A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Kiyimlardagi mexanik jarohatlar tadqiqotlarini



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
5. Kiyimlardagi mexanik jarohatlar tadqiqotlarini 
 rivojlantirish istiqbollari 
 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizasini 
o‘tkazishdagi muammolardan biri, eksperiment jarayonidagi tajriba 
o‘tkazishda foydalaniladigan maneken qanday materialdan tayyorlanishi 
kerak degan savolga javob berish deb ta’kidlandi. Tajribalardan 
aniqlanganki, sanchuvchi yoki kesuvchi qurol tig‘lari odam yoki birorta 
hayvonning teri qoplamini teshib o‘tayotganda eng katta qarshilikka 
uchraydi, yumshoq to‘qimalarni teshib o‘tayotganda eng kichik qarshilikka 
uchraydi. Bu yerda eng katta mustahkamlik chegarasi — 25–30 kg ga, eng 
kichik mustahkamlik chegarasi esa 2 kg ga teng. Ilmiy tadqiqotlar teri 
qoplamasining o‘rnini, qalinligi 1,5–2 mm bo‘lgan rezina, yumshoq 
to‘qimalarni o‘rnini esa kauchuk bosishini ko‘rsatdi. Soha mutaxas-
sislarining fikricha, 1,5–2 mm qalinlikdagi rezina bilan qoplangan kauchuk 
manekenga urish orqali qurolning mustahkamligi haqida juda aniq 
ma’lumotlar olish mumkin.  
Ekspertiza amaliyotida mavjud bo‘lgan manekenlar tajriba obyekt-
larida iz hosil bo‘lish sharoitlarini yaxshi aks ettirmaydi. Shuning uchun 
yuqoridagi kabi tajribalarda ishlatiladigan maneken sifatida qalinligi 3,5 
mm va 10 mm bo‘lgan plastinalardan iborat, poralar o‘lchami 0,1 mm dan 
to 0,5 mm bo‘lgan yumshoq rezina (gubka) ishlatilgani ma’qul bo‘lar 
ekan. Ana shu rezinalar varaqlaridan qalinligi 20–25 sm va o‘lchami 60 sm 
x 60 sm bo‘lgan paket tashkil etiladi. Ana shunday maneken tegishli izlar 
va ularning xususiy belgilarini aniqlash uchun juda samarali bo‘lar ekan. 


 275 
Undan tashqari, sanchuvchi, sanchuvchi-kesuvchi, majaqlovchi va 
o‘tmas qurol va predmetlardan qolgan iz va belgilarni tadqiqotlarini 
rivojlantirish istiqbollari haqida gapirganda, quyidagilarni ta’kidlash 
mumkin: 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalarini o‘tka-
zish jarayoniga axborot texnologiyalari joriy etish, ushbu turdagi 
ekspertizalarni rivojlanish istiqbollarini ochib beradi. 
Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarni 
oldini olish va ochish bo‘yicha faoliyatlarini samarasini oshirishni 
kriminalistikaga yangi axborot texnologiyalari, birinchi navbatda shaxsiy 
kompyuterlarni jalb etmasdan tasavvur qilish qiyin. Shaxsiy kompyu-
terlarni kichik o‘lchamdaligi, ularni iqtisodiy jihatdan tejamliligi, ulardan 
ihtiyoriy ish joyida foydalanish, shuningdek, istalgan vaqtda kerakli 
manbalar tarmoqlariga elektron–hisoblash mashinalar orqali ulanish 
imkoniyatini beradi. 
Jinoyatlarni oldini olish va ochish jarayonida universal va maxsus 
dasturiy ta’minotlar qo‘llanilishi mumkin. Umumiy maqsadli universal 
dasturiy ta’minotlarga quyidagilar kiradi: 
Ekspertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirish. Kompyuter texnikalari eng 
avvalo, fizikaviy, kimyoviy va biologik hamda boshqa turdagi tadqiqotlar 
natijasida olingan natijalarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlarini 
avtomatlashirish uchun ishlatiladi va bu turdagi kompyuter texnologiyalari 
maxsus asboblar va shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilgan o‘lchov–hisoblash 
komplekslaridan iborat bo‘ladi. Hozirgi vaqtda tadqiqotlargacha va 
ulardan keyingi olingan barcha ma’lumot va natijalar bevosita EHM ga 
kelib tushadi, keyin ana shu ma’lumot va natijalarni kerakli tarzda qayta 
ishlash jarayoni boshlanadi. Ma’lumot va natijalarni tahlil etish uchun 
modda va materiallarni xarakterlovchi maxsus fizikaviy–kimyoviy 
majmualar yoki obyektlarning magnit tashuvchilarga maxsus yozilgan 
spektrogrammalaridan iborat «ma’lumotlarning ichki texnologik banklari» 
deb atalgan ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi. Shu tariqa kerakli modda 
va obyektlarni tahlil etish osonlashadi, vaqt kam sarf bo‘ladi, 
tadqiqotlarning aniqligi va haqiqiyligi darajasi ortadi. 
Kiyimlardagi mexanik shikastlarning trasologik ekspertizalari 
jarayoniga kompyuter – dasturiy texnologiyalarni tadbiq etishning ikkinchi 
yo‘nalishi – ekspertizalarning aniq obyektlari bo‘yicha, ayrim yordamchi 
kriminalistik hisoblarni avtomatlashtirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan 
axborot–qidiruv tizimlari (AAQT)ni yaratishdan iborat, masalan, «Tola 
(volokno)» tekstil tolalarining xarakteristikalari haqida ma’lumotlar. Bu 


 276 
kabi axborotlar banklari shaxsiy kompyuterlarda ham, laboratoriya 
sharoitlarida ham, hatto noutbuklar shaklida hodisa joyida ishlash chog‘ida 
ham juda katta samara berishi mumkin. 
Ekspertiza jarayoniga kompyuter – dasturiy texnologiyalarni tadbiq 
etishning keyingi yo‘nalishi – ekspertiza vazifalarini bevosita bajarish va 
ekspertiza xulosalarini bevosita yozib tayyorlash bo‘yicha dasturiy 
majmualar tayyorlash yo‘nalishidir. Masalan, Rossiya Federatsiyasida 
keng qo‘llanilayotgan «Avtoeks» – avtomatlashtirilgan ekspertiza metodi-
kasini olish mumkin, bu texnologiyaning dasturiga avtotexnik 
tadqiqotlarning asosiy formulalari kiritilgan bo‘lib, operator (ekspert) 
kerakli ma’lumotlarni unga kiritadi va hisoblashlar avtomatik ravishda 
bajariladi, ekspert darhol kerakli natijalarni olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu 
kabi dasturlarning eng murakkablari «Dialog» tartibida ishlaydi. Bu 
dasturda ishlash chog‘ida ekspert kompyuter tomonidan o‘ziga berilgan 
savollarga jinoiy ish materialariga asoslanib javob beradi. Agar 
avtomatlashtirilgan metodika ushub javoblar asosida bir ma’noli yakuniy 
xulosa chiqarsa, ekspertiza xulosasi avtomatik tarzda tuziladi. Agar unday 
bo‘lmasa, kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar ekranga 
chiqariladi va bu holda ekspert o‘zining tajribasi va ichki ishonchiga 
asoslangan holda xulosa chiqaradi.  
Barcha yuqorida ta’kidlangan dasturiy tizimlar turli ixtisoslikka ega 
bo‘lgan  ekspertlarning kompyuterlashtirilgan ish joylarini tashkil etishda 
ishlatilishi mumkin. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish