuning uchun ushbu mayda elementlarga
nisbatan extiyotkorona munosabatda bo‘lish lozim. Aks holda, izlar
buzilishi mumkin.
Kiyimlarning izlarida o‘ziga xos identifikatsion belgilar ham mavjud
bo‘ladi. Kiyimlarning asosiy xususiyatlarini o‘rganish natijasida ularning
izlarida akslanadigan belgilarning quyidagi ikki guruhini ajratishga imkon
beradi:
— ishlab chiqarishga oid belgilar;
— kiyish (ekspluatatsii) va ta’mirlash belgilari.
Ishlab chiqarishga oid identifikatsion belgilar kiyimlarni ishlab chiqish
(bichish va tikish) jarayonida hosil bo‘ladi. Ular kiyim materialining
ko‘rinishi va turi, mahsulotning tuzilishidagi xususiyatlar va tayyorlanish
usulini ifodalaydi.
Kiyim materiali turini aniqlash tekshirilayotgan kiyimni muayyan
guruhga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi. Masalan,
tekshirilayotgan izlarda mato tuzilishini aks etishi, kiyimlar tekstil
matodan tayyorlanganligini bildiradi.
Tekstil matolarning turlari ularning iplari va tolalarining to‘tsilish
sxemasiga ko‘ra aniqlanishi mumkin. Masalan, agar izlarda ikki astarli
trikotaj to‘qilish izlari aks etgan bo‘lsa, ushbu izlar ro‘mol–sharf
ma’sulotlaridan qoldirilgan deyishga imkon yaratishi mumkin, chunki
ro‘mol–sharf mahsulotlarini aynan ikki astarli trikotaj to‘qilish usulda
tayyorlanadi.
Kiyim matosining xususiyatlarini ifodalovchi belgilar bilan birga,
izlarda kiyimlarning yoki matoning nuqsonlari (ip va tolalarning
nuqsonlari, matoni tayyorlashdagi nuqsonlar, to‘qilish nuqsonlari, bichish
va tikishda vujudga kelgan nuqsonlar) ham aks etishi mumkin.
Ip va tolalarning nuqsonlariga ip va tolalarning ingichkalashib yoki
yo‘g‘onlashib qolishi, ular qalinligining turlichaligi kiradi. Ip va tolalar
ingichalashib yoki yo‘g‘onlashib qolsa, matoning «mahalliy nuqsonlari»
hosil bo‘ladi, ya’ni matoning ayrim sohalarining qalinligi yoki kamayib
yoki kattayib ketadi.
Matoni tayyorlashdagi nuqsonlari barcha matolar uchun bir xilda
bo‘lishi mumkin va ular safiga quyidagilarni kiritish mumkin:
280
a) blizna — matoning asosiy iplarini uzilib qolishi natijasida hosil
bo‘ladigan teshiklar;
b) prometka — matoning utok (bo‘ylama) iplarini uzilib qolishi
natijasida hosil bo‘ladigan teshiklar;
v) hoshiyalar — iplarning zichligi kamayishi hisobiga hosil
bo‘ladigan, utok (bo‘ylama) iplar bo‘yicha joylashgan, uzunligi 2–3 sm
bo‘ladigan chiziqlar;
g) podpletina — bir necha asosiy iplarning uzilishi natijasida matoning
to‘qilish naqshlarining buzilgan sohalari. Uzilgan asosiy iplar bo‘ylama ip
(utok)lar bilan o‘zaro chigallashib qoladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan nuqsonlar izlarda vertikal va gorizontal
chiziqlar kesib o‘tgan hoshiyalar shaklida aks etishi mumkin;
d) zaboina — bo‘ylama ip bo‘yicha keskin va iplarning zichligi ortishi
bilan ifodalanadigan. Izlarda mato naqshlarining buzilishi ko‘rinishida
akslanishi mumkin;
ye) utok izlari — bo‘ylama ip (utok)larning keskin yo‘g‘onlashishlari;
j) to‘qimachilik naqshlarining buzilishlari.
To‘qilish izlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) yo‘g‘onlik va ingichkaliklar — mato iplari qalinliginining sezilarli
o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan, sirtmoq qatorlari va usutnlari
bo‘ylab joylashgan kichik sohalar. Izlarda iplarning qalinliklari o‘zga-
rishining tartibsiz birlashishi kuzatiladi;
b) «zebra»lar — matoni qalinligi turlicha bo‘lgan iplar bilan to‘yishda
hosil bo‘ladigan, ketma–ket joylashadigan qalin va ingichka hoshiyalar;
v) sirtmoqlarning turlicha uzuniligi — matoning hoshiyadorligini
keltiribchiqaradi;
g) sirtmoq ustunlarining qiyshayishi — matoga ishlov berishda, uni
turlicha cho‘zish yoki tortish natijasida hosil bo‘ladigan iplarning turlicha
o‘qrilishi.
Charm materiallarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ularda
«mereya»ning mavjudligi hisoblanadi.
Mereya — charm xom ashyosiga hos bo‘lgan, teridagi derma va
poralarning notekisligi natijasida hosil bo‘ladigan oshlangan charmning
naqshlari. Mereyaning detallari, xuddi papillyar naqshlar kabi individual
xususiyatga ega bo‘ladi. Charm materialdan birorta mahsulot tayyorlashda,
uning naqshlari ushbu mahsulotgagina xos bo‘ladi. Izlarda, mereyadan
tashqari,charm mahsulotlarining nuqsonlari ham aks etishi mumkin. Ushbu
nuqsonlar charm xaom ashyosiga ishlov berishda hosil bo‘lishi mumkin.
bunday nuqsonlarga tirnalishlar, shilinishlar, teshiklar, yirtilish va
yorilishlar, charm yuza qismining ajindorligi (setka) kabilar kiradi.
281
Plenka materiallardan tayyorlangan kiyimlarning izlarda ishlab
chiqarishga oid nuqsonlari aks etadi. Masalan, yupqa plenka materialdan
tayyorlangan qo‘lqop kiyib birorta buyum maxakam siqib ushlansa,
barmoqlarning papillyar naqshlari izlarda aks etishi mumkin.
Kiyim mahsulotlarining tuzilishiga oid xususiyatlari bo‘lib ularning
o‘lchamlari, shakli, detallarning o‘zaro joylashishi va miqdori, shuningdek
turli nuqsonlari hisoblanadi. Ayrim hollarda aynan ular iz qoldirgan
shaxsning jismoniy ma’lumotlarini aniqlash imkonini berishi mumkin.
Ma’lumki, kiyimlarning tuzilishiga oid nuqsonlar, kiyimlarda
bo‘ylama, ko‘ndalang va og‘ma qatlamlarni paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bo‘ylama qatlamlar mahsulotlarning orqa (yelka) qismida, reglan
shaklidagi yenglarda, mahsulotning o‘rta choki sohasida hosil bo‘ladi.
Ko‘ndalang qatlamlar mahsulotlarning orqa qismida, yenglarni
shimarishda va shimlarning yon choklarida hosil bo‘ladi. Og‘ma qatlamlar
yenglarning yonbosh va tirsak choklarida, shimlarning poychalarida
(asosan tizzadan yuqori qismida) hosil bo‘ladi.
Kiyimlarning tuzilishiga oid nuqsonlardan tashqari, izlarda kiyimlarni
bichish va tikish belgilari ham aks etishi mumkin.
Kiyimlarni bichish jarayonining belgilari kiyim detallari (yoqasi,
cho‘ntaklari, yenglari va fasonidagi detallar)ning simmetriyasi haqida fikr
yuritishga imkon beradi. Ammo, ularni tadqiqot qilishda, ushbu
detallarning joylashishini iz hosil bo‘lish jarayonida o‘zgarib qolishini
inobatga olish zarur. Bichish jarayonidagi nuqsonlar bo‘lib detallarning
qiyshayib qolishi yoki kaltaligi, ularning o‘zaro ismmetriyasining buzilishi
hisoblanadi.
Kiyimlarni tikish yoki ularning detallarini o‘zaro birlashtirish
nuqsonlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
— choklarning qiyshiqligi va nosimmetrikligi;
— propuski stejkov;
— detallarning notekis qirqilishi;
— mahsulot yengi va etaklarining notekis bukilishi;
— kiyim izmalari va furniturasining notekisligi;
— iplar va sirtmoqlarining cho‘zilishi;
— yelimlangan choklarning ajralib ketishi.
Kiyim mahsulotlarining kiyilish (ekspluatatsiya) belgilari guruhiga
quyidagilar kiradi:
mato relyefining tekislanib qolishi; tekstil matodan tayyorlangan
mahsulotlarnig ayrmi sohalaridagi iplarning tolalarga ajralishi; kesilishlar,
yorilish va yirtilishlar, teshiklar, yamoqlar va shu kabilar.
282
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarining barchasi birgalikda kiyim
mahsulotlarining individualligini ta’kidlaydi va ularni izlar bo‘yicha
farqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |