Hodisa joyi, tergovchi, kriminalistik texnika vositalari, ko’zdan kechirish, izlarni qayd etish, ekspertiza, uchuvchisiz uchish apparatlari, masofali texnologiyalar, 3D model



Download 24,47 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi24,47 Kb.
#301740
Bog'liq
3modell


Maqolada hodisa joyini ko’zdan kechirishda, dronlardan foydalanish, hodisa ro’y bergan hududni 3D modellashtirish, masofali texnologiyalardan foydalanish kabi innovatsion usullar tadqiq etiladi.

Kalit so’zlar:



Hodisa joyi, tergovchi, kriminalistik texnika vositalari, ko’zdan kechirish, izlarni qayd etish, ekspertiza, uchuvchisiz uchish apparatlari, masofali texnologiyalar, 3D model

Hodisa ro’y bergan hududni ko’zdan kechirish dastlabki, eng muhim tergov harakati sifatida so’nggi kriminalistik texnikalar yaratadigan interaktiv va zamonaviy shartlarga moslashishi lozim. Shu bilan birga, hodisa hududini ko’zdan kechirishning asl mohiyati bo’lgan, voqeani qayd etish (fiksatsiya) va holatni aniqlash uchun izlarni topish kabi tergov harakatlari o’zgarishsiz qolishi shart.[1]

Ushbu tadqiq qilinayotgan mavzumizning dolzarbligi shundaki, zamonaviy texnik-informatsion, axborot-kommunikativ texnologiyalarni qo’llash orqali yangi tergov harakatlarini o’tkazish va shu orqali ish uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, qayd etishdan iboratdir.[4] [5]

Hozirgi kunda hodisa hududini ko’zdan kechirishda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish, voqea joyini tasvirga olishning eng istiqbolli usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulning afzalligi hodisa hududi haqida to’planadigan vizual ma’lumotlarni sezilarli tarzda ko’paytirish, ko’zdan kechirish samaradorligini oshirish va ekspert borishi qiyin yoki xavfli bo’lgan hududlarni tadqiq etish imkoniyatini taqdim etishdan iboratdir. Zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalari juda ishonchli, aniq va xavfsizdir. Ular yuqori aniqlikdagi raqamli kameralar, sun’iy yo’ldosh navigatsiyasi va o’rganilayotgan mahalliy hududning koordinata ma’lumotlari bilan jihozlangan. Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning barchasi hodisa joyidagi holat haqida vizual ma’lumotlarni yuqori aniqlik va samaradorlikda olish imkonini beradi.

Hodisa hududini an’anaviy fototexnika hamda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda ko’zdan kechirishdan ko’zlangan asosiy maqsad tergov uchun muhim va ahamiyatli bo’lgan obyektlarni mufassal tasvirga olish hisoblanadi. Yuqoridagi usulni qo’llagan holda, kriminalist ekspertlar o’rganilishi xavfli yoki qiyin bo’lgan obyektlarni ko’zdan kechirishi tavsiya etiladi. Hodisa hududini tasvirga olish yuqorida keltirilgan usullar bilan amalga oshirilishi, ushbu hududning holati haqidagi fikrlarni butkul o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin (favqulodda qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish, transport harakatini kuzatish, ashyoviy dalillarni olish hamda ularni tekshirish va boshqalar).[2] O’z navbatida, an’anaviy fototexnika va uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali olingan ma’lumotlar yordamida hodisa ro’y bergan hududning 3D modeli ham yaratilishi mumkin.

Virtual 3D makonni, undagi obyektlar va ushbu makondagi yuz berayotgan hodisalarni ko’rish qobilyatiga ega bo’lgan 3D modellarni yaratilishi, jinoyatni tergov qilish jarayonida muhim, yuqori texnologiyali jihat sifatida qaralishi bilan birga, ko’plab jinoyatlarni oldini olish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Zamonaviy dasturiy vositalar yordamida tuzilgan 3D modellar ekspertiza, tadqiqot va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlarni raqamli tarzda ro’yxatga olish va qayd etish imkoniyatini beradi.

Olingan tasvirlar asosida hodisa ro’y bergan hudud va shu hududdagi alohida obyektlarning 3D modeli yaratiladi. Ushbu 3D modelning istalgan vaqtda, istalgan joyda tahlil qilinishi, qo’shimcha hamda takroriy ko’zdan kechirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi va o’z navbatida, protsessual harakatlarni ishonchliligini oshirishga ham yordam beradi. Zamonaviy dasturiy vositalar tomonidan yaratilgan 3D modellar o’lchovli bo’lishi esa nafaqat obyektlarning nisbiy holatini, balki ularning hajmi va ular orasidagi masofani o’lchash imkonini beradi.[6] Yuqoridagi yoritilgan usul orqali yo’l-transport hodisalarini, qurilish-texnik ekspertizalarini, qo’poruvchilik harakati bo’lgan hududni va texnogen falokatlarini muvaffaqiyatli ravishda ko’zdan kechirish mumkin. O’z navbatida, hodisa hududini 3D modellash oxirgi yillarda soni keskin oshib borayotgan, situatsion ekspertizalarni amalga oshirishda juda qo’l kelmoqda.

Hodisa joyini to’liq tasvirini olishning muqobil usuli lazerli 3D skanerlash hisoblanadi. Ushbu usulning ustunligi olinayotgan modelning yuqori darajada aniqligidir. Biroq bu usulning kamchiligi ham mavjud bo’lib, bu kamchilik lazerli skanerlash orqali voqea joyini ko’zdan kechirishni qiyinlashtiradi yoki umuman imkonsiz qilib qo’yadi. Skanerning asosiy kamchiligi uning ish vaqti, shuningdek yuza yoki baland qatlamlardan ma’lumotlarni olishning qiyinligidir. Bundan tashqari skanerning narxi juda ham qimmat va u orqali olingan ma’lumotlarning ko’pi ekspert vazifalarini hal qilish uchun ortiqcha.

Yuqorida keltirilgan misollarga asoslanib, biz uchuvchisiz uchish apparati, masalan kvadrokopter, raqamli kamera va ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotga ega bo’lgan qurilma asosida hodisa hududlari yoki ekspertiza obyektlarining vizual hamda hajmiy ko’rinishini aks ettiruvchi yuqori samarali kompleksni yaratish mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin.

3D modellashtirish yordamida jinoyat tasvirini tiklash va tezkor-qidiruv xodimlariga yuklangan ko’plab vazifalarni hal qilish mumkin bo’ladi. Shu bilan birga bunday turdagi dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan mohirona foydalanish voqea joyini ham real ham virtual ravishda ko’zdan kechirishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Voqea joyini sifatli ko’zdan kechirish uchun dastlab ko’zdan kechirish hududining chegaralari to’g’ri belgilanishi, keyin esa tadqiq qilinishi lozim bo’lgan obyektlar va joylar aniqlanishi kerak. Aniq bir tergovchi, ekspert yoki mutaxasisning tajribasi yuqorida qayd etilgan tergov harakatlarini to’g’ri amalga oshirishga imkonini bermasligi mumkin. O’z navbatida shuni ta’kidlab o’tish joizki, yuzaga keladigan har xil vaziyatlar tufayli har doim ham ko’zdan kechirish jarayonini kerakli mutaxasislar bilan ta’minlab bo’lmaydi. Bunday paytda hodisa joyini an’anaviy ko’zdan kechirishning muqobili, ya’ni virtual shaxslarning ishtiroki bilan ko’zdan kechirish tergov harakatini real vaqt rejimida o’tkazish imkoniyati mavjud. (masalan; videokonferensiya aloqa rejimi - Rossiya Ichki ishlar vazirligi).

Voqea joyini ko’zdan kechirishni yangi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda o’tkazish, nafaqat ko’zdan kechirish taktikasini, balki harakat ishtirokchilari qatlamini ham o’zgartirdi. Shu bilan birgalikda, hodisa joyini ko’zdan kechirishni yangi interaktiv usulini paydo bo’lishiga ham sabab bo’ldi. Ko’zdan kechirishni interaktiv usulda amalga oshirish tushunchasi klassik kriminalistik adabiyotlarda yoritilmagan. Buning sababi shuki, bunday ko’zdan kechirish imkoniyati yaqinda, yangi turdagi internet-texnologiyalasi yuzaga kelishi bilan paydo bo’lgandir.

Voqea joyini interaktiv ko’zdan kechirish taktikasi bilan bog’liq savollar qonun bilan mustahkamlanmaganligiga qaramasdan bu yangi tergov usuli nazariyachi olimlarning qizg’in muhokamasiga sabab bo’lmoqda.[3]

Hodisa ro’y bergan hududni ko’zdan kechirishning an’anaviy va interaktiv usulda o’tkazishni qiyosiy tahlil qilish asnosida, bu yangi tergov harakatining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlab, uni realizatsiya qilish taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Voqea joyini interaktiv ko’zdan kechirishning asosiy belgilari: bu tergov harakatlarini “onlayn aloqa” rejimida amalga oshirish imkonini beradigan texnik vositalarning mavjudligi va tasvirni sifatli aks ettirish uchun zarur bilimga ega bo’lgan vakil, ya’ni virtual ishtirokchining borligidir.

Voqea joyini interaktiv tasvirga olishdan quyidagi hollarda foydalanish zarur:



  1. Jamoatchilik e’tiroziga sabab bo’lgan hodisa hududini ko’zdan kechirish jarayonida, tezkor-qidiruv guruhining faoliyati voqea joyidan olis masofada joylashgan va qisqa muddat ichida ko’zdan kechirish uchun hodisa ro’y bergan joyga kela olmaydigan mutaxasislarning ishtirokini talab etilganda, tadqiqot hamda ekspertiza o’tkazishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noxush holatlarni oldini olish maqsadida;

  2. Jinoiy qilmish natijasida jabrlangan va shifoxonaga yotqizilgan, biroq jinoyat qurollari hamda jinoyatchining izlarini ko’rsatishi zarur bo’lgan holatda, jabrlanuvchi ham voqea joyini ko’zdan kechirishda “onlayn” rejimda qatnashishi mumkin;

  3. Yosh mutaxassislarga konsultatsiya maqsadlarida;

  4. Tezkor-qidiruv guruhi a’zolaridan biri uzoq masofada bo’lganligi yoki ob-havo sharoiti yomon bo’lganligi sababli voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish uchun borishga imkon bo’lmagan hollarda.

Voqea sodir bo’lgan joyni interaktiv usuldan foydalangan holda ko’zdan kechirish tergov sifati hamda unda qatnashayotgan ishtirokchilarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.

Список литературы:

1. Аверьянова Т. В., Белкин Р. С., Корухов Ю. Г., РоссинскаяЕ. Р. Криминалистика: учеб-ник // 3-е изд., перераб. и доп. М., 2010.

2. Дашко Л. В., Синюк В. Д., Пеньков В. В.Воз-можности использования беспилотных летательных аппаратов для фиксации Сетевое издание «Академическая мысль» № 4 (5) 2018 87

3. КоролеваД. В.Осмотр местапроисшествия с аутсенсуальными участниками следственного действия как новейшая криминалисти-ческая технология современного периода // Законность и правопорядок в современном обществе. 2014. № 21.

4. Мартынов А. Н., Кравец Е. Г., Шувалов Н. В.Организационно-тактический модуль дистанционных следственных действий // Труды Академии управления МВД России. 2017. № 4 (44)



5. Познанский Ю. Н.Информационные техно-логии как средство повышения эффективности деятельности руководителей органов предварительного следствия в системе МВД России // Труды Академии управления МВД России. 2017. № 4 (44).

6. Прокофьева Е. В., Баринова О. А., Прокофье-ваО. Ю.Применение метода 3D-моделирования при осмотре места совершения кражи//Юридическаянаукаиправоохра-нительная практика. 2016. № 1 (35)
Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish