A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Kiyimlardagi jarohatlarni trasologik ekspertizasining



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
4. Kiyimlardagi jarohatlarni trasologik ekspertizasining  
metodikasi 
 
Hodisa sodir bo‘lgan joyda kiyimlarn ko‘zdan kechirishda, ashyoviy 
dallilarni yo‘qolibketishini oldini olish maqsadida, muayyan qoidalarga 
amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Kiyimlar qatlamma–qatlam va ketma–ketlik bilan, ustki kiyimdan 
boshlanib ichki kiyimgacha, kiyimdagi jarohatlarni odam tanasidagi 
jarohatlarga mosligiga alohida e’tibor berib tekshiriladi. Kiyimdagi barcha 
jarohatlar va izlar masshtabli chizg‘ich bilan fotosuratga olinadi, kiyimdan 
to‘kilgan zarrachalar, kelgusida tadqiqot qilish maqsadida olib qo‘yiladi, 
kiyimdagi jarohatlar esa turli tashqi ta’sirlarga uchramasligi uchun oq 
mato parchasi bilan yopiladi, ushu parchaing chetlari esa kiyimga tikib 
qo‘yiladi. 
Kiyimni o‘rab–joylashtirishda kiyimni taxlash chiziqlari jarohatlar 
sohasiga to‘g‘ri kelmasligi lozim. Agar kiyim nam bo‘lsa yoki qon 
shimilgan bo‘lsa, uni ekspertizaga taqdim etishdan oldin quritilishi kerak. 


 263 
Ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat 
bo‘ladi: 
— dastlabki tadqiqotlar; 
— alohida tadqiqotlar; 
— natijalarni baholash; 
— ekspertiza materiallarini rasmiylashtirish. 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasi o‘ziga 
xos xususiyatlariga ega. Ekspert eekspertiza uchun materiallarni olgandan 
so‘ng, tergov organlarini qiziqtiruvchi savollarni aniqlab oladi. Ekspertiza 
tayinlash haqidagi qarorda savollar turlicha qo‘yilishi mumkin, ammo 
ularning asl mazmuni asosan quyidagicha bo‘ladi: 
1. Kiyimdagi shikastlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday? 
Kesilganmi, yorilganmi, teshilganmi, chopilganmi, avtotransport vositasi 
sudrashidan hosil bo‘lganmi? Iz hosil qiluvchi obyektning yo‘nalishi 
qanday bo‘lgan? 
2. Quyidagi shikastlarga qarab avtotransport xalokati paytida jabrla-
nuvchi qanday holatda turganligini aniqlang. 
3. Kiyimidagi shikastlar ma’lum bir qurol (buyum) dan qolganmi? Bu 
shikastlar mashina urib yuborganda, mushtlashganda hosil bo‘lishi 
mumkinmi? 
4. Kiyimning parchalari bitta kiyimga taalluqlimi?  
Birinchi bosqichda ekspert  tadqiqotga taqdim etilgan jinoyat ishi 
materiallari bilan tanishadi. Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar bilan 
tanishadi va ashyoviy dalillarni dastlabki umumiy ko‘zdan kechiradi. 
Ekspert birinchi galda daliliy ashyolarning haqiqiyligiga ishonch hosil 
qilishi kerak. Berilgan obyektlarning haqiqiyligiga salgina shubha tug‘ilsa, 
ekspertiza tayinlagan shaxsdan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinishi 
kerak. O‘bekiston Respublikasi Jinoyat–protsessual kodeksining 68–
moddasiga binoan ekspert o‘zi o‘tkazayotgan ekspertiza predmetiga 
tegishli jinoiy ish materiallari bilan tanishish huquqiga ega. Bunday 
materiallarga daliliy ashyoni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, daliliy ashyo 
sifatida qo‘shib qo‘yish haqidagi qaror, ba’zi hollarda esa hodisa joyini 
ko‘zdan kechirish bayonnomasi kiradi. Ularda buyumlarning to‘liq 
belgilari aks etishi kerak. Jinoyat ishi materialidagi ayblanuvchining biror 
buyumdan jinoiy maqsadda foydalanganligini ifodalovchi harakatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekspertiza obyekti hisoblanmaydi. Binobarin bu 
ma’lumotlar ekspertni qiziqtirmasligi, ekspert xulosasida ko‘rsatilmasligi 
kerak. Ekspertiza obyektlarining haqiqiyligi to‘g‘risidagi shubhani bartaraf 
etish juda katta ahamiyatga ega. Chunki ekspert xulosasida muayyan 


 264 
shaxsning harakatlarini yuridik tomondan baholashga ikkinchi darajali 
bo‘lsada ta’sir ko‘rsatuvchi daliliy ashyolarning xususiyatlari aniqlanadi. 
Daliliy ashyolarning haqiqiyligiga shubha bo‘lmagan holda buyum 
ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirishdan maqsad, aynan shu buyumning 
boshqa shunday buyumlar bilan bir xilligini aniqlovchi belgilarini 
topishdan iborat. Ko‘zdan kechirishda buyumning o‘ziga o‘xshash 
buyumlardan farqlovchi belgilariga ham e’tibor beriladi. Bunday belgilar 
jumlasiga: o‘lchamlar, rang, yozuvlar ko‘rinishidagi alohida xususiyatlar, 
birorta qismning nuqsonlari kabilar kiradi. Ekspert aniqlagan alohida 
xususiyatlar nafaqat xulosa matnida, balki ekspertiza xulosasiga ilova 
qilinadigan suratli jadvallarda yoki fotosuratlar orqali qayd qilingan 
bo‘lishi kerak. 
Ekspertizaga taqdim etilgan ashyoviy dalillar ekspertiza tadqiqotlari 
o‘tkazish uchun yetarli ekanligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng ekspert, 
ushbu tadqiqotlarni o‘zi mustaqil o‘tkaza olishi yoki olmasligini, yoki 
bo‘lmasa kompleks ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilishi zarurligini 
aniqlaydi. 
Taqdim etilgan kiyimni ko‘zdan kechirish kiyimni turi, o‘lchamlari, 
holati, jarohatlar va izlarning aniqlash va qayd etish maqsadida o‘tkaziladi. 
Bu jarayonda kiyimning  va tarkibiy qimlarinng nomlanashi, materiali va 
uning tuzilishi, o‘lchamlari, kiyilish darajasi (eski yoki yangiligi kabi), 
turli ifloslanishlarning mavjudligi, jarohatlar — kesilish, sanchilish, 
yorilish, yirtilish, issiqlik yoki kimyoviy ta’sir izlari borligi hamda 
ko‘rilayotgan ish uchun ahamiyatli va qo‘yilgan savollarga javob berishga 
kerak bo‘ladigan boshqa belgilar ko‘rsatiladi. 
Ko‘zdan kechirishning keyingi maqsadi – tekshirish obyektini 
o‘rganishdir. Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik eksperti-
zasidagi  ko‘zdan kechirishda kriminalistikada qabul qilingan oddiy 
uslublar qo‘llaniladi: ko‘zdan kechirish, kuzatish, o‘lchash, ta’riflab 
yozish. Ushbu turdagi ekspertizaga tegishli bo‘lgan yoki tegishli bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan obyekt jinoyat ishida qanday ahamiyatga ega ekanligiga 
qarab, ko‘zdan kechirishning maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Agar 
taqdim etilgan buyum qotillik yoki tan jarohatlari yetkazish quroli bo‘lgan 
bo‘lsa, uning sirtida qon izlari, odam terisi, soch tolalari va kiyim matosi 
mikrozarralarining o‘tirib qolishi mumkin.  
Kiyimlardagi mexanik shikastlar shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, 
individual belgilarini aniqlash uchun ko‘zdan kechiriladi. Bunda mexanik 
shikastlarning uni aynan jarohat sifatida ifodalovchi guruhiy belgilariga va 
individual belgilariga e’tibor berish kerak. 


 265 
Tadqiqotlarda o‘rganilayotgan buyumni kattalashtirib fotosuratga olish 
kerak. Fotosuratga olishning holatlari va sharoitlari ekspert xulosasida 
qayd qilinadi, tayyorlangan fotosuratlar esa fotojadvalga yelimlanadi, 
ularga izoh beriladi va ekspert imzosi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning ko‘zdan kechirish uning tuzilishi 
va o‘lchamlarini o‘rganishdan boshlanadi. Kiyimlardagi mexanik 
shikastlarni to‘g‘ri ta’riflab yozish uchun kriminalistikada qabul qilingan 
yagona atamalardan foydalanish kerak. Ekspertiza xulosasi matnida 
buyum va uning alohida qismlarining nomlanishi bir xilda bo‘lishi zarur.  
Kiyimlardagi mexanik shikastlarda quyidagilar o‘lchanadi: 
jarohatning to‘g‘ri o‘q bo‘yicha umumiy uzunligi;  
jarohatning asosi va o‘rtasidagi kengligi;  
jarohatning qalinligi;  
jarohatning kiyimning aynan qayerida joylashganligi (masalan, 
kiyimning etagidan falon sm yuqorida, chap chokidan falon sm o‘ngda, 
yoqasidan falon sm pastda). 
Kiyimlardagi ifloslanishlar juda ko‘p hollarda, kiyim shimib olgan qon 
va boshqa moddalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonning qurib qolgan izlari 
(qotib qolgan qon) kiyimdagi jarohatlarning shakli va ko‘rinishini 
o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday hollarda kiyimni suv bilan namlash 
va jarohat sohasi tagiga karton yoki fanera qo‘yib maxkamlash lozim. 
Kiyimda aniqlangan jarohatlarning turi, shakli, o‘lchamlari, miqdori 
va joylashgan sohalari aniq ko‘rsatladi. Agar jarohatlar kiyimning turli 
elementlari (ustki va ichki kiyimlar)da joylashgan bo‘lsa, ularni o‘zaro 
solishtirish lozim. Ko‘p qatlamli kiyimlardagi jarohatlarni tekshirishda, 
bunday kiyimlarning ichki qatlamlarini ham alohida tekshirish kerak. 
Undan keyin jarohatning barcha mavjud bo‘lgan va aniqlangan 
xususiy belgilari batafsil yozilishi lozim. Buning uchun ushbu jarohat 
mikroskop ostida diqqat bilan tadqiq etilishi lozim. Ekspert 
tekshirilayotgan buyumdagi, shu buyumni aniqlovchi belgilar yig‘indisini 
topganidan so‘ng, o‘z xulosasining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Buning uchun aniqlangan belgilar yig‘indisini muayyan buyumlar 
guruhining belgilari bilan solishtirish maqsadga muvofiq Ekspertning 
maxsus bilimlari asosida tadqiq etilayotgan buyumning aniqlangan va 
ajratilgan belgilari yig‘indisi ushbu buyumni aniqlovchi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan jarohatlovchi buyum mikroskop ostida 
tekshirilishi zarur. Bunda qon izlari, soch va kiyim matosining ip hamda 
tolalari aniqlanishi mumkin. Bunday vaziyatda ushbu izlar yo‘qolib 


 266 
ketmasligi uchun ekspert o‘z tadqiqotlarini vaqtinchalik to‘xtatadi va sud–
biologik yoki gistologik ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilgan yoki 
o‘tkazilmaganligini tergovchidan aniqlab olishi zarur.  
Daslabki tadqiqotlar bosqichi ekspertiza obyektlarini fotosuratga olish 
bilan yakunlanadi. Kiyimlar maxsus stend yordamida yoki manekenga 
kiydirib turib fotosuratga olinadi, bunda arngli fotosuratga olish maqsadga 
muvofiq.  
Sanchuvchi-kesuvchi ta’sir qiladigan buyumlarni ta’riflashda, ularning 
asosiy qismlari va tuzilishi bayon etilishi lozim. Birinchi navbatda 
buyumning ta’sir qiluvchi qismi — tig‘i, ya’ni materiali, rangi, damining 
turi ta’riflanadi. Agar buyum tig‘ida tovon mavjud bo‘lsa, uning shakli va 
o‘lchamlari ta’riflanadi. Tig‘ damining shakli va jangovar uchining 
muhraga nisbatan joylashishi alohida qayd etiladi. Tig‘ muhrasini 
ta’riflashda uning ko‘ndalang kesimi shakli, qovurg‘alarining shakli va 
muhraqiya qismining mavjudligi va shakli ko‘rsatiladi. Buyum tig‘ining 
o‘lchamlari: uzunligi, kengligi va qalinligi, muhraning qalinligi, muhra 
qiya qismining uzunligi aniqlanadi. 
Uruvchi–majaqlovchi ta’sirli buyumlarni ta’riflashda ularning 
materiali, shakli, sirtining xususiyatlari, qovurg‘alari, yonbosh qirralari va 
tekisliklarining mavjudligi, relyefli nuqsonlari va ifloslanishlarning 
mavjudligi ko‘rsatiladi. 
Undan keyin, buyumlar dastasining shakli va o‘lchamlari, tayyor-
langan materiali va chegaralagichning mavjudligi (yo‘qligi) ko‘rsatiladi.  
Jarohatlovchi buyumlarni iz hosil qiluvchi obyekt sifatida baholash, 
ularning turiga qarab turlicha bo‘ladi. Kesuvchi, sanchuvchi, kesuvchi–
sanchuvchi ta’sirli buyumlarda, kiyimdagi izlarda aks etadigan belgilari 
kamroq bo‘ladi, shu boisdan ulardan identifikatsion tadqiqotlar o‘tkazishda 
foydalanish bir muncha qiyinroq bo‘ladi. O‘tmas (uruvchi–majaqlovchi) 
ta’sirli buyumlarda turli umumiy va xususiy belgilar izlarda kщproы aks 
etadi va identifikatsion tadыiыotlarda samarali foydalanish mumkin. 
Masalan, kiyimdagi kesilish yoki sanchilish jarohatidan, jarohatlovchi 
buyumni aynanligini aniqlashning imkoni deyarli yo‘q, ammo bunday 
jarohatlardan jarohatlovchi buyumlarni guruiy taalluqliligini aniqlash 
mumkin. 
Kiyimdagi jarohatlar tadqiqotga taqdim etilgan sanchuvchi-kesuvchi 
ta’sirli jarohatlovchi buyumdan qoldirilganmi degan savolga javob 
berishda, kiyimdagi jarohatlarda kesilish-sanchilish jarohatlarining 
belgilari bor yoki yo‘qligiga asoslanish lozim. Bunda jarohatlarning shakli 
va o‘lchamlariga, tig‘ muhrasining jarohatda aks etgan xususiyatlariga va 
tig‘ damining o‘tkirligi darajasiga e’tibor berish kerak.  


 267 
Kiyimlardagi mexanik jarohatlarning tekshirishda va identifikatsion 
tadqiqotlarida kiyim matosi va jarohatlovch buyumlarning xususiyatlariga 
bilan birga, iz hosil bo‘lish mexanizmini ham inobatga olish zarur. 
Masalan, sanchilish–kesilish jarohatlarida, jarohatlovchi buyum tig‘ining 
o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari, jarohatning tig‘ kengligidan kichikroq 
sohalarida aks etadi. 
Taqqoslash tadqiqotlarini boshlashdan oldin, kiyimdagi mavjud 
jarohatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari hamda jarohatlovchi 
buyumlarning guruhiy taalluqliligni aniqlab olish zarur. 
Taqqoslash, ikki yoki undan ortiq obyektlar uchun umumiy bo‘lgan 
xossalar va belgilarni solishtirib va natijalarni baholab tadqiq qilish. 
Taqooslash bu shunday mantiqiy operatsiyadan iboratki, unda mantiqiy 
fikrlashning tahlil va sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish va qiyosiy 
kabi usullari qo‘llaniladi. Taqqoslash solishtirish usuli bilan amalga 
oshiriladi, binobarin, o‘rganilayotgan obyektlar solishtirish uchun yaroqli 
bo‘lishi, ya’ni, ushbu obyektlar uchun umumiy bo‘lgan belgilarga ega 
bo‘lishi kerak. Bu belgilarga ko‘ra obyektlarning o‘xshashligi yoki 
o‘xshash emasligi (farqlari) aniqlanadi hamda bu o‘xshashlik va farqlar 
ikkitadan ko‘p bo‘lishi lozim. 
Taqqoslash yuqori sifatli bo‘lishi uchun tekshirilayotgan obyektdagi 
jarohatning  asosiy xususiy identifikatsion belgilarini aniqlash va ularni 
yig‘ib kerakli xulosa chiqarish kerak. Taqqoslashda jarohat yetkazgan 
qurol yoki predmetni ajratib olishga imkon beruvchi belgilar yig‘indisini 
hisobga olish zarur. Keyingi tadqiqotlarda esa o‘sha belgilar alohida 
taqqoslanib, tekshirilayotgan va namuna obyektlar belgilari mos kelishi 
yoki mos kelmasligi, o‘xshashligi yoki o‘xshash emasligi aniqlab olinadi. 
Agar belgilar o‘zaro o‘xshash bo‘lmasa, bu farqlarning sabablari 
(qandaydir qismlarni yo‘qligi, qismlarning nosozligi, tuzilish shaklidan 
chetga chiqishi, o‘lchamlarning o‘zgarganligi) ham ko‘rsatib o‘tiladi. 
Ayrim hollarda tergovchilar tomonidan ekspertga jabrlanuvchining 
kiyimi hamda gumon qilinuvchidan olingan va jabrlanuvchiga qandaydir 
ta’sir ko‘rsatgan (jarohat qoldirgan) obyekt sifatida ma’lum bir qurol yoki 
predmet taqdim etiladi hamda «Jabrlanuvchining kiyimidagi jarohat 
gumon qilinuvchidan olingan quroldan qoldirilganmi?» degan savol 
qo‘yiladi. 
Bunday holda, ekspert avval kiyimdagi jarohatni hosil bo‘lish 
mexanizmini aniqlashi, ya’ni shikast – sanchish ta’siridami, kesish 
ta’siridami, chopish ta’siridami yoki urib-majaqlash ta’sirida hosil bo‘l-
ganligini aniqlashi lozim. Izning hosil bo‘lish mexanizmi aniqlanganidan 
so‘ng, ekspert tajriba o‘tkazishi lozim.  


 268 
Pichoq tig‘ining xususiy belgilari va uning aks–izlari, ushbu tig‘ni 
kiyimlardagi jarohalar bo‘yicha identifikatsiya qilishda quyidagilardan 
oqilona va samarali foydalanish zarur: 
1. Tig‘ning bo‘ylama yo‘nalishdagi deformatsiyasi (tig‘ egilgan yoki 
buralgan bo‘lishi mumkin). 
Kiyimdagi jarohatda ushbu belgi shtmas burchk yoki yoy shakliga ega 
bo‘ladi hamda sud–tibbiyot ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilganlar bilan 
birgalikda xususiy belgi sifatida baholanishi mumkin. 
2. Tig‘ jangovar uchining yo‘qligi (singan, o‘tmaslashib qolganligi). 
bu holda sanchilish–kesilish jarohatida matoning yirtilishi kuzatiladi. 
3. Pichoq tig‘ida turli qabariq, botiq va boshqa nuqsonlarning 
mavjudligi hamda ularning miqdori, joylashishi va o‘lchamlari. Ti–da 
nuыsonlar mavjud bщlsa, uning matoga ta’siri xususiyatlari щzgarishga 
uchraydi. Jarohatning chetlarida yirtilish sohalari hosil bo‘ladi, uning 
chetlari notekis, iplari tolalarga ajralib ketadi. Tig‘dagi nuqsonlarning 
jarohatda aks etishi ularning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar nuqsonlar 
tig‘ning butun kengligi bo‘ylab mavjud va joylashgan bo‘lsa, u holda 
ularni aks–izlarini aniqlash va ulardan foydalanish qiyinroq bo‘ladi. 
Pichoqdan yetkazilgan jarohatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, 
jarohatlovchi pichoqni ijobiy iyedntifikatsiya qilish imkonini beradi. 
Tekshirilayotgan kiyimlardagi jarohatlar tadqiqotga taqdim etilgan 
chopuvchi buyumdan qoldirilganligini aniqlash uchun chopilish jarohat-
lariga xos belgilarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, 
charm va karton kabi materiallarni chopishda, jarohatlarning chopilish 
joyida jarohatlovchi buyum tig‘idan turli ishqalanish izlari ko‘rinishidagi 
izlar hosil bo‘ladi va bu izlarga ko‘ra jarohatlovchi buyumni identifi-
katsiya qilish mumkin bo‘ladi. 
Kiyimlardagi jarohatlar tadqiqotga taqdim etilgan o‘tmas (uruvchi–
majaqlovchi) buyumdan qoldirilganligini aniqlash uchun, tegishli belgi-
lardan foydalanish lozim. Bunda o‘tmas buyumning shakliga xos bo‘lgan 
umumiy va xususiy identifikatsion belgilarni batafsil o‘rganish kerak. 
Yuqoridagi masalalarni hal etishda, ekspertiza jarayonida amalga 
oshiriladigan tajribalar (eksperiment) muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ekspert tajribalarini o‘tkazish uchun, tadqiqotga keltirilgan kiyim-
larning jarohalar mavjud bo‘lmagan qismlariga tajribadan olinadigan 
jarohatlar — eksperimental namunalar — hosil qilinadi. Ekspertiza yaku-
nida eksperimental namunalar (tajriba jarayonida hosil qilingan jarohatlar) 
belgilab qo‘yiladi, ya’ni ularning atrofi mato rangiga qarama–qarshi 
rangdagi iplar bilan aylantirib tikib qo‘yiladi. 


 269 
Eksperiment — tajriba, tekshirilayotgan hodisa va jaryonlarni, doimiy 
o‘zgaruvchan sharoitlar hamda boshqa hodisalar bilan bog‘liq holda sun’iy 
qayta tiklash.  Eksperiment vositasida juda ko‘pla obyektlar, faktlar 
orasidan, alohida o‘rganilishi mumkin va kerak bo‘lganlari ajratib olinadi. 
Ko‘zdan kechirish asosida vujudga kelgan eksperiment o‘rganilayotgan 
hodsaga aralashish, ushbu hodisaning o‘zgartirish yoki uning yuz berishi 
sharoitlarini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Eksperiment — nafaqat 
bilishning metodi, balki, amaliyotning bir shakli, haqiqatning mezon-
laridan biridir. Tajriba quyidagicha o‘tkaziladi: 
Ekspert tadqiqot uchun taqdim etilgan kiyimni yoki uni bir bo‘lagini 
olib maxsus makenga kiydiradi yoki o‘rnatadi. So‘ng, taqdim etilgan qurol 
yoki predmet bilan o‘sha kiyimga yoki uning bo‘lagiga jabrlanuvchining 
kiyimidagi jarohat qay usulda yetkazilgan bo‘lsa, aynan shu usulda jarohat 
yetkazadi. Ushbu tarzda olingan izlar — namunaviy izlar deb ataladi.  
Taqqoslash tadqiqotlari tajribadan olingan namunalarni o‘rganishdan 
boshlanadi. Birinchi navbatda izlarning takroriyligi, ya’ni qurol yoki 
predmetning izlardagi aks etgan xususiy belgilarining barqarorligi 
aniqlanadi. 
Tajribadan olingan izlardan biri binokulyar mikroskop ostiga 
qo‘yiladi. Mikroskop yoritgichining holatini o‘zgartirib, iz yaxshi 
ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi va fotosuratga olinadi. Iz belgilarining o‘zaro 
joylashishi va konturlari, izlardagi ajralib turuvchi elementlari: konturlar-
ning notekisliklari, relyefdagi chuqurliklar va qabariqlar, shilinishlar, 
o‘yiqlar va hokazolar qayd etiladi. Qaysi izlarda aynanlikni aniqlash 
imkonini beruvchi qanday elementlar yaxshi ifodalangan bo‘lsa, uni ham 
qayd etish zarur. Aniqlangan izlar qayd etib boriladi va izlar haqida 
ma’lumotnoma tuziladi.  
Bu ma’lumotnoma shartli bo‘lib, faqat ekspertning ishlashi uchun 
kerak. Bu ma’lumotnomadagi izlarni solishtirib, qaysi iz qurol va 
predmmetning qaysi qismdan qolganligini aniqlash mumkin. Har bir 
tajribadan olingan izlar shu tariqa tekshirib boriladi va ulardagi belgilar 
qayd etiladi. Bu izlardagi belgilar birinchi izdagi belgilar ma’lumotnomasi 
bilan solishtiriladi, agar yangi belgilar aniqlangan bo‘lsa, ma’lumotnoma 
to‘ldiriladi. Keyin barcha tajribadan olingan izlar uchun umumiy bo‘lgan, 
ya’ni barcha izlarda takrorlanuvchi, barqaror belgilar alohida aniqlanadi.  
Tadqiqotga taqdim etilgan izlar ham xuddi shu tariqa mikroskopda 
tekshiriladi.  
Taqdim etilgan izlardagi aniqlangan belgilar tajribadan olingan 
izlardagi belgilar bilan solishtiriladi, ya’ni ular orasidagi mosliklar, 


 270 
o‘xshashliklar, aynanliklarni yoki ba’zi bir to‘liq farqlarni aniqlash uchun, 
taqdim etilgan izlarda, tajribadan olingan izlarning barchasi uchun 
umumiy bo‘lgan, ularning barchasida birdek takrorlangan belgilar va 
xususiyatlar izlanadi. Agar birorta o‘xshashlik aniqlangan bo‘lsa, u holda 
mikroskopning kattalashtirishi kuchaytirilib, relyefining elementlari va 
konturlari aniq ifodalangan mos izlarni solishtirish davom ettiriladi.  
Keyingi solishtirishlar uchun FMN — 2 qurilmasidan foydalangan 
yaxshiroqdir. Bu qurilma obyektivining fokus masofasi 100 mm bo‘lib, 
unda izlarni fotosuratga olish mumkin. Mikroskop stolchasiga tajribadan 
olingan va taqdim etilgan izlar o‘rnatiladi, ular bir xil belshilari bo‘yicha 
oriyentirlanadi. Izlar nuqtaviy yoritgich yordamida yoritiladi. Yoritgich 
avval maksimal difragmada bo‘lishi kerak. Diafragma ochiq bo‘lganda 
izlar to‘laligicha va bir tekis yoritilgan bo‘ladi. Aniq mos kelgan belgilari 
bor izlar bir fototasmaga fotosuratga olinadi. Olingan fotosuratlarni 
solishtirilayotgan izlarni taqqoslash va ustma-ust tushirish, shuningdek, 
fotojadvalga ilova qilish uchun ishlatiladi. Bu suratlar bir xil masshtabda 
ishlab chiqarilishi kerak. 
Mos kelgan izlar yoki ular elementlarining ko‘rsatkichli va raqamli 
nuqtalari reperlar bilan qayd etiladi. Bu ko‘rsatkichlar (strelkalar) 
kesishmasligi kerak, raqamlarni esa soat millari yo‘nalishi bo‘yicha tartib 
bilan joylashtirish lozim. 
Mos kelgan izlarni ustma–ust tushirish uchun ikki xil usul bor: 
birinchisi — suratlar orqali ustma–ust tushirish, ikkinchisi – taqqoslash 
mikroskopi orqali ustma–ust tushirish. 
Agar birorta sababga ko‘ra tadqiqotga taqdim etilgan matolarda 
ekspermental jarohatlar hosil qilishni imkoni bo‘lmasa, u holda xuddi 
shunday turdagi boshqa matodan foydalaniladi. 
Ekspert tajribalari uchun tayyorgarlik ko‘rishda avvalo kerakli taglik 
(maneken, taxta va shu kabilar) tayyorlanadi. Odamning tanasi va ushbu 
taglikning kerakli xususiyatlari (zichligi, qarshiligi) turlicha bo‘ladi va shu 
boisdan eksperimental jarohatlar hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shuning uchun, taglik xossa va xususiyatlariga ko‘ra odam tnasiga yaqin 
bщlishi kerak. Tajribalar asosida bunday material sifatida zichligi yuqori 
bo‘lgan porolondan foydalanish mumkinligi aniqlangan. 
Tajribalar jarayonida, eksperimental jarohat yetkazish usullari, ya’ni iz 
hosil bo‘lish mexanizmi, ekspert tomonidan tadqiqotga taqdim etilgan 
kiyimlarni o‘rganish jarayonida aniqlangan va jinoyat ishi materiallarida 
qayd etilgan jarohatlarning hosio bo‘lish mexanizmiga mos kelishi shart. 


 271 
Esperimentlar jarohatlar tajribalarni bir necha marta takrorlab olinadi. 
Chunki, arohatlarda mavjud bo‘lgan u yoki bu turdagi belgilarni hosil 
bo‘lish (takrorlanish) qonuniyatlarini isbotlash zarurati mavjud bo‘ladi. 
Ekspert eksperimental jarohatlarni mikroskpik tadqiqotlarini o‘tkazadi 
va bu jarayonda eksperimental jarohatlarda takrorlanadigan xususiyat va 
belgilarni aniqlab oladi. Ushbu xususiyat va belgilarga ega bo‘lganidan 
so‘ng taqqoslash tadqiqotlari boshlanadi. 
Tig‘li jarohatlovchi buyumlardan qolgan (tekshirilayotgan kiyimdagi 
va eksperimental olingan) jarohatlarni taqqoslashda, avvalo ushbu 
jarohatlarni hosil bo‘lish mexanizmini ifodalaydigan belgilar o‘zaro 
solshitiriladi – ushbu jarayon umumiy identifikatsion belgilarni taqqoslash 
yoki umumiy identifikatsion tadqiqotlar deb ataladi. Ushbu talabgi 
kiyimlarda ochiq jarohatlar hosil bo‘lgan barqa holatlarda amal qilinishi 
shart. Chunki, ushbu jarayonda tekshirilayotgan jarohatlarni tekshiri-
layotgan jarohatlovchi buyumga xos bo‘lgan jarohatlar guruhiga taalluqli 
ekanligini aniqlash va tadqiqotlarni davom ettirish yoki bo‘lmasa, 
tekshirilayotgan jarohatlovchi buyumga xos bo‘lgan jarohatlar guruhiga 
taalluqli emasligini aniqlash va tadqiqotlarni shu yerda to‘xtatish imkoni 
yaratiladi. 
O‘tmas jarohatlovchi buyumlar ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlarni 
taqqoslash tadqiqotlarida dastavval aks–izlarning mavjudligi, ularning 
shakli va o‘lchamlari kabi belgilarning har ikki turdagi (tekshirilayotgan 
kiyimdagi va eksperimental olingan) jarohatlarda o‘zaro mos kelishi 
aniqlanadi. So‘ng, iz hosil qiluvchi obyekt materiali moddalarining o‘tib 
qolish belgilari solishtiriladi.  
Ushbu ishlar yakunlanganidan so‘ng, kiyimlardagi mexanik 
shikastlarning trasologik ekspertizasida xulosalarni shakllantirish bosqichi 
boshlanadi, bunda, ekspert o‘zining yakuniy xulosasida ichki tuyg‘ulariga 
ishongan holda tadqiqot natijalarini baholaydi, qo‘yilgan savollarga 
javoblarni shakllantiradi, ularning sifat tafsifi va obyektning aynanligini 
isbotlaydi. Ekspert baholash natijalarini alohida va taqoslash tadqiqotlari 
bosqichlarida yig‘ib boradi. U izning umumiy va xususiy belgilarini 
aniqlaydi, ularni o‘rganadi, individual belgilar majmuini aniqlaydi va izni 
aynanlashtirish uchun yaroqli deb topadi. Undan tashqari tekshirilayotgan 
va namuna nusxalardagi izlar belgilarining taqqoslash tadqiqotini 
o‘tkazadi. Alohida tadqiqotlarda izning yaroqliligi xal bo‘lgan savolni 
shakllantiradi va javob sifatida qayd etadi. Lekin solishtirish tadqiqoti 
natijasini baholashning asosiy qismini ekspert xulosani shakllantirish 
bosqichida amalga oshiradi.   


 272 
Agar jarohatlovchi buyum ekspertizaga taqdim etilmagan bo‘lsa, 
ekspert tekshirilayotgan obyektda aniqlangan belgilarni, o‘ziga ma’lum 
bo‘lgan turli jarohatlarga hos bo‘lgan belgilar bilan taqqoslash hamda iz 
hosil qiluvchi obyektning taxminiy turi haqida ehtimol shakldagi xulosa 
chiqarishga haqlidir. 
Shakllantirilgan xulosalar ekspertiza tadqiqotlari jarayonida olingan 
mantiqiy fikrlarga asoslangan bo‘lishi shart. 
Ekspertning tadqiq qilinayotgan obyektlarning o‘zaro o‘xshashligi 
(aynnaligi) bo‘yicha qat’iy xulosasi, taqqoslash tadqiqotlarida o‘zaro 
solishtirilayotgan obyektlarning umumiy va xususiy belgilari yetarli 
darajada mos kelsa (o‘xshash bo‘lsa) hamda aniq farqlar aniqlanmasa 
(bo‘lmasa)gina chiqarilishi mumkin. Ko‘p hollarda, ushbu turdagi 
vazifalarni amalga oshirish turli bo‘rtiqlar va chuqurchalarga ega bo‘lgan 
uruvchi–majaqlovchi jarohatlovchi buyumlarga nisbatan osonroq bo‘ladi. 
Ekspertning yakuniy xulosalarini shakllantirishda kiyimlarda mavjud 
bo‘lgan aks–izlarning shakli va o‘lchamlari, turli jarohatlarning o‘zaro 
joylashishi, kiyim matosi tolalarining o‘zgarishlari kabi belgilar muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ekspertning qat’iy shakldagi salbiy xulosasi tadqiqotlar jarayonida har 
ikki turdagi (tekshirilayotgan kiyimdagi va eksperimental olingan) 
jarohatlarning umumiy va xususiy belgilarining mosligini (o‘xshashligini) 
aniqlamasa hamda ular orasidagi aniq farqlarni aniqlasa chiqariladi. 
Masalan, kiyimdagi jarohatlar yirtilishmi degan savolga javob berishda, 
ekspert tekshirilayotgan jarohatda yirtilishga xos bo‘lmagan bironta ham 
belgi yoki xususiyatni aniqlamasa,u holda ushbu savolga qat’iy salbiy 
(qat’iy shakldagi tekshirilayotgan jarohat yirtilish emas degan) xulosa 
berishi mumkin. 
Ekspert, tadqiqotlar jarayonida aniqlangan xususiyat va belgilar 
o‘zining sifatiy va miqdoriy xossalariga ko‘ra qat’iy xulosa chiqarishga 
yetarli bo‘lmasa, ehtimol shakldagi xulosa chiqarishi kerak. Masalan, 
tekshirilayotgan kiyimdagi jarohat ekspertizaga taqdim etilgan pichoq 
ta’sirida hosil bo‘lganmi degan savolga javob berishda, ekspert kiyimdagi 
jarohatda sanchilish–kesilish belgilarini va jarohatlovchi buyum tig‘ining 
kengligi kiyimdagi jarohating kengligi bilan bir xil ekanligini aniqlagan 
hollarda, yuqoridagi belgilar qat’iy xulosa chiqarish uchun yetrli 
bo‘lmaydi, chunki tekshirilayotgan jarohat ekspertiza taqdim etilgan 
jarohatlovchi buyum bilan bir xil boshqa buyumdan ham qoldiriishi 
mumkin. 


 273 
Kiyimlardagi mexanik va issiqlik ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlarga 
oid noidentifikatsion masalalar ehtimol shaklda hal etiladi. 
Bu bosqichdan so‘ng, kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik 
ekspertizasi natijalarini rasmiylashtirish bosqichi keladi, bunda, ekspert 
tomonidan belgilangan shakldagi hujjatni, ya’ni ekspert xulosasi yoki 
ekspert ma’lumotnomasini tuzish, fotojadvalni tayyorlash, ashyoviy 
dalillarni joylashtirish va jo‘natishga oid hujjatlarini tayyorlashdan 
jarayonlari amalga oshiriladi. 
O‘tkazilgan ekspertiza tadqiqotlar natijalarini bayon etish tartibi 
kriminalistik ekspertizalar uchun tavsiya qilinadigan umumiy metodikaga 
asosan amalga oshiriladi. 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari 
jarayonidagi muammolar bo‘yicha quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari 
amaliyoti va nazariyasida hozirgi kunda ayrim muammolar ham uchrab 
turadi. Kriminalistik ekspertizalarning barcha turlarini tayinlash, o‘tkazish, 
yangi metod va metodikalarini yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan nazariy va 
amaliy xodimlari oldida turgan, dastlabki e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan 
muammolar sirasiga albatta o‘zbek tilidagi maxsus adabiyotlar yaratish 
muammosi turadi. Darhaqiqat, trasologik ekspertizalar fani va kiyim-
lardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalarini o‘tkazishga oid 
bo‘lgan o‘zbek tilidagi maxsus adabiyotlar juda kam. Davlat tilida 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, maqola va risolalar kam bo‘lgani sababli 
bo‘lsa kerak, ushbu turdagi ekspertizalarni o‘tkazuvchi mutaxassislarni 
maxsus tili yaratilmagan va shu boisdan hanuzgacha O‘zbekiston 
Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspert–krimina-
listika xizmatlari tomonidan o‘tkaziladigan trasologik ekspertizalarning 
xulosalari rus tilida beriladi. Shularni hisobga olib, bizning fikrimizcha, 
ana shu kamchilikni bartaraf etish borasida jiddiy ish olib borish lozim 
bo‘ladi, ushbu turdagi maxsus adabiyotlarni chop ettirish ishlarini 
jadallashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Aynan kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari 
jarayonidagi eksperiment jarayonida bugungi kunda Ekspert–krimina-
listika xizmatlari faoliyatida muammo mavjud. Bu ham bo‘lsa, 
kiyimlardagi mexanik shikastlarning tadqiqotlarida tajriba o‘tkazishda 
foydalaniladigan maneken qanday materialdan tayyorlanishi kerak degan 
savolga javob berish. Odatda bunday tajriba o‘tkazishda ekspertlar qo‘l 
ostlarida bo‘lgan 6ar qanday buyumlardan foydalanadilar, rezina, kauchuk, 
penoplast va shu kabilar. Ammo, tajriba uchun har qanday buyumdan 
foydalanish tajribalarning samarali bo‘lmasligiga olib keladi. 


 274 
Yuqorida aytilgan muammolar qatoriga, trasologik ekspertizalarni 
bevosita o‘tkazuvchi ekspert–mutaxassislarni elektron–dasturiy 
texnologiyalar bilan ta’minlash muammosini kiritish mumkin. Kompyuter 
texnologiyalari va elektron dasturlar juda ham rivojlanib, dunyoning 
rivojlangan va rivojlanayotgan barcha mamlakatlarida hayotning barcha 
jabhalariga jadal kirib kelayotgan kompyuterli dasturlar va turlicha 
texnologiyalardan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, tadqiqotlar o‘tkazishda 
samarali foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan bir paytda, tan olish 
kerak, bizning ekspert–mutaxassislar juda kam ta’minlangan. Albatta, 
shaxsiy kompyuterlar bilan hozirgi kunda IIVning barcha xizmatlari 
ta’minlangan. Ammo, ushbu elektron–hisoblash mashinalari, kompyuterli 
texnologiya va dasturlardan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, turli 
tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni bajarishda foydalanish hali yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish