A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Bir damli tig‘ ta’sirida, o‘tkir burchak ostida yetkazilgan



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
 
7–rasm. Bir damli tig‘ ta’sirida, o‘tkir burchak ostida yetkazilgan 
 sanchilish–kesilish jarohati. 


 256 
Jarohatlovchi buyumni holatini matoning to‘qish iplariga nisbatan 
o‘zgartirmasdan chiqarib olishda, uning tig‘i, asosiy kesilish jarohatining 
uzunligi bo‘ylab qo‘shimcha kesuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar buyum o‘z 
o‘qi atrofida buralsa va keyin chiqarib olinsa, buyumning tig‘i matoni 
asosiy jarohat chizig‘i bo‘yicha kesishni davom ettiradi. Shu sababli, agar 
matoning zichligi katta va cho‘zilish xususiyati kamroq bo‘lsa, 
jarohatlovchi buyumning asosiy jarohatning chizig‘i bo‘ylab kesuvchi 
ta’siri, zichligi kamroq va cho‘zlilish xususiyati ko‘proq bo‘lgan matoga 
qaraganda kattaroq bo‘ladi.  
Jarohatlovchi buyumni holatini matoning to‘qish iplariga nisbatan 
kichik burchak ostida burab olishda va chiqarishda, ushbu buyum tig‘ining 
kesuvchi ta’siri katta burchak ostida burab olishda va chiqarishdagiga 
qaraganda kattaroq bo‘ladi. Bunday jarohatlarning chetlari tekis, iplarning 
erkin uchlari bir stahda joylashgan va mato minusi kuzatilmaydi. 
Sanchilish–kesilish jarohatlarida, jarohatlovchi buyum tig‘ini kiyim 
matosiga kirishidagi asosiy kesilish hamda ushbu tig‘ni matodan chiqarib 
olishda qo‘shimcha (bir yoki bir nechta) kesilish hosil bo‘ladi. Jarohatning 
tig‘ muhrasi tomoni o‘tmas, tig‘ dami tomoni o‘tkir bo‘ladi. Jarohatning 
tig‘ muhrasi tomoni shu tig‘ muhrasining shakli bilan ifodalanadi. Odatda 
jarohatning ushbu tomonining shakli aylana, P–simon shaklda bo‘ladi. 
Agar jarohatlovchi tig‘ muhrasida qovurg‘alar mavjud bo‘lsa, jarohattning 
shu tomondagi shakli G–simon, T–simon yoki M–simon shaklda bo‘lishi 
mumkin. Jarohatlovchi tig‘ muhrasidan hosil bo‘ladigan jarohatlar ko‘p 
hollarda qo‘shimcha kesilishga o‘xshagan bo‘ladi. Shu boisdan bu kabi 
jarohatlarni tekshirishda jarohatlovchi tig‘ muhrasining shakli, muhra qiya 
qismining shakli va uzunligi, iz hosil bo‘lish mexanizmi, kiyim matosining 
xususiyatlari va mato iplarining to‘qilish usullariga alohida e’tibor berish 
kerak. 
Jarohatlarning tig‘ muhrasi tomonini mikroskop ostida tekshirishda
jarohatning ushbu qismidagi iplar turli sathda kesilganini, iplarning uchlari 
yoyilganligini, ozgina cho‘zilganligini ko‘rish mumkin. Jarohatlangan 
iplarning uchlari notekis va jarohatning ichki tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi. 
Ushbu jarohatning o‘rta qismi va tig‘ning dami tomonidagi qismi tekis 
kesilgan, iplarning uchlari bir sathda kesilgan bo‘ladi. Ayrim hollarda (tig‘ 
o‘tmasroq bo‘lsa) jarohatning tig‘ dami tomonidagi qismi oxirigacha 
kesilmagan bo‘lishi mumkin. 
Sanchilish–kesilish jarohatlaridagi qo‘shimcha kesilishlar asosiy 
kesilishdan muayyan burchak ostida siljigan, ammo asosiy kesilishning 
davomi bo‘lishi mumkin. Asosiy kesilishning qo‘shimcha kesilishga 


 257 
tutashgan joyida ko‘ndalang iplarning uzilishi, iplar uchlarining tolalarga 
ajralishi kuzatiladi, iplarning uchlari notekis bo‘ladi. Qo‘shimcha 
kesilishda iplar tolalarga ajralgan, turli sathda kesilgan va ularning uchlari 
siljib qolgan bo‘ladi. 
Kiyimdagi jarohatlarga tegishli bo‘lgan belgilar yig‘indisiga ko‘ra, 
jarohatlovchi buyumni, shuningdek ushbu buyumning ta’sir ko‘rsatish 
mexanizmini ham aniqlash mumkin 
Agar tekshirilayotgan kiyimda bir necha sanchilish–kesilish jarohatlari 
mavjud bo‘lsa, o‘xshashlik va farqlar mavjudligini aniqlash uchun, ularni 
o‘zaro solishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir jarohatlovchi buyum 
bilan ko‘p marta ta’sir qilish natijasida bir necha jarohat yetkazilganligini 
aniqlash uchun, kiyim elementlarini siljib qolishi imkoniyatlarini inobatga 
olish lozim. 
Chopish izlari — tig‘li qurol yoki predmetni yuqoridan pastga 
(pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan chapga) siltaganda — 
chopganda vujudga keladi. Ta’kidlash joizki, agar chopish uchun 
ishlatilgan qurol yoki predmetning ishchi sirtida uning identifikatsion 
xususiyatlarini aks ettiruvchi belgilari (masalan, aniq ifodalangan nuqson, 
tig‘ining kemtik joyi va shu kabilar) bo‘lmasa, chopish natijasida kiyim 
matosida iz hosil qilgan predmetni xususiy belgilarini ifodalovchi belgilar 
aniqlanmaydi, chunki, chopish katta kuch va katta tezlikda amalga 
oshiriladi. 
Bunda kiyim matosi, agar qurol yoki predmet o‘tkir tig‘li bo‘lsa, tekis 
qirqiladi, matoning tolalari bir hilda kesiladi, agar predmetning 
shikastlovchi qismi (tig‘i) o‘tmas bo‘lsa, tolalarning uchi titilishi mumkin, 
izlarning shakli  uzun chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. To‘siqdagi jarohat 
sohasida obyektning muayyan bir qismining yetishmasligi – «matoning 
minusi» kuzatilmaydi. «Kesilish izlari»dan o‘lchami bilan farq qilishi 
mumkin, umuman olganda deyarli farqi yo‘q. 
Chopuvchi ta’sir qiladigan buyumlar tig‘ining og‘irligi, u yoki bu 
daraja o‘tkirlangan tig‘i va o‘ziga xos ta’sir qilish mexanizmi bilan 
xarakterlanadi. Chunki bunday buyumlar bilan ta’sir qilishda, odatda 
buyumning ta’sir kuchi jarohatlanuvchi obyekt sirtiga nisbatan yoki 
perpendikular va qandaydir burchak ostida yo‘nalgan bo‘ladi. 
Urib–majaqlash izlari — tig‘siz (urib–majaqlovchi) qurol yoki 
predmetni yuqoridan pastga (pastdan yuqoriga), chapdan o‘ngga (o‘ngdan 
chapga) siltaganda — urganda vujudga keladi.  
Bunda kiyim matosi quyidagicha o‘zgarishga uchraydi: matoning 
tolalari ezilib ketadi, tolalarning uchlari uziladi, tolalarning uchi titilishi 
mumkin, yorilish, yirtilish, sinish kuzatiladi.  


 258 
Urib–majaqlash — matoning teshilishi bilan kuzatiladi. Bu kabi izlar 
ko‘pincha, yumaloq yoki ellips shaklida, bazan shikastlovchi  obyekt 
ishchi sirti shakli bilan bir hil shaklda bo‘ladi, jarohatlar joylashgan sohada 
shikastlangan obyektning bir qismi yetishmaydi – «matoning minusi» 
kuzatiladi. 
Kiyimlardagi o‘tmas buyumlardan hosil bo‘lgan jarohatlar ta’sir 
qiluvchi buyumlar shakli, o‘lchamlari va materialiga mos ravishda juda 
turli bo‘ladi. 
O‘tmas buyumlar shakliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
— yassi sirtlari katta o‘lchamli bo‘lgan buyumlar; 
— yassi sirtlari kichik o‘lchamli bo‘lgan buyumlar; 
— qovurg‘alarga ega bo‘lgan buyumlar; 
— silindrsimon sirtli buyumlar; 
— sferik sirtli buyumlar. 
Kiyimlardagi o‘tmas buyumlar bilan yetkazilgan jarohatlar va izlarni 
tadqiqot qilishda, ekspertiza oldiga qo‘yiladigan savollar ham turlicha 
bo‘ladi. 
Juda ko‘p hollarda ekspertiza oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi 
mumkin: 
1. Jarohatlar o‘tmas buyum bilan yetkazilganmi? 
2. Kiyimdagi darohatlar va izlar transport vositasining ta’sirida hosil 
bo‘lganmi? 
3. Kiyimdagi jarohatlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday? 
4. Jarohatlar hosil bo‘lgan paytda, jabrlanuvchi va transport 
vositasining o‘zaro holati qanday bo‘lgan? 
5. Tekshirilayotgan jarohatlar transport vositasining turtib chiquvchi 
qismlaridanmi yoki g‘ildiragidan hosil bo‘lganmi? 
Kiyim matosining ochiq buzilishlari quyidagi uchta turdagi jarohat-
lardan iborat bo‘ladi: 
— o‘tmas buyumlarning bevosita ta’sirida hosil bo‘ladigan yirtilishlar; 
— turli ta’sirlar natijasidagi yirtilish–cho‘zilishlar; 
— ishqalanish natijasidagi jarohatlar. 
O‘tmas buyumlarning bevosita ta’sirida hosil bo‘ladigan yirtilishlar 
obyektga to‘g‘ri yoki urinma kuchlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Birinchi 
holatda o‘tmas buyumlarning qovurg‘alaridan qoladigan chopilishga 
o‘xshagan jarohatlar hosil bo‘ladi, ikkinchi holatda esa asosiyva utok 
(bo‘ylama) iplarni cho‘zilishi hisobiga to‘g‘ri burchak shaklidagi 
yirtilishlar hosil bo‘ladi. 


 259 
Bunday jarohatlarni tadqiqot qilishda matolar elementlarning ezilishi, 
iplarning bir-biridan ajralib ketishi kabi buzilishlar kuzatiladi. Jarohat-
larning chetlari o‘tmas buyumlar konturlariga mos keladi. Shikatlangan 
iplarning tolalari turli sathlarda ajralgan bo‘ladi. Jarohatlarning chetlari 
yomon ifodalanadi va noaniq shaklga ega bo‘ladi. 
Ushbu jarohatlarni mikroskopik tadqiqotlarida, jarohatda ezilgan, 
ajralib ketgan tolalar hamda jarohatlarning atrofida begona moddalar — 
ta’sir qiluvchi buyumdan o‘tib qolgan metall zarrachalar, zanglash izlari, 
yoqilg‘i–moylash moddalarining qoldiqlari kuzatiladi. 
Yorilishlar kiyimga o‘tmas qovurg‘ali buyumlarni urinma bo‘ylab 
ta’sirida va mato iplarini cho‘zilishi natijasida hosil bo‘lib, tirqishsimon 
shaklga ega bo‘ladi. Kiyimdagi bir nuqtadan ikkita — bo‘ylama va 
ko‘ndalang iplar bo‘ylab o‘zaro perpendikular yorilishlar ajralib ketishi 
mumkin. Yorilish jarohatining chetlari notekis bo‘ladi. Iplarning uchi 
cho‘zsilgan va turli sathda tolalarga ajralgan bo‘ladi. Jarohatning uzilgan 
iplarining uzunligi jarohat uzunligiga teng bo‘ladi. Yorilish chetlaridagi 
iplar unchalik shikastlanmaydi, ammo cho‘zilgan va tolalarga ajralgan 
bo‘ladi. Yorilishlar — buyum ta’sir qilgan nuqtadan uzoqda hosil bo‘ladi. 
Bu odatda, kiyimga ishchi sirti katta bo‘lgan o‘tmas buyum ta’sir qilganida 
kuzatiladi, masalan, avtomashina g‘ildiragi.  
Ishqalanish ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar egri aylana shaklidagi 
tuynuklardan iborat bo‘lib, ularning chetlari yoysimon bo‘ladi. Jarohat 
chetlaridagi iplar ingichkalashgan, ba’zida ishqalanish natijasida tolalarga 
ajralgan bo‘ladi. Qalin matolarda tolalarning asosigacha yeyilishi 
kuzatiladi.  
Kiyim matolarida o‘tmas buyumlardan qoladigan jarohatlarni hosil 
bo‘lishi quyidagi shart–sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi: 
— buyumning uruvchi qismini shakli va o‘lchamlari (yassi, sferik, 
burchaksimon); 
— materialning texnologik xususiyatlari (zichligi, matoning turi va 
qalinligi); 
— astarining xususiyati (qattiq, yumshoq); 
— iz hosil qiluvchi buyum materialining xususiyatlari va uning 
sirtidagi begona moddalarning mavjudligi (bo‘yoq, tuproq, qalin chang 
qatlami, zang va shu kabilar); 
— iz hosil bo‘lish mexanizmi (ta’sirlashuvchi obyektlarning o‘zaro 
joylashishi, ta’sir kuchining xususiyatlari va zarbaning yo‘nalishi). 
Kiyim materiali odatda elastik bo‘ladi, shuning uchun iz hosil qiluvchi 
buyumning yassi qismi bilan berilgan zarba, kiyimda oddiy ko‘z bilan 


 260 
ko‘rib bo‘ladigan jarohatlarni keltirib chiqarmaydi. Zarba natijasida 
matoning zarba berilgan qismlarining zichligi ortib ketishi mumkin. Agar 
ta’sir qiluvchi obyekt sifatida ishchi sirti sferik shaklda bo‘lgan buyum 
matoga ta’sir qilgan bo‘lsa, kiyim sirtida yoysimon ezilishlar kuzatilishi 
mumkin. Bunday jarohatda matoning iplari (bo‘ylama va ko‘ndalang) 
ingichkalashgan, bu iplar orasidagi masofa kamaygan hamda tolalari 
chigallashib ketadi. Ba’zida bunday ta’sir natijasida matoda yorilish izlari 
kuzatiladi. 
Turli izlarni hosil bo‘lishida kiyim matosining xususiyatlari (turi va 
qalinligi) ham muhim ahamiyatga ega. O‘tmas buyumlardan jarohatlar 
paxta va shohi materiallarda yaxshi ifodalanadi. Bunday matolarda o‘tmas 
buyum ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar chiziqli shaklda bo‘ladi. Mato 
(paxta, shohi)ning qalinligi kamayishi bilan jarohatlarning shaklini 
kuzatilishi yumonlashadi. Tukli matolarda zarbalar amortizatsiga uchraydi 
va jarohatlar nisbatan kam hosil bo‘ladi. Agar tukli material turli rangga 
bo‘yalgan bo‘lsa, zarba ta’sirida material tukining ezilishi va rangini 
o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Jun (Shert) materiallarda pilarning 
chigallashishi va kam shikastlanishi seziladi. Velvet materiali iz hosil 
qiluvchi buyumning shaklini kam aks ettiradi. Kapron materiallari ham 
uruvchi–majaqovchi buyumlarning ta’siriga chidamli bo‘ladi. 
Kiyim matosida va odam tanasida transport vositalarining va ularning 
qismlarining shakli va naqshlarini aks ettiradigan aks–izlar jabrlanuv-
chining tanasini transport vositasi, uning alohida qismlari bilan 
ta’sirlashuvida hosil bo‘ladi. Amaliy faoliyatda transport vositasining 
bamperi, chiroq (fara)lari, ostki chiroq (podfarnik), eshiklari dastalari va 
boshqa turtib chiqib turuvchi qismlaridan qoladigan izlar va jarohatlar 
ko‘proq uchraydi. Ushbu aks izlar transport vositasining qismlarini to‘liq 
yoki qisman aks ettirishi mumkin. Transport vositasining sirtida odatda 
turli ifloslanishlar va chang, bo‘yoq va yoqilg‘i–moy materiallari mavjud 
bo‘ladi. Shuning uchun transport vositasi kiyim bilan ta’sirlashganda 
kiymga yuqoridagi moddalar o‘tib qolishi mumkin va ular qatlam–izlar 
deb ataladi. 
Transport vositasining g‘ildiragidan qoladigan izlar va jarohatlar 
maxsus va nomaxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus zlar sifatida g‘ildirak 
protektorining va ayrim turtib chiquvchi qismlarning izlari, nomaxsus izlar 
sifatida esa kiyimdagi mexanik jarohatlar va kiyimga o‘tib qolgan begona 
moddalar olinadi. Avtomashinaning turtib chiqib turuvchi qismlaridan 
qolgan izlari oddiy ko‘z bilan tekshirilgana ham aniqlanishi mumkin. 
Ammo, ba’zida bunday izlarni tadqiqotning maxsus metodlaridan 
foydalanib tekshirish zarur bo‘ladi. 


 261 
Kiyimlardagi relsli transport ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar uchun 
kiyimda bosish hoshiyasini mavjud bo‘lishi xosdir. Ushbu bosish 
hoshiyasi relsli transportning temir g‘ildiraklari ta’sirida hosil bo‘ladi va 
unda matoning qatlam–qatlam bo‘lib yirtilishi, kuchli ifloslanishlar (temir 
yo‘llariga hos bo‘lgan tarkibli) kuzatiladi. Bunday bosish hoshiyasi 
kiyimning ikki tomonida ham mavjud bo‘ladi. 
Bosish hoshiyalarining ifodalanganlk darajasi va o‘lchamlariga ko‘ra 
kiyim va relsli transportning ta’sirlashish vaqtidagi holatini, masalan, 
kiyimning qayti tomoni transportning g‘ildiragi tomonga, qaysi qismi esa 
temir yo‘l tomonga qaraganligini aniqlash mumkin. Kiyimning g‘ildirak 
ta’sir qilgan tomonida kengligi 13 — 14 sm bo‘lgan hoshiya, rels ta’sir 
qilgan tomonida esa 7 — 8 sm kenglikdagi hoshiya kuzatiladi. 
Kiyim matosidagi issiqlik ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar ularning ip 
va tolalarini o‘rganish haroratning kattaligi, ta’sirning davomiyligi hamda 
issiqlik ta’siri manbai haqida fikr yuritishga imkon beradi. 
Kiyimga issiыlik ta’sirining tщrtta asosiy turlari mavjud bщladi: olov 
ta’siri, qizigan jismning ta’siri, atrof–muhitning yuqori harorati ta’siri va 
elektr tokining ta’siri. 
Birinchi uchta ta’sirning kiyim matosiga ta’siri turlicha va matoning 
turiga, issiqlik manbaining haroratiga va ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq 
bo‘ladi. Paxta, jun va shohi mato sirtiga 100 ? S harorat bilan uzoq vaqt 
ta’sir natijasida sezilali ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin, ya’ni ularni oddiy 
ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ammo, ultrabinafsha nur ostida tekshirishda 
sariq–yashil lyuminessensiya kuzatilishi mumkin. 
Agar kiyimga 200°S harorat ta’sir qilsa, matoning rangi os jigar 
rangdan to‘q jigar rangga o‘zgarishi mumkin. Paxta va bo‘z materiallarda 
issiqlik natijasida qora dog‘lar, mato tukining kuyishi va tolalar rangining 
o‘zgarishi kuzatiladi. Jun matolarda matoning qalinlashishi, btolalarning 
buralishi va erishi seziladi. 
Kiyimga 300°S issiqlik ta’sir qilsa matoning yonib ketishi kuzatiladi. 
Yongan sohalarning chetlari ultrabinafsha nur ostida tekshirilsa, sariq–
yashil rangli lyuminessensiya kuzatiladi. 
Kiyimdagi issiqlik ta’siridagi jarohatlar texnik va atmosfera 
(chaqmoq, yashin) elektr ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu holda 
maxsus va nomaxsus ta’sirlar ajratiladi. Elektr tokining maxsus ta’siriga 
elektr toki ta’sirida kiyimdagi o‘zgarishlar, nomaxsus ta’sirga esa elektr 
tokining elektr manbasi bilan kiyimning metal qismlari orasida hosil 
bo‘ladigan elektr yoyi ta’siridagi jarohatlarni kiritish mumkin. Atomsfera 
elektri (chaqmoq, yashin) ta’siri natijasida kiyimda yirtilishlar va kuyishlar 
kuzatiladi. 


 262 
Kiyimdagi kimyoviy ta’sirlarnin jarohatlari mutaxassis–kimyogar 
tomonidan maxsus tadqiqotlar orqali aniqlanadi. Ekspert–trasolog esa 
qaysi turdagi matolar kimyoviy ta’sirlarga qay darajada chidamli yoki 
chidamsiz emasligini bilishi zarur.  
Jun matolar tarkibida kislota kamroq bo‘lgan eritmalarga nisbatan 
chidamli bo‘ladi, 96 % li azot kislotasi ta’sirida esa jun matolar buzilish 
(erish)ga uchraydi. Azot va sulfat kislota ta’sirida jun matolarda hosil 
bo‘ladigan jarohatlar tekshirilganda, mato tolalarining mustaxkamligi 
kamayishi va oson yirtiladigan bo‘lib qolishi aniqlanadi. Azo kislotasi 
ta’sir qilgan sohalar rangsizlanadi va pushti rangga kirib qoladi. 
Shohi matolar jun matolarga qaraganda kislotalar ta’siriga chidam-
sizroq. Sulfat kislotasi 10 minut ichida bunday matolarni eritib yuboradi. 
Sirka va fosfor kislotalari o‘ohi matoga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Paxta matolar ham kislotalar ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Kislota 
ta’sirida mato tolalari erib ketishi va rangini yo‘qotishi mumkin. 
Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, sanchuvchi, sanchuv-
chi-kesuvchi, majaqlovchi va o‘tmas qurol va predmetlar bilan yetkazilgan 
kiyimlardagi mexanik jarohatlar ham va ularni xarakterlovchi belgilar ham 
juda xilma-xil va o‘ziga xosdir. Shuning uchun, bunday izlar va ularning 
xususiy belgilarini tadqiq etishda, har bir xususiy holni alohida o‘rganish 
va tajribadan namunaviy izlar olish hamda ularni batafsil o‘rganib tadqiqot 
etish zarur bo‘ladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish