3. Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larning
tushunchasi va tasniflanishi
Umum kriminalitsik ma’noda kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar
yanada kengroq tushuncha — kiyimlardagi izlar tushunchasining bir turi
hisoblanadi. Ammo, ekspertiza amaliyotida kiyimlardagi shikastlanish
(jarohat)lar va izlar alohida mustaqil guruhlar sifatida o‘rganiladi hamda
har bir guruhning o‘ziga xos xususiyatlari ajratiladi.
Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)lar — kiyimga mexanik, issiqlik
va kimyoviy ta’sirlar natijasida, uning yaxlitligi (butunligi)ning buzilishi
hisoblanadi.
Kiyimlaragi izlar — kiyimga tas’ir qilgan obyektning ta’sirlashuvchi
(iz hosil qiluvchi) sirtlari tashqi belgilarining moddiy aks etgan tasvirlari
hisoblanadi.
O‘z navbatida, izlarni kriminalistik tadqiqotlarning obyekti nuqtai
nazaridan o‘rganishda, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
Ta’sirlashuvchi qismlarning tashqi tuzilishining aks–izlari.
Modda–izlar (metallanish, porox zaradining yonish mahsulotlari va
hokazolar).
Kiyimlardagi shikastlanish (jarohat)larni ham ikki turga: o‘tkir va
o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlarga ajratish mumkin.
O‘tkir buyumlar o‘zlarining tuzilishidagi xususiyatlaridan kelib chiqib,
iz qabul qiluvchi obyekt sirtining muayyan nuqtali yoki chiziqli sohasiga
kesuvchi, sanchuvchi, chopuvchi, arralovchi yoki murakkablashgan
(pichoq, bolta, qaychi, arra va hokazolar) ta’sir ko‘rsatishi mumkin hamda
bu ta’sir natijasida iz qabul qiluvchi obyekt teshilishi yoki qismlarga
ajralib ketishi mumkin.
O‘tkir buyumlar tuzilishiga ko‘ra kesuvchi (masalan, pichoq),
arralovchi (arra), sanchuvchi (stilet, xanjar), chlpuvchi (qilich) va
murkkablashgan (kesuvchi–sanchuvchi, kesuvchi–chopuvchi, kesuvchi–
sanchuvchi–chopuvchi) bo‘lishi mumkin.
Kiyimlarning kriminalistik ekspertizalariga quyidagi mazmundagi
savollar qo‘yilishi mumkin:
1. Kiyimlardagi jarohatlar o‘tkir buyumlar bilan yetkazilganmi, agar
yetkazilgan bo‘lsa, aynan qanday: kesuvchi, sanchuvchi, sanchuvchi–
kesuvchi, chopuvchi quroolardan yetkazilgan?
2. Jarohatlar bir yoki bir necha buyum tomonidan yetkazilgan?
3. Jarohatlar yetkazilgan pichoq tig‘ining belgilari qanday (tig‘
qalinligi va kengligi, tig‘ muhrasining shakli, tig‘ damlarining miqdori,
o‘tkirlik darajasi)?
251
4. Sanchuvchi buyumning shakli, uning o‘lchamlari va ko‘ndalang
kesimining o‘lchamlari qanday?
5. Kiyimlardagi jarohatlarni inobatga olgan holda bolta damining
xususiyatlari qanday?
Tekshirilayotgan kiyimdagi jarohatlarning kelib chiqishi (ushbu
jarohat kesish, qirqish, chopish, sanchish yoki sanchuvchi–kesuvchi ta’sir
natijasida hosil bo‘lganligi) bo‘yicha savolga javob berilayotganida,
ekspert yuqorida sanab o‘tilgan jarohatlarga xos bo‘lgan morfologik
belgilarini, ayrim hollarda esa esa jarohatlarni hosil bo‘lish mexanizmini
aniqlay bilishi lozim. Iz hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash
tekshirilayotgan obyektga qilingan ta’sirning usuli haqida fikr yuritishga,
ya’ni zarbaning mavudligi, uning yo‘nalishi kabi ko‘rilayotgan jinoyat ishi
uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
Kesilish jarohatlari birorta buyumning tig‘ini kiyim matosi bo‘ylab
harakati ta’sirida hosil bo‘ladi va natijada matoning ochiq (hajmiy) yoki
yopiq (sirtiy) buzilishlari vujudga keladi (4–rasm). Kesilish izlari — tig‘li
qurol yoki predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan
o‘ngga (o‘ngdan chapga) tortganda — kesganda vujudga keladi. Bunda
kiyim matosi, agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, matoning tolalari
bir hilda uziladi, agar predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas
bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi (oddiy uzilish) mumkin. Bu kabi izlar
odatda, chiziq yoki ingichka ellips shaklida bo‘lib, jarohatlar joylashgan
sohada mato tolalarining uchi bir-biriga yetishi mumkin.
Kesish izlari kiyim matosi tolalarining uchlari tekis qirqilgan yorilish
shaklida bo‘ladi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir
qismining yetishmasligi – «matoning minusi» kuzatilmaydi. Undan
tashqari, agar iz hosil qiluvchi obyektning iz qabul qiluvchi obyekt bilan
ta’sirlashuvchi ishchi sirtida (masalan, pichoq tig‘ining yonbosh sirtlarida)
turli nuqsonlar yoki identifikatsion xususiyatga ega bo‘lgan belgilar
mavjud bo‘lsa, ushbu ishchi sirtning xususiy belgilari mato tolalarining
uchlarida ifodanishi mumkin. Ammo, bu belgilar mikroskopik tadqiqotlar
jarayonidagina aniqlanishi mumkin va o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi.
Kesilishlar to‘g‘ri yoki egri shaklda bo‘lishi mumkin (tig‘ning harakat
yo‘nalishiga bog‘liq ravishda). Kesilishlar kiyim matosining asosiy
(bo‘ylama) va utok (ko‘ndalang) tolalarini ixtiyoriy burchak ostida kesishi
mumkin, bu esa kesilishglarni yirtilishdan farqlovchi asosiy belgi
hisoblanadi. Kesilish jarohatlarining chetlari tekis bo‘ladi, tolalarning
erkin uchlari (uchliklari) bir sathda joylashgan bo‘ladi.
252
4–rasm. Kesilish jarohatining ko‘rinishi.
Kesilish jarohatida jarohatlovchi buyum tig‘iga ko‘rsatilayotgan
ta’sirning kamayishi natijasida hosil bo‘ladigan kashaklar (matoning
ikkiga ajralgan qismlarining bir-biriga tutashtiruvchi tolalar, ya’ni kesish
natijasida uzilmay qolgan tolalar) kuzatiladi. Kesilishning o‘ziga xos
xususiyati bo‘lib, ochiq jarohatning boshanish va tugash qismlaridagi sirtiy
(yopiq) qo‘shimcha kesilishlar hisoblanadi. Ushbu qo‘shimcha kesilishlar
jarohatlovchi buyum tii matoga kirayotganida hamda matodan chiqayot-
ganida hosil bo‘ladi. Kesilish natijasida mato «minusi» kuzatilmaydi. Mato
tolalarining erkin uchlari ingichkalashmagan, tekis, iplarning tolalari bir
xil sathda buzilishga uchragan bo‘ladi.
Kesilish izlarini tadqiqot qilishda kesish yo‘nalishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Agar kesilish matoning birgina qatlamidan o‘tgan bo‘lsa, uning
yo‘nalishi to‘g‘risida iplarning erkin uchlari yo‘nalishi qarab xulosa qilish
mumkin, odatda bu erkin uchlarning yo‘nalishi jarohatlovchi buyumning
harakai bilan bir xil bo‘ladi.
Agar kesilish matoning ikki yoki undan ko‘proq qatlamlaridan o‘tgan
bo‘lsa, u hoda kechilishning yo‘nalishi haqida eng ustki va eng ostki
qatlamlarda joylashgan ochiq jarohatlarning joylashiga ko‘ra fikr yuritish
mumkin bo‘ladi. Kesilish jarohatining boshlanish tomonida har ikki (ostki
va ustki) qatlamlaridagi kesilishlar bir xil sathda joylashgan bo‘ladi,
kesilishning tugash qismida esa, matoning ostki qatlamidagi jarohatlar
matoning ustki qismidagiga qaraganda ichkariroqda joylashgan bo‘ladi.
Agar kesilish matodan keyin joylashgan paxtali qatlamdan ham o‘tgan
bo‘lsa, u holda kesilishnng boshlanish qismida unchalik katta bo‘lmagan
chuqurlik kuzatiladi. Undan tashqari, kesilish yo‘nalishi, paxtali qismdagi
paxta qatlamini jarohatlovchi buyum tig‘i yo‘nalishi bo‘ylab siljib qolishi
bilan aniqlanishi mumkin.
Sanchilish jarohatlari matoga sanchuvchi ta’sirli buyum ta’sirida hosil
bo‘lishi mumkin. Sanchilish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni oldinga,
yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga)
urganda — sanchganda vujudga keladi.
253
Bunda kiyim matosi quyidagicha o‘zgarishga uchraydi: agar qurol
yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, matoning tolalari bir hilda uziladi, agar
predmetning shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi
titilishi mumkin.
Sanchish — matoning teshilishi bilan kuzatiladi. Kiyimdagi o‘q
tegishidan hosil bo‘lgan jarohatni ham sanchish izlari sifatida ko‘rish
mumkin. Bu kabi izlar ko‘pincha, yumaloq yoki ellips shaklida bo‘lib,
jarohatlar joylashgan sohada shikastlangan obyektning bir qismi
yetishmaydi. To‘siqdagi jarohat sohasida obyektning muayyan bir
qismining yetishmasligi – «matoning minusi» deb ataladi va jarohat
yetkazuvchi qurol yoki predmet tomonidan yulib ketiladi.
Undan tashqari, agar iz hosil qiluvchi obyektning iz qabul qiluvchi
obyekt bilan ta’sirlashuvchi ishchi sirtida turli nuqsonlar mavjud bo‘lsa,
ushbu ishchi sirtning xususiy belgilari mato tolalarining uchlarida
ifodanishi mumkin. Ammo, bu belgilar mikroskopik tadqiqotlar
jarayonidagina aniqlanishi mumkin va o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi.
Bu kabi jarohatlovchi buyumlar ishchi sirti konussimon yoki pirami-
dasimon shaklda bo‘lishi mumkin. Konussimon shakli buyumlarning
ishchi sirti o‘tkir uchli hamda ko‘ndalang kesimi aylana yoki oval shakldi
bo‘ladi. Piramidasimon ishchi sirtli buyumlar uchli qism bilan birga
o‘tmas yoki o‘tkir qovurg‘alarga ham ega bo‘ladi. Ushbu jarohatlovchi
buyumlarning matoga ta’sir qilish mexanizmi xam turlicha bo‘ladi.
Silindr–konussimon shakldagi buyum matoga, uning iplarini chetga
surish yo‘li bilan kirib boradi, natijada matoning surilgan iplari jarohat
chetida zichlashib qoladi. Agar jarohatlovchi buyum o‘z yo‘lida to‘qilgan
iplarga duch kulsa, ularni avval cho‘zilishiga hamda keyinyaalik uzilib
ketishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, silindr–konussimon shakldagi
buyum bilan sanchish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar aylana yoki oval
shaklda bo‘ladi, jarohatning diametri buyum diametridan kichikroq
bo‘ladi, chunki matoning uzilgan iplari, jarohatlovchi buyum chiqarib
olinganidan so‘ng, o‘z joyiga qaytib qoladi. Jarohatlarning chetlari
ichkariga ham tashqariga ham yo‘nalgan bo‘ladi. Shikastlangan iplarning
uchlari yorilish yoki qirqilishning barcha belgilariga ega — tolalar
ingichkalashgan, iplarning uchlari yoyilgan hamda tolalarning uchlari turli
sathda joylashgan bo‘ladi.
Piramidasimon shakldagi buyum, matodan o‘tib boradi, agar
buyumning ishchi sirti (uchi) o‘tmas bo‘lsa iplarni qisman siljitadi, agar
o‘tkir bo‘lsa tolalarni kesib yuboradi.
254
Sanchilish jarohatlari turli qovurg‘alarga ega bo‘lgan buyumlar
ta’sirida hosil bo‘lgan bo‘lsa, jarohatlarda ushbu qovurg‘alardan qoladigan
iz (belgi)lar — «qirralar» mavjud bo‘ladi. Ushbu qirralarning miqdori
buyum qovurg‘alarining miqdoriga teng bo‘lishi shart emas, ularning aniq
hosil bo‘lishi qovurg‘alarning o‘tkirligi, ularning o‘lchamlari, buyumning
kirish chuqurligi va burchagi, shuningdek matoning xossalariga bog‘liq
bo‘ladi (5–rasm).
5–rasm. Uch qovurg‘ali tig‘ning sanchilishi ta’sirida hosil bo‘lgan jarohat.
Matoning bir qism iplarining erkin uchlari qirqish (yorilish), bir qismi
esa kesilish belgilariga ega bo‘ladi. Sanchuvchi buyum ta’sirining
yo‘nalishi haqida jarohatdagi iplarnig joylashishiga ko‘ra fikr yuritish
mumkin. Agar buyumda qovurg‘alar bo‘lsa va jarohatning bir tomonida
ta’sir izlari yoki qovurg‘alardan qolgan moddalar (ifloslanish, chang,
tuprrq va shu kabilar)ning mavjudligi, matoga yuqorida ko‘rsatilgan
tomondan, o‘tkir burchak ostida zarba berilganligidan darak beradi. Agar
bir necha qatlam matolar shikastlangan bo‘lsa, u holda xar bir qatlamdagi
jarohatlarning joylashiga qarab, buyumning ta’sir yo‘nalishini aniqlash
mumkin.
Tadqiqotlarga juda ko‘p hollarda sanchilish–kesilish izlari keltiriladi.
Ular matoga nafaqat sanchuvchi, balki kesuvchi ta’sir ko‘rsatadigan
buyumlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Shu sababli sanchilish–kesilish
jarohatlarini o‘rganishda, sanchuvchi ta’sir belgilari ham, kesuvchi ta’sir
belgilari ham aniqlanadi. Bunday buyumning o‘tkir uchi matoga kirib
borib avval sanchuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar yetarlicha o‘tkirlanmagan
bo‘lsa, bunday buyum mato iplarini cho‘zlishiga va keyinchalik qirqilishi
yoki uzlishiga sabab bo‘ladi. Agarbuyum matoga ta’sirini to‘xtatmasa,
unda endi buyum matoga kesuvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni matoning iplari
kesiladi.
255
Sanchilish–kesilish jarohatlarining shakli, agar mato yupqaroq bo‘lsa
to‘g‘ri, yoysimon yoki egri (siniq) chizziq shakllarida bo‘lishi mumkin (6–
rasm).
6–rasm. Bir damli tig‘ ta’sirida hosil bo‘lgan sanchilish–kesilish jarohati.
Agar mato qalinroq yuo‘lsa, sanchilish–kesilish jarohatlari to‘g‘ri
chiziq shaklda bo‘ladi. Mato zichligi kamayishi bilan, jarohatning shakli
yoysimon shakldan siniq chiziq shakligacha o‘zgarib boradi. jarohat
o‘lchamlari bilan ushbu jarohatni hosil qilgan buyum tig‘i (ishchi sirti)ning
o‘lchamlari orasidagi nisbat matoning turi, jarohatlovchi buyumning
tuzilishidagi xususiyatlar va ushbu buyumlarni matodan chiqarib olish
mexanizmiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim matolarda jarohatlarning o‘lchamlari
jarohatlovchi buyum tig‘i kengligidan biroz kattaroq bo‘ladi, masalan,
trikotaj, neylon va atsetatli shohi matolada ushbu kattalik 2 mm gacha,
satin matosida esa — 4 mm gacha bo‘ladi.
Jarohatlarning kengligi ham jarohatlovchi buyumning tuzilishdagi
xususiyatlari — jumladan buyum ishchi sirtida muhra qiya qismining
mavjudligi, uning shakli va uzunligi, ishchi sirt uchining muhra qiya
qismiga nisbatan joylashishi, shuningdek jarohatlarning to‘qiish iplariga
nisbatan joylashishiga qarab o‘zgari qoladi. To‘qilish iplariga nisbatan 45°
burchak ostida yetkazilgan jarohatlarning kengligi har doim jarohatlovchi
buyum tig‘i kengligidan kichikroq bo‘ladi (7–rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |