Aniq va taqribiy sonlar haqida tushuncha



Download 44,13 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2022
Hajmi44,13 Kb.
#436792
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Taqribiy sonlar. Arifmetik amallar xatoligi.


Mavzu :Taqribiy sonlar. Arifmetik amallar xatoligi.

Aniq va taqribiy sonlar haqida tushuncha. Kundalik hayotimizda va texnikada uchraydigan ko`plab masalalarni yechishda turli sonlar bilan ish ko’rishga to`g’ri keladi. Bular aniq yoki taqribiy sonlar bo`lishi mumkin. Aniq sonlar biror kattalikning aniq qiymatini ifodalaydi. Taqribiy sonlar esa biror kattalikning aniq qiymatiga juda yaqin bo`lgan sonni ifodalaydi. Taqribiy sonning aniq songa yaqinlik darajasi hisoblash yoki o`lchash jarayonida yo`l qo`yilgan xatolik bilan ifodalanadi.
Masalan, ushbularda: «kitobda 738 ta varaq», «auditoriyada 30 nafar talaba», «uchburchakda 3 ta qirra», «telefon apparatida 10 ta raqam», 738, 30, 3, 10 aniq sonlar. Ushbularda esa: «Aylana bo`lagining uzunligi 210 sm», «YErning radiusi 6000 km», «Qalamning og’irligi 8 g», 210,60008 taqribiy sonlar. Bu kattaliklarning taqribiy bo`lishlariga sabab, o`lchov asboblarining takomillashmaganligidir. Mutloq aniq o`lchaydigan o`lchov asboblari yo`q bo`lib, ulardan foydalanganda ma`lum xatoliklarga yo`l qo`yiladi.
Bundan tashqari, Yer aniq shar shaklida bo’lmaganligi tufayli, uning radiusi taqribiy olingan. Uchinchi misolda esa qalamlar har xil bo`lganligi uchun ularning og’irligi turlicha. 8 g deb o’rtacha uzunlikdagi qalamning og’irligi olingan.
Amaliyotda taqribiy son deb, aniq qiymatli sondan biroz farq qiladigan va hisoblash jarayonida uning o’rnida ishlatiladigan songa aytiladi.
Qisqalik uchun bundan keyin aniq qiymatli son o`rniga aniq son, kattalikning taqribiy qiymati o`rniga esa taqribiy son deb yozamiz.
Amaliy masalalarni yechish asosan quyidagi ketma-ket qadamlardan iborat:
1) yechilayotgan masalani matematik ifodalar orqali yozish;
2) qo`yilgan matematik masalani yechish.


Xatoliklar manbai quyidagilardir:


  • Real jarayonning matematik tavsiflanishi noaniqligidan kelib chiqadigan xatolik matematik model xatoligi deyiladi.


  • Boshlang’ich ma’lumotlarning noaniqligi tufayli yuzaga keladigan xatolik boshlang’ich ma’lumotlar xatoligi deyiladi.


  • Masalani yechishda qo`llanilayotgan usullarning noaniqligidan chiqadigan xatolik usul xatoligi deyiladi.


  • Hisoblashlarda vujudga keladigan xatoliklar hisoblash xatoligi deyiladi.


  • Yaxlitlash natijasida hosil bo`ladigan xato yo`qotib bo`lmaydigan xatolik deb ataladi.




Tabiatda uchraydigan masalalarni doim ham aniq matematik tilda ifodalash mumkin bo’lmaganligi tufayli masala ma`lum darajada ideallashgan model vositasida yoziladi, ya`ni xatolikka yo`l qo`yiladi (birinchi qadamda).

Ba’zan matematik model va boshlang’ich ma’lumotlar xatoliklarini tuzatib bo`lmaydigan (yoki yo`qotib bo`lmaydiganxatoliklar deyiladi.
Masalaning tarkibiga kirgan ba`zi parametrlar tajribadan olinganligi tufayli, bunda ham xatolikka yo`l qo`yiladi. Bularning yig’indisi esa boshlang’ich ma’lumotlar xatoligini keltirib chiqaradi.
Juda ko`p hollarda matematik masalaning (ikkinchi qadam) aniq yechimini (analitik) topishning iloji bo`lmaydi. Shuning uchun amaliyotda taqribiy matematik usullar qo`llaniladi. Aniq, yechimning o`rniga taqribiy echimni qabul qilish (majburiy ravishda) yana xatolikni keltirib chikaradi. Masalani echish jarayonida boshlang’ich shartlarni va hisoblash natijalarini yaxlitlashda ham xatolikka yo`l qo`yiladi, bunga hisoblash xatoliklari deyiladi.
Taqribiy sonlar bilan ish kurilayotganda quyidagilarga amal qilish lozim:

  1. taqribiy sonlarning aniqligi xakida ma`lumotga ega bo`lish;


  2. boshlang’ich qiymatlarning aniqlik darajasini bilgan xolda natijaning aniqligini baxolash;


  3. boshlangich qiymatlarning aniqlik darajasini shunday tanlash kerakki, natija belgilangan aniqlikda bo`lsin.





Download 44,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish